Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Global muammolarni hal qilishda falsafaning roli



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə127/341
tarix16.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#128995
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Global muammolarni hal qilishda falsafaning roli. “Globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng manoni anglatadi. Bu jarayon mutloqo yangicha mano-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishi bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi holatini ifoda etmoqda. Globallashuv hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababini tan olish kerak. Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti, yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushinish, qiyin emas”125. Darhaqiqat global muammolarning bu qadar chigallashib borishining asosiy sabablaridan biri, insoniyat hayotiga o‘z tasirini ko‘rsatayotgan ilmiy- texnik taraqqiyotni olish mumkin. Uning ijobiy natijalari bilan birgalikda, ilmiy, texnikaviy, texnologik imkoniyatlar insonlar uchun kimyoviy, baktereologik, yadroviy qurollarni yaratish imkonini ham berdi. SHu jihatdan, butun dunyoni va insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, echimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlikdagi harakatini talab qiluvchi jarayonlarni global muammolar deb atash mumkin. Global muammolar, o‘z navbatida, aholi iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyoti va atrof- muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar natijasidir.
Hozirgi kunda insoniyat unikal jarayonning guvohi bo‘lmoqda. Insonlararo munosabatlarda ustuvor bo‘lgan “o‘zgaga tasir o‘tkazish”, inson ongini boshqarish, manipulyasiya jarayoni eng murakkab soha – davlatlararo siyosatga, yani mafkura sohasiga ko‘chirilmoqda. Endi davlatlar qurol-yarog‘, kuch, mol-davlat bilan emas, balki mafkuraviy tahdid, axborot xuruji, soxta axborot (dezinformatsiya), inson ongini manipulyasiya qilish vositasida boshqa davlatlar tomonidan mahv etilmoqda. Endigi g‘alaba birovning xududini bosib olishda, birovning iqtisodi uning iqtisodiga tobe bo‘lishida emas, yanada shafqatsizroq ko‘rinishda – nishonga olingan xalqlarning asrlar davomida shakllangan, qadriyatga aylangan milliy mafkuraviy tuyg‘usi bilan global madaniyatni almashtirilishida namoyon bo‘lmoqda.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin