Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


 Ikkinchi  bandda  shoir  vatanning  qanday  jihatlariga  urg‘u  berayotganini anglating. 3



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

2. Ikkinchi  bandda  shoir  vatanning  qanday  jihatlariga  urg‘u 
berayotganini anglating.
3. Vatandan ko‘z yumib, unga o‘q otib, «boyonlara» sotgan 
«tug‘gonlar» kimlar va she’rda ularga qanday baho beril-
gan?
4. Oltinchi  to‘rtlikda  tasvirlangan  «bilguvchilar»  kimlar  va 
shoir ularga qanday ayb qo‘ygan?
5. Keyingi  baytda  tilga  olingan  «bilimsizlar»  kimlar  va 
ularning aybi nimada deb o‘ylaysiz?
DARDIGA  DARMON  ISTAMAS
Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon
1
 istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ko‘nglidur oshuftai
2
 lahvu tarab
3
, nafs-u havo
4
,
Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas.
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Qo‘lidadir domi tama’
5
, ko‘zidadur kayfi  xumor,
Soch oqarub qaddi хam
6
 bo‘lsa pushaymon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoq-u g‘ayrat aylab lek irfon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
1
  Mohi tobon – yorug‘ oy, to‘lin oy.
2
  Оshufta – shaydо, оshiq.
3
  Lahvu tarab – befoyda hangomatalablik.
4
  Nafs-u havо – nafs istagi, kibr, maqtanchоqlik.
5
  Dоmi tama’ – tama tuzоg‘i.
6
  Хam – egilgan, bukilgan.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin