1. Choyxonaga kelgan Sarsonboy otaning tushkun holati sa-
babini hikoya matnidan topib, izohlang.
2. Hikoyada otning holati tasvirlangan o‘rinlarga e’tibor qi-
ling. Bu tasvirlarning asar mohiyatini ochishdagi ahami-
yatiga to‘xtaling.
3. Choyxonachi bilan Sarsonboy ota munosabatlaridagi sirtqi
dag‘al lik zamiridagi samimiylikni tushuntirishga urining.
4. Hikoyadagi: «Sarsonboy ota o‘qimadi, qo‘l-oyog‘i muz bo‘lib, turgan joyida qotib qoldi. Xudo unga bir farzand bergan edi, shuni ham ko‘p ko‘rdi» tasviriga tayanib, ota-
ning o‘sha vaziyatdagi ichki dunyosini tavsifl ang.
5. Ovchi yigitlar bilan to‘qnashuvda ota tabiatining qaysi ji-
hatlari namoyon bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
6. Sarsonboy otaning kampiri uning bozorga qatnashiga nega
qarshilik qiladi?
7. Keksaligiga qaramay, Sarsonboy otani birovning qo‘yini
boqishga majbur qilgan sababni izohlang.