Akt sohasida huquqiy


Xalq bilan samarali muloqot



Yüklə 218,71 Kb.
səhifə3/8
tarix13.12.2023
ölçüsü218,71 Kb.
#139764
1   2   3   4   5   6   7   8
Akt sohasida huquqiy meyoriy hujjatlar-fayllar.org

Xalq bilan samarali muloqot
Elektron hukumatni takomillashtirish - raqamlashtirish jarayonlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Davlat organlari va aholi o‘rtasida interaktiv muloqotning samalari mexanizmini barpo yetilishi nafaqat fuqarolarning vaqt va mablag‘larini tejashga, shu bilan birga davlat organlarining faoliyatini tubdan yahshilashga zamin yaratadi, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlaydi. Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini, “elektron hukumat” tizimi hamda axborot tizimlarini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun sharoit yaratadi.
2019-yilda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan 173 ta xizmat ishga tushirilgan bo‘lsa, bu raqam 2020-yilda 218 taga yetkazildi. 2021-yil yakuniga qadar esa ularning sonini 278 taga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 257 ta elektron xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Prezidentning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori qabul qilindi va shuning asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2018-yilda 2,4 millionta, 2019-yilda 5,8 millionta, 2020-yilda esa 9,8 millionta xizmat ko‘rsatilgan. Ta’kidlash lozimki, joriy yil yakuniga qadar Yagona portaldagi elektron xizmatlar sonini 300 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Internet foydalanuvchilari asosan mobil qurilmalardan foydalanishini inobatga olib, Yagona portalning mobil ilovasi ishlab chiqilib, undagi xizmatlar soni yil yakuniga qadar 100 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Pochta bo‘linmalari orqali davlat xizmatlarini taqdim etish maqsadida Yagona portalning alohida moduli ishlab chiqildi. Bugungi kunda 500 dan ortiq pochta bo‘linmalarida 33 turdagi davlat xizmatlari taqdim etilmoqda. Bugungi kunga kelib Yagona portalda 28 turdagi yangi xizmatlar ya’ni Koronavirusga emlash uchun ro‘yxatga yozilish va elektron tarzda sertifikat olish, Avtotransport sug‘urtasi haqiqiyligini tekshirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun elektron ariza topshirish kabi xizmatlar joriy etilgan.
Joriy yilning birinchi yarmida Yagona portal orqali 2,3 milliondan ortiq xizmatlar ko‘rsatilishi natijasida aholining 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishildi, shu jumladan 1-iyundan boshlab 18 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni elektron hamkorlik orqali olish yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil yakuniga qadar, Axborot texnologiyalari vazirligi va “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta bo‘linmalari orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari sonini 60 taga yetkazish (hozirda 33 ta), ijtimoy himoya bo‘yicha nafaqa tayinlash, saylov uchastkasini aniqlash yoki o‘zgartirish, haydovchilik bo‘yicha imtihon topshirishga ariza yuborish, Pedagog xodimlarga malaka toifasi sertifikatini berish va boshqa xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, 1-oktabrdan boshlab, tadbirkorlik subekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, davlat boji va boshqa to‘lovlar to‘langanligi, oliy ma’lumot hamda fuqaroning ish haqini tasdiqlovchi 15 turdagi ma’lumotnomalarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinishi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (“id.gov.uz”), Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri, Elektron hukumatning ma’lumotlar va klassifikatorlar registri, Yagona idoralararo ijro intizomi tizimi (“ijro.gov.uz”), Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (“project.gov.uz”), Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (“elections.gov.uz”), Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabulxonasi portali (“business.gov.uz”), Internet tarmog‘ida aholi dolzarb deb hisoblagan tashabbuslarni bildirish uchun (“Mening fikrim”) veb-portali yaratildi.

Yüklə 218,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin