Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Kelajakni bashorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə130/341
tarix16.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#128995
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Kelajakni bashorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida etibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. YUzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q. Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat.
Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali malum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi.
Hozirgi davrda ijtimoiy voqelikni tahlil qilinishida futurologik usullardan foydalanish yangi yondashuvlarga asos bo‘ldi. Tabiiy-ilmiy fanlarda dinamik xaos tushunchasini shakllanishi, shuni ko‘rsatdiki tizimni boshlang‘ich nuqtasida har qanday noaniqlik vaqt o‘tishi bilan ko‘paya boshlaydi va muayyan vaqt o‘tishi bilan biz bashorat etish qobiliyatidan mahrum bo‘lamiz. Ushbu hol iqtisod, psixologiya, sotsiologiyani o‘rganuvchi ko‘pchilik obektlarga xosdir. SHu nuqtai-nazardan qaraganda, har qanday yangi yondashuv narsa, voqea va hodisalarni tahlilida, ularning oldingi usullari bilan ochilmagan tomonlari, o‘rganilaolinmagan tomonlari ochib beriladi. Fan va falsafa tarixida bunday misollarni ko‘p kuzatish mumkin. Masalan, Aristotelning talimotiga ko‘ra, fizikaning asosiy vazifasi jismlarning harakatini o‘zgarishini emas, balki jismlarning harakatini tahlil qilishdan iborat edi. Aristoteldan boshlab Galileygacha fizikaning asosiy vazifasi jismlarning harakatini o‘rganish edi. Bu g‘oya fizikani rivojlanishiga to‘siq bo‘ldi. Aristotelning fikriga ko‘ra, fizika jismlarning tinch holatini o‘rganmoq lozim edi. Galiley esa jismlarning tinch holati harakatning alohida xususiy ko‘rinishi deb isbotlab berdi. Nyuton esa, ushbu yangi g‘oyani o‘zining birinchi qonunida bayon etdi. SHunday qilib, harakatning o‘zgarishini tahlil qilish g‘oyasi klassik fanning shakllanishining asosini tashkil etdi.
Hozirgi kunda jahon falsafasi va fani o‘z etiborini quyidagi muammolarning echimini topishga qaratmoqda: krizis vaziyatlarining holatiga baho berish, mezonlarini hamda krizis vaziyatining yaqinlashayotganini bashorat qilish va murakkab sistemalarda krizisdan chiqish ssenariylari (usullari)ni ishlab chiqish. Masalan, fanning mazkur muammolari tahlili, tadqiqotchi olimlarning taxminicha, eksperimental tadqiqotlar bilan yaqin aloqada rivojlanadi. Bunda nochiziqli dinamika sohasining umumiy qoidalari va matematik natijalaridan turli krizis hodisalarini tavsiflashda foydalaniladi. SHunday qilib, nochiziqli sistemalar nazariyasining umumiy nazariy qoidalari murakkab ochiq sistemalardagi real jarayonlarni o‘rganishda o‘zining real ifodasini topadi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin