Akt sohasida huquqiy meyoriy hujjatlar-fayllar.org
Sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda So‘nggi yillarda barcha jabhalarida erishilgan yutuqlar bilan har qancha faxrlansa, g‘ururlansa arziydi. Prezident tomonidan soha xodimlariga bildirilgan yuqori darajadagi ishonchni munosib oqlash lozimligini taqozo etadi. Eng muhimi, Vatan taraqqiyoti, mamlakatdagi o‘zgarishlar-u yangilanishlar samarasi fuqarolarning turmush farovonligi, xonadonlaridagi qut-baraka, tinchlik-osoyishtalik timsolida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni doimiy rag‘batlantirib borish va ularni zarur sharoitlarga ega turar-joylar bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Ijtimoiy himoya, xususan, doimiy ravishda sog‘lomlashtirish, sayohatlar, turli madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini uyushtirish soha xodimlarini rag‘batlantirish va birlashtirishning eng samarali vositasidir.
O‘zbekiston mustaqqilligining 30 yilligi arafasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qurilgan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qushbegi mavzesi hamda Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino mavzesida qad rostlagan 210 xonadonli 4 ta to‘qqiz qavatli turar-joy binolaridagi xonadonlar kaliti Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat yuritadigan xodimlarga topshirildi. Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlaridagi ushbu yangi binolarning birinchi qavatida 250-218-elektron avtomat telefon stansiyalari joylashgan bo‘lib, bu nafaqat turar-joy majmualari aholisi, balki umuman mavzelarda yashovchilar uchun ham telefon xizmatlaridan foydalanish borasida qulayliklar yaratadi.
Foto: “O‘zbektelekom”
O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi arafasida davlat tomonidan mazkur soha vakillariga qaratilayotgan e’tibor alohida e’tirofga loyiq. Ikki manzilda qad rostlagan binoda shinam xonadonlar qurilgan bo‘lib, ularda barcha sharoitlar mujassamlashgan. Shinam va ko‘rkam xonadonlar bundan buyon oilalar uchun xizmat qiladi. Bu kabi yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan xodimlarning oilalarida xotirjamlik, ishlarida esa unum va baraka bo‘lishi shubhasiz. Turar-joy majmuasi ko‘chaning qulay qismida joylashgan bo‘lib, avtomobillar uchun alohida to‘xtash joyi shuningdek, majmuada bolalar uchun maxsus o‘yingohlar qurilgan.
Ta’kidlash joizki, Toshkent markazida qad rostlagan mazkur uylarning foydalanishga topshirilishi sohaning keng ko‘lamli ijtimoiy loyihasining faqat boshlanishidir. Keyingi yillarda Yunusobod, Sergeli va Chilonzor tumanlarida ham mana shunday zamonaviy, yangi turar-joy binolarini qurish rejalashtirilmoqda.
Xulosa o‘rnida, O‘zbekistonda AKT sohasi rivoji va ilg‘or texnologiyalarni faollashtirish, uni izchil yuksaltirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilib, aniq qadamlar qo‘yilmoqda. Bu esa, kelajakda O‘zbekistonning jahon bozoridagi hissasini ko‘paytirish va mamlakatning axborot texnologiyalari sohasida mavqeini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.