169
sayid) Kobuliy yaхshi shoir, Muhammad Ali G‘aribiy
shoir, sozanda va хattot edilar. Alisher oilada uchinchi yoki
to‘rtinchi farzand bo‘lib, maktabda bo‘lajak sulton Hu-
sayn Boyqaro bilan birga o‘qidi. U erta savod chiqardi.
She’r o‘qish va yod olish, she’r bitishga bolalikdan havasi
uyg‘ondi. Kichik maktab yoshida fors shoiri Farididdin At-
torning kattalar ham tushunishi qiyin bo‘lgan «Mantiq ut-
tayr» dostonini fors tilida o‘qib ham uqib yod olgani uning
yoshlik iste’dodining muhim qirralaridan edi.
1447-yilda podshoh Shohrux Mirzo vafot etib, poy-
taxt Hirot notinch bo‘lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa
ko‘chib ketadi. Yo‘lda Taft shahrida Alisher mashhur tarix-
chi Sharafi ddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi, tiyrak va aql-
li bolakay ning zukkoligidan mamnun bo‘lgan keksa olim
uning haqqiga duolar qiladi. Хalq orasidagi «Ulug‘lar duosi
qabul bo‘ladi» degan naql bejiz emas.
Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Ko‘p
o‘tmay, taxtga Abulqosim Bobur Mirzo o‘tiradi. Alisher-
ning otasi G‘iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib
tayinlanadi.
Alisher esa, o‘qishni davom ettiradi.
1453-yilda Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammad
vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi.
Avval
Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh
do‘st: Husayn va Alisher yana birga bo‘ldilar.
She’rga mehr Alisherni ijodga undadi. U 7, 8 yoshlari-
dan she’r yoza boshladi. O‘zbekcha she’rlariga «Navoiy»,
forscha she’rlariga «Foniy» taxallusini qo‘ydi. Deyarli Siz
tengi paytlarida she’rlari bilan mamlakatga tanilib qolgan
edi.
O‘smirlik davrlarida Alisher o‘qishda va yozishda tinim
bilmas, she’r mutolaasidan charchamas edi. «Muhokamat
ul-lug‘atayn» asarida o‘zining yoshlik chog‘ida mashhur
o‘zbek va fors shoirlari nazmidan 50 ming bayt (100 ming
misra) she’rni yod bilganini yozadi.
172
lar») kabi asarlar yaratdi. Bular o‘zbek (turk) tilida shu so-
halardagi birinchi asarlar edi. Buyuk shoir tilshunoslik bi-
lan ham qiziqdi. Lug‘atshunoslikka oid «Sab’at-u abhur»
(«Yetti dengiz») nomli kitob yozdi. Ayniq sa, «Muhokamat
ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi») asarida turk (o‘zbek)
va sort (fors) tillarini solishtirib, o‘z ona tilining tuganmas
imkoniyatlarini ilmiy asoslab berdi.
Navoiy 1490-yillarda adabiyotimiz tariхidagi yana bir
katta hodisa – «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinalari»)
majmuasini tuzdi. To‘rt devondan iborat bo‘lgan bu ulkan
she’riy to‘plam shoirning turkiy tilda yozgan deyarli barcha
lirik she’rlarini qamrab olgan edi. Shuningdek, fors tilini mu-
kammal bilgan va unda ham barakali ijod qilgan shoir bu
tilda yozgan she’rlarini to‘plab «Devoni Foniy»ni tuzdi.
Buyuk adib umrining oxiriga qadar ilm-u ijod bilan
qizg‘in va samarali shug‘ullandi. Sharqda o‘tgan mashhur
shayxlar, so‘fi ylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi «Na-
soyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarini
yozib tugatdi. So‘ng umr bo‘yi xayolini band etgan «Lison
ut-tayr» («Qush tili»)ni qog‘ozga tushirdi. Boshqalar bilan
olib borgan yozish malari – xatlarini to‘plab «Munshaot»
(«Xatlar») tuzdi. 1500-yilda buyuk mutafakkirning yax-
shilik va yomonlik haqidagi qarashlarini o‘zida ifodalagan
«Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») asari may-
donga keldi. Bu buyuk adibning so‘nggi asari edi.
Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: