Savol va topshiriqlar:
79
Тrilogiya – uch kitobdan iborat bo‘lib, jamiyat hayo-
tidagi katta bir davrni qamrab oladi, dilogiyadan ko‘ra ham
ko‘proq taqdirlar qalamga olinadi, qahramonlar soni ham
ko‘proq bo‘ladi. Said Ahmadning «Ufq» asari trilogiya na-
munasi bo‘lib, «Qirq besh kun», «Hijron kunlarida», «Ufq
bo‘sag‘asida» nomli uchta alohida romandan iborat.
Tetralogiya – to‘rt kitobdan iborat romanni bildiradi.
Muhammad Alining «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasi «Jahon-
gir Mirzo», «Umarshayx Mirzo», «Mironshoh Mirzo»,
«Shoh rux Mirzo» nomli romanlardan iborat.
Roman necha kitobdan iborat bo‘lishidan qat’i na-
zar, ularda ichki birlik, bog‘lanish bo‘ladi. Dilogiya yoki
trilogiya qismlarini o‘zaro bog‘laydigan bir insoniy taq-
dir, barcha kitoblarda ishtirok etadigan bir yoki bir necha
qah ramon bo‘lishi talab etiladi. «Farg‘ona tong otguncha»
dilogiyasida G‘u lomjon, «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasida
Тe mur obrazlari barcha ki toblarda tasvirlanadi. «Ufq» trilo-
giyasida ham Ikromjon obrazi barcha kitoblardagi voqealar
markazida turadi.
|