1. G‘avvos Muhammadni aravadan uloq tirib yuborishga
buyurganda Badia tabiatidagi qanday jihatlar namoyon
bo‘ldi?
2. G‘avvos Muhammadning qumli sahroda jazavaga tushib,
to‘polon qilishi sababini izohlashga urinib ko‘ring.
3. Me’morga Amu suvining Zarafshonnikiday totli tuyulgani
sababini izohlang.
4. Bo‘ronning dahshatli holatida ham o‘z orzu, rejalari ha-
qida tinimsiz o‘ylagan Me’morning kasbiga munosabati
to‘g‘risida gapiring.
5. Yozuvchining bo‘ronni tasvirlashdagi mahorati aks etgan
o‘rinlarni topib, izohlang.
6. Bo‘ronda qolgan yo‘lovchilarning har biriga xos jihatlar
qanday tasvirlanganiga e’tibor qiling. Ularni o‘zaro so-
lishtiring.
7. Dahshatli bo‘ron ko‘tarilgan paytda butun fi kr-u zik-
ri xayo lida gavdalanayotgan qasrning tarhini chizishda
bo‘lgan Me’morning shaxsiyatini izohlang.