Akt sohasida huquqiy


IT-tadbirkorlar va yosh startapchilar uchun keng imkoniyatlar



Yüklə 218,71 Kb.
səhifə5/8
tarix13.12.2023
ölçüsü218,71 Kb.
#139764
1   2   3   4   5   6   7   8
Akt sohasida huquqiy meyoriy hujjatlar-fayllar.org

IT-tadbirkorlar va yosh startapchilar uchun keng imkoniyatlar
Hamma sohada bo‘lgani kabi bugungi kunda axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasida ham ilm-fan yutug‘lari shiddat bilan kirib bormoqda. Bu esa, innovatsion loyihalarni joriy etish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parklar faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishga mos startap g‘oyalarni qo‘llab -quvvatlashga undaydi hamda globallashuv jarayonida raqobatbardoshlikni oshiradi. Shuni alohida qayd etish lozimki, texnika va kommunikatsiya asrida insonlarning dunyoqarashi, fikri kun sayin o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda ularni hayratlantirish, turmush tarzini butkul o‘zgartirib yubora oladigan loyihalarni ishlab chiqish ham qiyinlashib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ularning zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo‘lishidir. 2020-yilda IT sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 9 517 taga yetkazildi va 2017-yilga nisbatan 1,7 barobarga oshirildi.
Axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy va yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targ‘ib qilishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Respublika bo‘ylab IT-Parkning 5 ta hududiy filiali (Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida) shuningdek, AQShda IT-Park vakolatxonasi tashkil qilindi. Respublika bo‘ylab IT-xizmatlarni ko‘rsatadigan hamda IT-Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritatyogan IT-kompaniyalar soni 463 taga yetkazildi (2020-yilga nisbatan 130 foiz o‘sish), shuningdek, ularda 1 500 dan ortiq (2020-yilga nisbatan o‘sish 150 foiz) yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2021-yildan boshlab IT-Park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari 4 dan 18 gacha kengaytirilgan. Xususan, bugungi kunga qadar robototexnika, ma’lumotlarni qayta ishlash hamda IT-autsorsing xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar huquqiga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, bugungi kunga qadar IT-Parkning startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini muvafaqqiyatli yakunlagan 66 ta istiqbolli startap-loyiha jami 3,1 milliard so‘mdan ortiq miqdorda moliyalashtirildi.

Yüklə 218,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin