Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


  Muallifning  «jahonni obod», «jahon ahlini qayg‘u qay-



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

7.  Muallifning  «jahonni obod», «jahon ahlini qayg‘u qay-
didan ozod»  ko‘rish  borasidagi  ilinjlari  to‘la  ro‘yobga 
chiqdimi? Fikringizni misollar bilan asoslang.
1
 Shabob – yosh yigit.
2
 Matlab – talab.
3
 Kanzi maxfi y – maxfi y xazina.  
4
 Jali – Alloh. 
5
 Misraning ma’nosi: yuqorida aytilgan istak amalga oshsa ajab 
emas.
Savol  va  topshiriqlar:


238
HAJVI AHLI RASTA
Arzim buki, Qori sumalakka, 
Yetsun boshi, arz esa falakka.
Gah-gah nazora aylasun ul,
Ibrat ko‘zi birla bu Samakka
1
.
Sangmayda nosdonini maxtab,
So‘z naqdini urmasun mahakka
2

Shokir qora tarz odam o‘lmish,
Ming la’nat o‘shal qora eshakka.
Ul Shohaziz ayrilib otidin,
O‘xshaydi Solih hezalakka.
So‘z ta’siri ketmasin, Mo‘minshoh
Osh yesa og‘iz artmasun fatakka.
Ko‘p haddidin oshmasun Nazirbek,
O‘xshaydi ul oshqaboq xamakka.
Pul kelmasa, Bonkaboyvachcha
Karnay chaladur bo‘lar-bo‘makka.
Kofi rcha degan bir Ahmadjon bor,
Ko‘p shug‘li
3
 baland po‘q yemakka.
A’lamni o‘g‘ullari Oxundjon
Hayf to‘n bila salla gungalakka…
Sil aft oriqqina Muhiddin,
Ahvoli ayon bo‘lur kuzakka…
Olib borur erdi Qosim oxund
Bizni Qorako‘lga handalakka…
1
 Samak – Ayyor Samak xalq qissasining bosh qahramoni.
2
 Mahak – kumush va oltinlarga surtib, ularning toza yoki qal-
bakiligini ajratadigan tosh.
3
 Shug‘l – mashg‘ulot.


239
Kir ko‘ylak o‘lubtilar Umarjon
Sotmoq uchun emdi jun jiyakka.
Dovudxo‘ja chorbozor qatnar,
Chit moshinasin sotur elakka.
Ul hoji Hasan degan zakiytab’
1
,
Yo‘q toqatim anga so‘z demakka.
Nusrat bila oshnolig‘im bor,
Tentakkina shatrama-shatakka
2
.
So‘fi ni balosi Abduqodir
Qatig‘lig‘i o‘xshamish danakka…
Qosim shamol andake yengilroq,
O‘xshab uchar bandi bodfarakka
3
.
Xalq oni akasini o‘xshaturlar
Og‘zini tuvak, burnini sumakka…
Ortuqbachani semurturinglar,
O‘q bo‘lg‘usi katta zambarakka.
Ko‘r ishtahosin Hojibachcha
Osh solib ichar emish chelakka…
Ellikboshi o‘g‘li mokiyonvor
4
,
Ustod bo‘lubti kurkurakka…
Qirq olti kishini fasona qildim,
Kim chiqsa o‘qiydi Mo‘ymarakka.
Tab’ingning arobasini to‘xtat,
Shotisini bog‘la g‘ildirakka.
Zavqiy osilurg‘a himmatidin
Dor bog‘ladi bir baland terakka.
1
 Zakiytab’ – ziyrak, farosatli.
2
 Shatrama-shatak – dali-g‘uli, ko‘nglida kiri yo‘q.
3
 Bodfarak – varrak.
4
 Mokiyonvor – makiyonsifat, xotinchalish.


240
1.  Dastlabki  uch  baytdan  Qori  sumalakning  qanday  xa rak-
terdagi inson ekanligini anglash mumkinmi?
2.  Hajviyadagi  qaysi  obrazlar  tashqi  ko‘rinishlari  bo‘yicha 
hajv qilingan?
3. Qaysi obrazlar o‘zlarining xarakter xususiyatiga ko‘ra tan-
qid qilinganligini aniqlang.
4.  She’rda  keskin  tanqid  qilinmagan  timsollarga  shoirning 
munosabati qanday?
5.  El  orasida  ko‘pchilikka  tanish  savdogarlarni  bu  qadar 
o‘tkir  hajv  ostiga  olinishiga  sizning  munosabatingiz  qan-
day?

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin