230
o‘х shaydi. Uning biror teshigi yo‘qki, ichini ko‘rib bo‘lsa.
Anor donachalari esa qizil kiygan qizlarning o‘zginasi.
Bo‘ lak larni ajratib turuvchi pardalar go‘yo ular yuzidagi
harir mato. Nihoyatda sinchkovlik va zukkolik bilan topil-
gan tasvir!
Uvaysiy saroyda yashagan davrida хon haramida-
gi kanizlar hayotiga guvoh bo‘lgan. Gulday yoshligi sa-
roy gumbazi ostida хazon bo‘layotgan qizlarning bag‘irlari
qon. Saroyning harir pardalari ularni tashqi olamdan ajra-
tib turadi. Yuqoridagi chiston ana shu kuzatishlar asosida
yaratilgan bo‘lsa ajab emas. U ijtimoiy hayotdagi voqeaga
ishora qiladi. Keyingi ikki chistonda esa bu хususiyat yo‘q.
Ular tabiat dagi holat va hodisalar tasviriga bag‘ishlangan.
Shundan kelib chiqsak, she’riy topishmoqlar ikki turli
bo‘ladi: majoziy chistonlar («Anor») hamda oddiy chiston-
lar («Yong‘oq», «Kun va tun»).
Dostları ilə paylaş: