Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Tafakkur uslubining asosiy jihatlari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə72/341
tarix16.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#128995
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Tafakkur uslubining asosiy jihatlari. Malumki, odamlar qadimdan «uslub» tushunchasini sanat, adabiyot, arxitektura asarlari xususiyatini izohlash uchun ishlatganlar. XX asrda bu tushuncha yangicha manoda qo‘llanilmoqda. Ko‘p hollarda, avval malum bo‘lmagan, «tafakkur uslubi» yoki «ilmiy tafakkur uslubi» kabi lingvistik atamalarga duch kelinmoqda. Bu tushunchalar nimani ifoda etadi va ularning paydo bo‘lishiga sabab nima?
Tafakkur uslubi bilish taraqqiyotining muayyan tarixiy bosqichidagi ilmiy tafakkurning asosiy, belgilovchi tavsifini o‘zida ifoda etadi. Ko‘p xollarda «tafakkur uslubi», «o‘rganish uslubi», «yondoshish metodi» tushunchalari sinonimlar sifatida qo‘llaniladi. Shu sababli metafizik, eklektik, sofistik, dialektik va boshqa tafakkur uslublari haqida gapirish mumkin.
«Tafakkur uslubi» tushunchasini ilmiy nuqtai nazardan aniqlash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Biroq, bu vazifani hal qilish bir qator qiyinchiliklar bilan bog‘liq, negaki «tafakkur uslubi» juda keng manodagi tushunchadir. Shuning uchun dastavval, umumiy shaklda, uning asosiy ko‘rinishlarini belgilash mumkin.
Avvalo shuni takidlash kerakki, tafakkur uslubi hissiy va aqliy bilimga asoslangan, voqelikni vositali inikos etishdir. Malumki, inson tafakkurida uni o‘rab turgan voqelikdagi narsa va hodisalarni aks ettirish ularning mantiqiy obrazini o‘zida ifodalagan tushunchalar yordamida amalga oshiriladi. Tushunchalar umumiiy xarakterga egaligi bilan tavsiflanadiki, ular tufayli narsa va hodisalarning muhim tomonlarini aniqlab olish mumkin bo‘ladi.
Muayyan tushunchalar sistemasi yordamida erishilgan bilimlarni mantiqan anglab olish ham tafakkur uslubining xarakterli belgilaridandir. Bunday anglab olishga qayta-qayta mulohaza qilish yo‘li bilan erishiladi. Natijada inson ongida turli narsalar, hodisalar hamda ularning tomonlari va xossalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish aks etadi.
Inson uchun uni o‘rab turgan olam va uning rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi bilimlarni aks ettirish, anglab olish, turli hayotiy vaziyatlarda muvofiq keladigan xulq va amaliy yo‘nalishni tarkib toptirish uchun zarurdir. Ular tushunchalar sistemasi yordami bilan mulohaza qilish natijasidagi aqliy yakunlar, xulosalar tufayli vujudga keladi.
Tafakkur uslubining turli xillariga xos xususiyatlarni aniqlash uchun, oddiy (kundalik), ilmiy (professional) va falsafiy tafakkur uslublarini bir-biridan farqlash maqsadga muvofiqdir.
Oddiy tafakkur uslubi deganda, inson o‘z ongida narsalar olamini, so‘z, jumlalar orqali aks ettirib, ularni anglab olishda mavjud empirik faktlarga asoslanib, xatti-harakat yo‘nalishini belgilashi tushuniladi. Ya’ni, oddiy tafakkur uslubiga har qanday bilish jarayoniga xos bo‘lgan xususiyatlar muvofiq keladi. Biroq, bunga asoslangan holda tafakkur uslubini mantiqiy tafakkur shakllari bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Masalaning mohiyati shundaki, agar tushuncha, mulohaza va xulosalar subekt aqliy faoliyatning mantiqiy shakllarini tashkil etsa, tafakkur uslubi esa mazkur mantiqiy shakllar yordamida namoyon bo‘lib, uning ichki mazmunini ifodalaydi.
Bu belgilar – ilmiy (professional) tafakkur uslubining ajralmas elementlari bo‘lsada, uni xarakterlash uchun etarli emas. Chunki, ilmiy (professional) tafakkur darajasida olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish, anglash hamda maqsadga muvofiq yo‘nalishini belgilab olish muayyan ilmiy prinsiplar, g‘oya, nazariya va u bilan bog‘liq bo‘lgan tayyor holdagi mavjud tushunchalar apparati bilan amalga oshiriladi. Bunday sharoitda tafakkur funksiyasi yangi erishilgan bilimlar bilan oldindan mavjud bo‘lganlarini taqqoslashga qaratilgan bo‘ladi. Bu taxlit taqqoslash jarayonida, bir tomondan, oldindan mavjud bo‘lgan bilimlar chuqurlashadi, kengayadi va aniqlashadi, ikkinchi tomondan, yangi bilimlar to‘planadi va takomillashadi.
Yangi erishilgan bilimlarni anglab olishda mavjud nazariyalar sistemasi hamda tamoyillar bilan bir qatorda, turli faoliyat sohasida oldindan to‘plangan bilish tajribasi ham muhim ahamiyatga ega. Kasbiy tajriba, mavjud nazariya sistemasi bilan birgalikda yangi erishilgan bilimlarning amaliy qimmatini baholashning muhim etaloni sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, texnik tafakkur ilgari to‘plangan texnik tajribalarni hisobga olib ishlab chiqilgan, olimlarning faoliyati natijasida moddiylashgan mashinalar, mexanizmlar sistemasini aks ettiradi va anglab oladi. Ana shu ilmiy asos va texnik (professional) tajriba zaminida turli mexanizmlarni amaliy jihatdan qo‘llanishda yaroqli yoki yaroqsizligi bilib olinadi.
Mavjud ilmiy prinsiplar, nazariyalar hamda o‘tmishda to‘plangan professional tajriba yordamida yangi erishilgan bilimlarni aks ettirish va anglab olish – barcha ilmiy tafakkur uslubiga xos asosiy belgidir. Chunonchi, tibbiy tafakkurda bemor kasalligining belgilarini aks ettirish va anglab olish, davolanishning optimal yo‘llarini belgilash, mavjud meditsina bilimlari sistemasi va vrachlik tajribasi yordamida zamonaviy meditsina texnikasini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Fanning har bir sohasida muqarrar tarzda nazariyalar, prinsiplar sistemasi mavjud, ular orqali odamlarni o‘rab turgan voqelikdagi narsa va hodisalar hamda ularning rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risida erishilgan yangi bilimlar aks ettiriladi. O‘zining turli-tumanligi, xususiyatlarining boyligi bilan xarakterlanadigan professional tafakkur ana shunga asoslanadi.
Umuman olganda, ilmiy (professional) tafakkur, oddiy tafakkur kabi amaliy xarakatga muvofiq keladigan pozitsiyani ishlab chiqishda o‘rganiladigan obektlar haqidagi bilimlarni vositali aks ettirish va anglab olishni ifoda etadi. Lekin, oddiydan farqli ravishda, ilmiy (professional) tafakkur tayyor bilimlarning muayyan yig‘indisini taqozo qiladi. Uning asosida inson bilish faoliyati va amaliy harakati uchun muvofiq keladigan pozitsiyani ishlab chiqish jarayoni hamda uning natijalarini baholash sodir bo‘ladi. Tabiat va jamiyat haqidagi aniq fanlar mazmunini u yoki bu tarixiy bosqichga mos keladigan fundamental ilmiy prinsiplar, g‘oya, nazariyalar, tayyor bilimlar tashkil etadi.
Ilmiy bilish va ilmiy tafakkur falsafiy uslubning ajralmas elementini tashkil qiladi.Falsafiy tafakkur uslubi ilmiy (professional) uslubdan shu bilan farq qiladiki, moddiy olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish hamda anglab olish, muayyan dunyoqarash va metodologik prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
Binobarin, ilmiy tafakkur asosida yotgan xususiy-ilmiy g‘oya, nazariyalar qatiyan belgilangan soha va chegaraga ega bo‘lsa, falsafiy qoidalar bunday chegaraga ega emas. Moddiy olam taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini aks ettiradigan falsafiy prinsiplar, qonun va kategoriyalar umumiylik xarakteriga ega.
Shuning uchun ham ular olamni bilish va qayta o‘zgartirishning umumiy metodi sifatida namoyon bo‘ladi.
Falsafiy tafakkur uslubi, ilmiy tafakkur uslubi kabi, turli xil shakllarda namoyon bo‘lish bilan xarakterlanadi. Bundan falsafiy tafakkur shakllarining ko‘p qirraligi nimaga bog‘liq degan savol, muqarrar, kelib chiqadi. Bu savolga javob berishda shu narsani hisobga olish kerakki, u yoki bu tafakkur uslubining mazmuni falsafaning asosiy masalasini, tafakkurning borliqqa, ruhning tabiatga bo‘lgan munosabatini hal qilish bilan belgilanadigan dunyoqarashlik va metodologik xususiyati bilan belgilanadi. Agar dunyoqarashlik va metodologik jihatlar mazmunni belgilasa, ularning konkret namoyon bo‘lishi esa falsafiy tafakkur uslubining shaklini tashkil etadi.
Falsafiy tafakkur uslubi biluvchi subektning dunyoqarashlik va metodologik prinsiplar xarakteri bilan uzviy bog‘langandir. Shuning uchun dunyoqarash va metodning o‘zgarishi, tafakkur uslubining o‘zgarishiga olib keladi. Binobarin, tafakkur uslubi shakllanish jarayonida metod va dunyoqarashga aks tasir etadi, ilmiy bilish sohasida u yoki bu vazifani hal qilish bilan bizning oldimizga yangi vazifalarni qo‘yib, yangicha hal qilishga undaydi. Muayyan masala hal qilinishi bilan u yangi tafakkur jarayoniga tasir etadi. Shu o‘rinda tafakkur uslubining ijodiylik, faollik xususiyati namoyon bo‘ladi.
Tafakkur uslubi voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning rivojlanish qonuniyatlarini muayyan kishilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ehtiyojlari, manfaatlari ijtimoiy munosabatlariga muvofiq keladigan empirik bilimlar, ilmiy g‘oyalar, nazariyalar, dunyoqarash va metodologik prinsiplarga muvofiq tarzda inikos etilishi va anglab olinish usulidir. Bu tarifda umuman barcha tafakkur uslubi shakllariga xos bo‘lgan eng umumiy belgilar o‘z aksini topgan.
Tafakkur uslubining turli-tuman ko‘rinishlari: birinchidan, atrofni o‘rab turgan narsa va hodisalar hamda ularning rivojlanish qonuniyatlarining inson ongida to‘la va chuqur inikos etilish darajasiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tafakkur anglab olishi lozim bo‘lgan tushunchalar, tamoyillar, qonunlar sistemasiga bog‘liq. Ikkinchidan, u jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, milliy anana va urf-odatlar, shaxsning individual ijodi, shuningdek, manaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning majmui bilan taqozo etiladi.
Tafakkur uslubi insoniyatning ish uslubiga bevosita tasir qiladi. Muayyan ilmiy nazariya, metodologiya va dunyoqarash prinsiplariga suyangan tafakkurning aniq va ravshanligi amaliy faoliyatda bo‘layotgan voqealarni muayyan nuqtai nazardan tahlil qilishga, ularning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari haqida xolisona xulosa chiqarishga, amaliyotda to‘g‘ri foydalanishga imkon tug‘diradi.
Bunday tafakkur uslubi hozirgi istiqlol davrida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotning ilmiy asoslangan strategiya va taktikasini ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin