Vorislik o’tmish bilan bugungi kun o’rtasidagi bog’liqlik, davomiylik, uzluksizlik.
Vrachlik odobi vrach manaviyati va xulq-atvor meyorlarining majmui. v.o. umumiy odobning tarkibiy qismi hisoblanadi, bunda vrachning faoliyati xususiyatlariga muvofiq holda xulqatvori va ijtimoiy o‘ziga xosliklari o‘rganiladi. U vrachlikning manaviy-axloqiy masalalarini qamrab oladi, uning xulq-atvori, manaviyati, kasbiy burchini his etishi, nomusi, vijdoni va qadr-qimmati meyorlarini, bemorlar, ularning qarindosh-urug‘lari, o‘z hamkasblari, jamoasi va umu-man jamiyat bilan o‘zaro munosabati masalalarini o‘z ichiga oladi. V.o. tamoyillari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, sog‘liqni saqlash va jamiyatning unga bo‘lgan munosabati holati, tibbiyot fanining rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. X
Xalq avvalo kelib chiqishi, tili, madaniyati va yashash xududi umumiyatiga ega bo‘lgan kishilar birligining tarixiy shakli.
Xarakat borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyatidir. Harakat — narsa va hodisalarning har qanday o’zgarishlarini ifodalovchi tushunchadir. Chunki borliq harakatsiz o’zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Xavfsizlik biror davlatga yoki kimsaga xavf tug’dirmaslik, osoyishtalik
holati
Y Yaxshilik va asosiy manaviy axloqiy juft tushunchalardan. U yaqin yomonlik yaqingacha e. va yo. ning sinonimi tarzida qo‘llanib kelinar edi, aslida ular asos etibori b-n birqbiridan farq qiladi. e. va yo. o‘zini Cheksiz likda, ya. va yo. o‘zini chegaralanganlikda ifoda etadi. E. ijtimoiylik xususiyatiga ega, ya. Esa asosan Shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa; unda mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy meyorlar tajassum topadi. Biroq unga asos bo‘lgan amaliy xattiqharakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillar darajasiga ko‘tarila olmaydi.