Jamiyatning iqtisodiy sohasi qanday elementlardan tashkil topgan?
Jamiyatning siyosiy tizimini qanday tushunasiz?
Davlat qanday funksiyalarni bajaradi?
Bizning davlatimiz va hokimiyat strukturalarining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
Ijtimoiy hayotning qanday sohalari mavjud?
Ijtimoiy struktura nima?
Etnik umumimiyat nima?
Ijtimoiy stratifikatsiya va mobillik konsepsiyasining mohiyatini qanday tushunasiz?
Oilaning ijtimoiy funksiyalari nimalarda namoyon bo‘ladi?
Madaniyat va sivilizatsiya o‘zaro aloqador tushunchalarmi?
Millat nima, uning mohiyatini qanday tushunasiz?
Biz insonparvarlik, ijtimoiy adolat g‘oyalari yoki buzg‘unchilik, terrorizm, millatlararo adovat g‘oyalariga befarq bo‘lishi mumkinmi?
Siz, G‘arb – doimo kashf etgan, Sharq esa – qabul qilgan, degan g‘oyaga qanday qaraysiz? O‘z nuqtai nazaringizni asoslab bering.
8-mavzu. Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi) Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyati. Inson borlig‘i tabiiy rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ham tegishli va uning tabiiyjismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Falsafa tarixida inson individualligining ichki, yashirin holatini aks ettiruvchi «jon» va «ong» tushunchalarining tahliliga alohida etibor qaratilgan.
Jumladan atoqli sofistlardan biri Protagor (mil. av. 490-420 yillar) mil. av. V asrdayoq «inson barcha narsalar mezonidir: u mavjud narsalarning mavjudligini, yo‘q narsalarning esa yo‘qligini belgilaydi», deb qayd etgan edi. Suqrot (mil. av. 469-399 yillar) ham haqiqat izlab insonga murojaat etadi. Inson o‘z joni faoliyatini boshqara oladi, shu bois dunyoni tushunish yo‘li o‘z-o‘zini bilish orqali o‘tadi, deb hisoblaydi. Suqrotning mashhur shogirdi Platon birinchi bo‘lib jon haqidagi yaxlit talimotni yaratdi. U odamlar jonining qandayligiga qarab ularni har xil tiplarga ajratdi.
Keyingi davrlarda Seneka, R.Dekart, A.Navoiy, A.Jomiy, I.Kant, I.G.Fixte, J.P.Sartr, M.Xaydegger va boshqa mutafakkirlar insonning manaviy negizini birinchi o‘ringa qo‘yib, uning ongi, manaviy dunyosi va bilish qobiliyatlarini o‘rganish ishiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Biroq XXI asrda deyarli ikki yarim yillik tarixiy taraqqiyot jarayonida ham inson muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.