Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə109/341
tarix16.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#128995
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasidan kelib chiqadi. Bunda inson jonsiz, keyinchalik esa – jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya 1859 yilda inson kelib chiqishining tabiiyilmiy talqiniga asos bo‘lgan CH.Darvinning «Hayvon va o‘simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini elon qilgan evolyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar tasirida o‘z shakl-shamoyilini sezilarli darajada o‘zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yana shuni ham takidlab o‘tish lozimki, insonda nafaqat o‘ta rivojlangan tirik jonzotlar, balki o‘ta sodda mavjudotlar bilan ham kuchli genetik o‘xshashlik mavjud. Xususan, shimpanze bilan bunday o‘xshashlik 98% ni, kalamush bilan – 80% ni va hatto banan bilan – 50% ni tashkil etadi. Biroq, shuni takidlash lozimki, «tabiiy» yondashuv tarafdorlari inson kelib chiqishining dunyoviy konsepsiyasiga ham (masalan, darvinchilar bilan bog‘liq holda bo‘lganidek), kosmik konsepsiyasiga ham tayanishlari mumkin.
Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi. Garchi bu konsepsiya isbotlanganlik jihatidan birinchi talimotga hozirgi zamon tabiatshunosligi nuqtai nazaridan yon bersa-da, lekin falsafiy nuqtai nazardan u insonning tabiiy-ilmiy kelib chiqishi konsepsiyasi kabi mavjudlik huquqiga egadir, zero birinchi yondashuv ham, ikkinchi yondashuv ham oqilona asoslangan va uzil-kesil dalil-isbotlar keltirmaydi.
Insonga fan nuqtai nazaridan yondashuv. Tabiat haqida bilimlar to‘planishi va ularning rivojlanishiga qarab, odamzotning o‘z-o‘ziga bo‘lgan qiziqishi ham kuchayib bordi, inson borlig‘ining bu sohadagi tadqiqotlar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratuvchi yangi va yangi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Odatda, jamiyat hayotida tarixan qisqa vaqt ichida jiddiy va teran o‘zgarishlar yuz bergan, insoniy munosabatlar negizini tashkil etuvchi eskicha tasavvurlar va qarashlar tasirida butunlay o‘zgargan davrlarda insonga bo‘lgan falsafiy qiziqish ayniqsa kuchaygan. Bunday davrlarda falsafada insonning mohiyati, uning burchi, vazifasi va yuz berayotgan voqealar uchun javobgarligi haqidagi azaliy masalalarga bo‘lgan qiziqish yana kuchaygan. SHunday qilib, falsafaning ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika kabi bo‘limlari bilan bir qatorda, inson haqidagi bilimlar sohasi asta-sekin shakllanib bordi. Bu erda inson nafaqat turli tomonlardan tahlil qilindi, balki uning ijtimoiy, tabiiy va kosmik jarayonlar bilan o‘zaro aloqalari ham o‘rganildi.
Insonni bilish borasidagi ko‘p asrlik say-harakatlarni bir erga jamlab, ularning orasidan uzil-kesil echilgan deb hisoblash mumkin bo‘lganlarini ajratib olsak, shakshubhasiz yutuqlar soni uncha ko‘p bo‘lmaydi. Ular orasida avvalo shu dalilni qayd etish lozimki, insonning paydo bo‘lishi Erda hayotning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u o‘z ibtidosi va muayyan tarixiga egadir. Xususan, 1982 yil Vatikandagi Rim Papasi fanlar akademiyasi tashkil etgan kongress ishtirokchilari – dunyoga mashhur antropologlar, bioximiklar va genetiklar hozirgi zamon tabiatshunosligiga tayanib, inson va hayvonot dunyosi o‘rtasida yaqin aloqa mavjud, degan umumiy xulosaga keldilar.
Inson va uni qurshagan dunyo tadrijiy rivojlanishini isbotlangan deb hisoblash mumkin. Bu nafaqat arxeologiya va Yer geologik tarixi bilan tasdiqlanadi, balki
Erdagi hayotga doir hozirgi tasavvurlardan va umumiy etirof etilgan «kengayib boruvchi Olam» nazariyasi tushuntiradigan dunyodagi evolyusion jarayonlardan ham kelib chiqadi.
Biroq fan, ayniqsa genetika bazan bizning avvalgi tasavvurlarimizni butunlay o‘zgartiradigan yangi kashfiyotlar qilishda davom etmoqda. Xususan, jonli mavjudotlarning biologik nusxalarini yaratish imkoniyatini beruvchi klonlash ketidan genetiklar, shov-shuvga sabab bo‘lgan eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, qadimgi faylasuflarning ilgari faqat odatdagi tajribaga tayangan o‘lmaydigan odam yo‘qligi haqidagi taxminiy (induktiv) xulosani jiddiy shubha ostida qoldirishga qodir natijaga yaqinlashdilar. Jumladan, italyan olimlari sut emizuvchilarning qarish jarayonini P66SHC sifatida malum bo‘lgan alohida gen boshqarishini aniqladilar. Ular mazkur genni «nazorat osti»ga olish va shu tariqa sinalayotgan hayvonlar umrini populyasiya bo‘yicha umrning o‘rtacha uzunlik ko‘rsatkichiga nisbatan 35% ga uzaytirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Shunga qaramay, bugungi kunda jismoniy umrboqiylik ilmiy nuqtai nazardan biologiyaning fundamental qonunlariga zid hisoblanadi. Bu qonunlarga muvofiq hujayralarning bo‘linish yo‘li bilan ko‘payish qobiliyatining susayib borishi inson hayotini cheklaydi. Xususan, insonning etuk organizmi taxminan 50 000 milliard hujayradan iborat ekanligi aniqlangan. «Odamda uning umri mobaynida bir hujayra avlodida ketma-ket bo‘linishlar soni elliktagacha bo‘ladi. Bo‘linish jarayonlari maromini hisobga olganda, shuni taxmin qilish mumkinki, inson umrining uzunligi
(bazi bir istisno hollardan tashqari) 110 yoshdan oshishi mumkin emas»105.
Biroq fan bir joyda to‘xtab turgani yo‘q va shu bois matbuotda vaqti-vaqti bilan paydo bo‘layotgan genetik olimlarning hujayra qarishini to‘xtatadigan moddani topish, shuningdek organizmda mazkur moddaning ajralishini boshqaradigan genni aniqlash borasidagi urinishlari haqidagi xabarlar o‘ziga jiddiy etibor berishni talab qiladi.
Falsafa «boqiy» masalalarni o‘rganar va butun borliqning dastlabki asoslari va muhim qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil echimlar va shak-shubhasiz javoblar olishga davogarlik qilmaydi. Sinovdan o‘tkazilgan dalillar va isbotlangan asoslarning yo‘qligi uni xijolatga solmaydi, zero falsafa intuitsiya, g‘oyibona tasir, ilhom, mantiqiy kuchga asoslangan farazlar, taxminlar, to‘ldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga mavjud bilimlar va shakllangan tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq isbotlangan ilmiy echimga ega bo‘lmagan narsa yoki hodisani o‘zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. Shu tariqa falsafa insonni bilish chegaralarini kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq darajaga ko‘taradi, balki yangi muammolarni qo‘yish imkonini beruvchi yangicha yondashuvlar, o‘zgacha nuqtai nazarlar va eng muhimi – eski muammolarning yangicha talqinlari bilan boyitadi. Shu manoda S.Sheroziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan savolga hech ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob beradi106 va “Dunyoga keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim”2 deb takidlaydi.
Shunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson bilan bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‘laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‘la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday hodisani o‘rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‘ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‘lgan tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin