Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

 Jozvar, jazval – chizg‘ich, lineyka.
2
 Handasaviy – geometrik.


71
shi  bino  ko‘zimga  ko‘rindi.  Anavi  girvatlar  minoralarga 
o‘xshaydi,  uchib  borayotgan  sariq  qum  devor-u  ravoqlar-
ning  o‘zginasi.  Keksalik,  yana  yodimdan  ko‘tarilib  ketma-
sin,  deb  daftarga  chiziqlar  tortib,  belgilab  qo‘yishni  lozim 
topdim. 
Yarim  qorong‘i  arava  tagida  Me’mor  qo‘lidagi  toshqa-
lam  bilan  daftar  sahifalariga  chiziqlar  tortar,  yozar  va  yana 
yangi  sahifalarni  ochib,  chiziqlar  chizardi.  Shogirdlarning 
ko‘zi  daf tarda.  Horunbekning  nigohi  Me’morda,  Badia 
bo‘lsa  Zulfi qorga  tikilardi.  Ma’suma  beka  aravaning  ich-u 
tashida  o‘tirgan larga  javdirab,  hammaning  xatti-harakatini 
kuzatib  o‘tirardi.  Mushfi q  ona  uchun  bunda  hamma  qadr-
don  edi.  U  hammadan  ko‘ra  ham  G‘avvos  Muhammad-
ning  ko‘nglini  o‘ksitmaslik  maqsadida  unga  mehribonlik 
ko‘rsatmoqchi  bo‘lardi.
Me’mor  daftarga  handasaviy  chiziqlar  chizib,  shogird-
lariga  nimalarnidir  tushuntirardi.  Uchburchaklar  va  uni 
kesib  o‘tuvchi  to‘g‘ri  chiziqlar  burchagiga  raqamlar  qo‘yib 
ko‘rsatardi.  Me’morning  hayajonlanib  aytayotgan,  «mislsiz 
qasr»  tasviri  va  handasaviy  hisoblari  shogirdlar  nazdida 
afsonaga  o‘xshardi.  Ustodning  ko‘p  gaplariga  ishongilari 
kelmasa-da,  unga  itoat  va  e’tiqod  yuzasidan  hamma  gapla-
rini  ma’qullashardi.
Tashqarida  kuchli  shamol  namat-u  chodirlarni  tortqilar, 
G‘avvos  bilan  Horunbek  bo‘lsa  damo-dam  uzoqdagi  «fa-
lak  ustunlari»ga  qarab  qo‘yishardi.
–  Hay,  usta,  –  dedi  Ma’suma  beka,  –  shu  paytda  bu 
chiziqla ringiz  kimning  qulog‘iga  kiradi-a?!  Halizamon 
ustimizdan  qum  bosib  ketadimi...  Shogirdlaringizni  o‘z  ho-
liga  qo‘ying,  otlarga  qarashsin.  Laa  havla  va  laa  quvvata!
–  Sen  duoyingni  o‘qib,  dam  solib  o‘tiraver!  –  dedi  il-
jayib  Me’mor,  shogirdlariga  ko‘z  qisib.  –  Qo‘limiz  bo‘sh, 
baribir  bekor  o‘tiribmiz.  Bu  bizning  kasbimiz.
–  Axir  qo‘rqib  ketyapmiz!


72
–  Kim?  Sen  o‘zingmi  yoki  Badia  hammi?
–  Men  o‘zim,  –  dedi  Ma’suma  beka  bo‘ron  tortqilayot-
gan  chodirni  mahkam  ushlab.
–  Qo‘rqma!  Hammamiz  shu  yerdamiz.  Bo‘ron  tezda 
o‘tib  ketadi,  biz  Jayhunning  narigi  tomoniga  o‘tganimizdan 
keyin  bunaqangi  yomon  ofatlar  bo‘lmaydi.  U  tomon  − 
Movarounnahr.  Badia,  sen  qo‘rqmayapsanmi?
–  Yo‘q,  otajon.
–  Ana,  eshitdingmi,  onasi.
–  Eshitdim,  –  dedi  Ma’suma  beka,  –  ammo  sizlar  shat-
ranj  o‘ynayotgan  odamlardek  o‘zlaringiz  bilan  o‘zla ringiz 
gap lashib o‘tiraverasiz, biz bu gaplaringizga tushun maymiz. 
Mundoq  tushunadigan  gaplardan  ham  gaplashinglar. 
Oradan  ko‘p  o‘tmay,  allaqanday  qudratli  bir  kuch 
aravalarga  kelib  urildi.  Otlar  kishnadi.  Hamma  yoqni 
qorong‘ilik  bosib,  yuzlarga  qum  urildi.  Aravalar  ham  borib 
kela  boshladi.  Birinchi  arava  tagida  o‘tirganlar  beixtiyor 
g‘ildiraklarga  yopishishdi.  Qandaydir  dahshatli  bir  qo‘l 
qorong‘ilik  ichida  hamma  narsani  tortib,  osmonga  otardi. 
Bu  bir  daqiqa  ichida  paydo  bo‘lgan  yovuz  kuch  zilzilaga 
ham  o‘xshardi,  yer  ostin-ustun  bo‘lib  ketayotganday,  hech 
narsani  ko‘rib  bo‘lmasdi.
–  Bu  girdibod!  –  dedi  og‘zi-burniga  qum  kirgan 
Me’mor, bir daqiqadan keyin jonholatda. – Bir-birlaringizni 
mahkam  ushlanglar!
Me’mor  beixtiyor  qizi  bilan  xotinini  ushladi.  Zulfi qor 
bir qo‘li bilan borib-kelib turgan arava g‘ildiragini, bir qo‘li 
bilan  Badiani  mahkam  ushladi.  Zavrak  ustodining  oyog‘iga 
yopishdi.  Horunbek  bilan  G‘avvos  arava  g‘ildiraklariga 
mahkam  yopishgancha  ko‘zlarini  yumib  turaverishdi.
Qorong‘ilik  bir  necha  daqiqa  davom  etdi.  Yuzlarga 
urilayotgan  beto‘xtov  qum  bo‘roni  ko‘z  ochirgani  qo‘y-
masdi.  G‘ujanak  bo‘lib  bir-birlariga  yopishib  olgan  yo‘-
lov chilar  «girdibod»  degan  gapni  eshitishdi-yu,  ammo 
nima  bo‘layot ganini  bosh  ko‘tarib  ko‘ra  olishmadi.  Ot-


73
larning  kishnashi  ham  to‘xtadi.  Ko‘p  o‘tmay  qorong‘ilik 
ketib,  kun  yorishayotganga  o‘xshadi.  G‘uvullab  esayotgan 
bo‘ronga  qaramay,  Me’mor  sekin  boshini  ko‘tardi,  girdi-
bod  o‘tib  ketgan  edi.
Hamma  sekin  bosh  ko‘tarib  u  yoq-bu  yoqqa  qaradi. 
Darhaqiqat,  chang-to‘zon  ancha  narilab,  Karki  tomonga 
ke tardi.  Osmon-u  falakka  bo‘y  cho‘zgan  girdibod  ichi-
da  namat-u  chodir-u  xashaklar  uchib  yurardi.  Girdibod 
qayer larnidir  yalab,  qayerlargadir  qum  tepaliklari  uyib 
ketibdi.  Ikkinchi  arava  to‘nkarilib,  uchinchi  aravani  an-
cha  nariga  olib  bo rib,  g‘ildiraklarining  yarmigacha  qum-
ga  ko‘mib  qo‘yibdi.  Uning  ustida  na  xashak  va  na  yuk-
lar  bor.  Birinchi  arava  g‘ildiraklariga  bog‘langan  uch  ot 
bor-u,  qolgan  otlardan  darak  yo‘q.  Yuz  qadamcha  narida 
qumga  botib  yotgan  uchinchi  aravaning  o‘ng  tomonida 
saman  yo‘rg‘a  qumga  botib,  chiqa  olmay  unnalardi.  Ara-
vaga  qo‘shib  bo‘lmaydigan  ikki  begona  otdan  tamoman 
darak  yo‘q.  Qum  bo‘ronining  ancha  pasaygani,  girdibod-
ning  bu  yerdan  o‘tib  ketganini  ko‘rgan  Me’mor  arava 
tagidan  chiqib,  atrofga  qaradi.  Aravalar  qup-quruq.  Gi -
la m-u  sholchalar,  qotgan  non-u  tolqon  solingan  xaltacha-
lar,  kiyim-kechaklargacha  olib  ketibdi.  Olis  qum  tepa lik-
lari  ustida  xashak  qoldiqlari  sochilib  yotardi.  Qiyshayib 
yotgan  uchinchi  aravada  faqat  dekcha-yu  belkurag-u  ket-
monlar  qolibdi...
Me’mor  arava  tagidan  chiqib,  qumda  cho‘qqayib 
o‘tirgan  Ma’suma  bekaga  yalt  etib  qaradi:
–  Katcha
1
  bormi?
–  Bor,  –  dedi  xotini,  –  biri  menda.
–  Menda  ham  bor,  –  dedi  Badia.
–  Xayriyat,  –  dedi  Me’mor...  Bu  ham  Xudoning 
xohishi.
Zulfi qor  Shoshiy  bilan  Zavrak  Nishopuriy  shu  lahza 
1
  Katcha – hamyoncha, yonchiq.


74
yugurgancha  otni  qumdan  qutqarib  olish  uchun  narida 
qiy shayib  yotgan  uchinchi  arava  yoniga  kelishdi.  G‘avvos 
orqama-orqa  belkurak  olib  chopib,  ot  tepasiga  bordi. 
–  Jonimiz  omon  qoldi,  –  dedi  Me’mor,  –  bo‘lmasa, 
bu  girdibod  yomon  narsa.  U  qaroqchilardan  ham  badtar. 
Jonimiz  omon  qolganiga  shukur  qilaylik!
–  Girdibodni  ko‘rar  edim-u,  ammo  mundoq  ichiga 
tush magan  edim,  –  dedi  tepalikdan  tushib,  ustod  yoniga 
yaqinlash gan  Horunbek.  –  Bizni  dabdala  qilib  ketdi-ya! 
Endi  qolgan  otlar  bilan  tezda  Xalachga  yetib  olmasak, 
otlar  xo‘raksiz
1
,  suvsiz  halok  bo‘ladi.
–  Shunday  qilaylik,  birodar,  –  dedi  Me’mor,  –  bu 
ko‘rgulik  ham  bor  ekan.  Lekin  bu  ziyonni  qoplaydigan 
aqchalarimiz  bor,  biz  hammasini  to‘laymiz.
–  Bu  Xudodan  kelgan  narsa,  ustod,  men  bu  ofat  yet-
kazgan  ziyon  uchun  haq  olmayman.
–  Hozir  mol-jon  o‘rtada,  inim,  Buxoroga  yetib  olay-
lik,  u  yog‘i  bir  gap  bo‘lar.
Uch  yigit  saman  yo‘rg‘ani  qutqarib  olib  kelishdi.
Shundan  so‘ng  atrofga  sochilib,  biron  narsa 
ko‘rinarmikan,  deb  qum  tepaliklarni,  pastliklarni  izlashdi. 
Hech  vaqo  yo‘q.  Girdibod  qiladigan  ishni  qilib,  oladiga-
nini  olib,  yana  qumliklarga  kirib  ketgan  edi.
–  Yigitlar,  uzoq-uzoqlarga  qaranglar,  otlar  ko‘rinmay-
dimi?  –  dedi  Horunbek.  –  Jonivorlar  qayoqda  qolgan 
ekan? 
–  Hech  narsa  ko‘rinmaydi,  –  dedi  Zavrak.
Qumda  talanib,  bor-yo‘g‘idan  ajragan  kichik  karvon 
sochilgan  narsalarini  yig‘ib,  otlarni  aravalarga  qo‘shishga 
hozirlik  ko‘rdi.  Tomog‘i  qaqragan  Badia  qumlarning 
qayeri gadir  ko‘milib  ketgan  mesh-u  xumchani  qidirardi. 
Otlar  tashna ...  Lablari  lablariga  yopishib  qolgan  Me’mor 
ham  o‘z  tashnaligini  bildirmay,  tupuk  yutar,  ochlikka  chi-
1
  Xo‘rak – yegulik, yemish.


75
dash  mumkin,  ammo  tashnalikka  bardosh  berish  g‘oyatda 
mashaqqat  ekanligini  dilidan  o‘tkazardi.  Bu  holatni  sezib 
turgan  G‘avvos  bi rinchi  arava  shotisiga  bog‘log‘lik  katta-
gina chelakni va qumda to‘nkarilib yotgan xumchani olib, 
kun  chiqish  tomonga  jo‘nadi.
–  Daryo  ancha  olisda.  Topa  olarmikansiz?  –  so‘radi 
Horunbek.
–  Qiblanamoga  qarang,  to‘g‘ri  ketyapmanmi?
–  To‘g‘ri  ketyapsiz,  –  Horunbek  kaftidagi  qiblanamo-
ga  qaradi.
–  Unda  topaman.
–  Kechikmang, o‘g‘lim, biz bunda uzoq turolmaymiz, – 
dedi  Me’mor.
G‘avvos  Muhammad  bir  qo‘lida  chelak,  xumchani 
qo‘l tiqlab  olganicha  qumlar  osha  yugurib  ketdi.  U  fursat-
ni  qo‘ldan  bermaslik  uchun  kuchining  boricha  yugurar-
di.  Hozir  yugurish  kerakligini,  chunki  suv  bilan  yugurib 
bo‘lmasligini  bilardi.
–  Harqalay u G‘avvos! – dedi Zavrak, – suv topib keli-
shiga  ishonaman.  Lekin  bu  boyvachchaning  ro‘parasidan 
biron  ilon  chiqib  qolsa,  paqir  bilan  xumchani  tashlab, 
dod  solib  qochib  kelmog‘i  ham  mumkin.
Badia  kulimsiradi:
–  Unda  o‘zingizga  navbat  keladi!
–  Men  hoziroq  zing‘illab  ketardim,  idish  yo‘q,  bekam.
–  Sabr  qilib  turinglar,  –  dedi  Ma’suma  beka,  –  lekin 
G‘av vos  Muhammadni  o‘ksitadigan  gaplarni  aytmanglar...
Barcha  tayyorgarlik  ishlariga  kirishib,  otlarni  qo‘ shib, 
aravalarga  chiqib,  G‘avvosni  kutardi.  G‘avvos dan  esa  da-
rak  yo‘q.  Bir  damdan  so‘ng  Me’mor  ning  to qati  toq  bo‘la 
boshladi.
Bir  mahalda  uzoqda  qora  nuqta  ko‘rindi.  Arava  ustida 
o‘tirgan  Zavrak  o‘rnidan  tik  turib  G‘avvos  kelayotganini 
aytd i.
Xonumoni  talanib,  qilichi  sinib,  qalqoni  teshilib,  yen-


76
gilgan  sarbozdek  xomush  tortib  o‘tirgan  Me’mor  bilan 
Horunbek  jonlandi.  Ular  miq  etishmay,  uzoqda  terlab-
pishib  suv  olib  kelayotgan  G‘avvosdan  ko‘z  uzishmasdi. 
Hatto  aravaga  qo‘shilgan  otlar  ham  G‘avvosga  tikilishar-
di.  U  yetib  kelmasdanoq,  Horunbek  pastga  tu shib  kutib 
turdi.  Terga  botib  hal loslab  kelayotgan  G‘avvos  chelak-
dagi  suvni  Horunbekka  uzatdi.  U  halloslaganidan  tili 
gapga  kelmasdi.
–  Suv  loyqaroq.
–  E,  uka,  loyqaroq  bo‘lsa  ham  suv-ku!  Omon  bo‘l!
–  Baraka  toping!  –  dedi  Ma’suma  beka.
–  Ustod,  nima  deysiz?–  Horunbek  Me’morga  qaradi.
–  Xumchadagidan  hammamiz  ichaylik.  Paqirdagi  suv-
ni  otlarga  oz-oz  ichiring,  –  dedi  Me’mor.
–  Ustod,  men  yana  zing‘illab  borib  kelaveraman! 
Daryo  uzoq  emas  ekan,  ammo  yurish  qiyin.  Daryo  nega-
dir  loyqa  oqyapti...
–  Jayhun  doimo  loyqa  oqadi  –  dedi  Me’mor,  –  biz 
shu  suv  bilan  Xalachga  yetib  olamiz,  o‘g‘lim. 
G‘avvos  ustozini  andak  bo‘lsa  ham  mamnun  qilolgani-
dan  quvondi.  Aravalar  birin-ketin  yurib  ketgach,  Zavrak 
yoniga  o‘tirgan  G‘avvos  yonidan  bir  ilon  chiqarib,  bilin-
tirmay  unin g  tizzasiga  qo‘ydi.  Tizzasi  ustida  buralayot-
gan  chipor  ilonga  ko‘zi  tushgan  Zavrak  kapalagi  uchib, 
dod  deb  sakrab  yerga  tushdi.
– Ha, nima gap? –  deb Horunbek otning boshini tortdi.
–  Nima  qildi?  –  Zulfi qor  bilan  Badia  ham  Zavrakka 
qarashdi.
–  Hali  bu  ishni  siz  qildingizmi?!  –  dedi  boshi  yan-
chilgan  ilonni  ko‘rib  Zavrak  zaharxanda  bilan  G‘avvos 
Muham madga.
–  Sizni  ilon-u  ajdarlardan  qo‘rqmaydi,  deb  eshitgan 
edim,  bahodir  Nishopuriy!
–  Haligi  gapimni  eshitgan  ekansiz-da.  Qanday  qilib 
eshit dingiz?  Ancha  narilab  ketgan  edingiz-ku?
–  Har  kim  o‘ziga  taalluqli  gapni  narilasa  ham  eshitadi. 


77
Agar  mening  ustimdan  qo‘rqoq  deb  yana  kulsangiz,  endi 
ajdarni  tutib  kelaman.
–  Ofarin,  G‘avvos!  –  dedi  Zavrak  yana  sakrab  aravaga 
chiqib.  Keyin  uning  yelkasiga  qo‘l  tashladi.  –  Qani,  menga 
ayting-chi,  qanday  qilib  bu  yaramasni  tutib  o‘ldirdingiz?
–  Ketayotsam,  ro‘paramda  turgan  ekan,  bosh  ko‘tarib 
tilini  chiqaraverdi.  Yaqinroq  borib,  xumchaning  qorni  bi-
lan  boshini  ezdim-qo‘ydim.  Vassalom!  Sizning  gapingizni 
eshitganim  yo‘q,  lekin  orqamdan,  albatta,  bir  nima  de-
yishingizni  ko‘nglimdan  o‘tkazib  qo‘ygan  edim.  Chunki 
siz  gapirmay  turolmaydigan  odamsiz!
–  Zehningizga  qoyilman,  G‘avvos!
–  O‘sha  ilonni  men  ham  ko‘ray,  –  dedi  Badia.
– E, qo‘ysang-chi! – dedi Ma’suma beka e’tiroz bildirib. – 
Ilonni  ham  o‘ynaydimi  odam!  Turqi  qursin!
...Suv ichgan otlar ancha o‘zlariga kelib, pishqirib yo‘lga
tushishdi.  Shu  tunda  ular  Xalachga  kirib  borishdi.  Kar-
vonsaroyga  tushib,  otlarga  ham  hordiq  berib,  o‘zlari  ham 
dam  olishdi.  Ertasiga  erta  bilan  ot-aravalarni  sol
1
  usti-
ga  chiqarib,  daryodan  o‘tkazish  mashaqqati  boshlandi. 
Ulkan  yog‘och  sol  har  arava-otni  alohida-alohida  qilib, 
uch  bor  daryoni  kechdi.  To‘rtinchi  o‘tishda  solga  Badia, 
Ma’suma  beka,  Me’mor  va  Zulfi qor  tushishdi.  Daryo ning 
narigi  tomoniga  o‘tgan  ot-ara valar,  Xo‘jaabbos  manzil -
go hida  to‘xtamay,  to‘g‘ri  Tollimarjon  yoki  Fayz obod  sha   -
har  lariga  qarab  yurishni  ko‘zlab  shay  tu rishardi.
Jayhundan o‘tib, Xo‘jaabbos yo‘liga tushgan uch arava 
Tollimarjon  shahri,  qaydasan,  deb  ketaverdi.  Ular  endi, 
garchi  yana  qumliklar  aro  borayotgan  bo‘lsalar  ham,  asli-
da,  Movarounnahr  tuprog‘ida  edilar. 

 Sol – yog‘ochlar arqon bilan bir-biriga matashtirib bog‘lanib, 
suv ga  cho‘k maydigan  qilingan  moslama.  Daryolardan  odam  va 
narsalarni o‘tkazishda foydalanilgan.


78

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin