Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə73/341
tarix16.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#128995
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi. Insonning borliqni bilishidan asosiy maqsadlaridan biri - bu haqiqatni bilishdir. Bu asosan inson bilimlari bilan obektiv borliqdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabat masalasini o‘z ichiga oladi.
Haqiqat - bu borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zi emas, balki ular haqidagi inson bilimlarining o‘sha narsa va hodisalarga mos kelishidir.
Haqiqat, bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunyoning o‘ziga, obektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan, yanglishuvdan, yolg‘ondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz obektiv voqelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab olmoq kerak.
Haqiqat konkret yoki mavhum, mushohadaviy va fikriy xulosalar, tushuncha va tasavvurlarning obektga mosligidir.
Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obektiv haqiqat tushunchasi teztez uchrab turadi. Obektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun insoniyatga ham bog‘liq emas. Haqiqatning obektivligini u mavjud olamning inikosi bo‘lishi belgilaydi.
Haqiqatning obektivligi vaqt va zamondagi o‘tish manosida ketma-ketlik, izchillik va vorislikning asosi hisoblanadi.
Haqiqat bu jarayondir. Obektiv haqiqatning jarayon bo‘lish xususiyati ikki xil tarzda namoyon bo‘ladi: birinchidan, bu obektni to‘liqroq inikos ettirishga tomon qaratilgan o‘zgarishlar jarayonidir, ikkinchidan esa, konsepsiyalar, talimotlar strukturasida xatolik va yanglishishlarga barham berish jarayoni hamdir.
Bu jihatdan qaraganda xaqiqat o‘zi ifodalangan bilimlarning mazmuniga ko‘ra subektga bog‘liq bo‘lmasada (bu manoda u obektiv haqiqat deb ataladi), lekin u o‘z ifodalanish shakli jihatdan subektga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda haqiqat mazmuniga ko‘ra obektiv, shakliga ko‘ra nisbiydir.
Bilish nazariyasida nisbiy va absolyut haqiqat shakllari muhim o‘rin tutadi. Absolyut va nisbiy haqiqatlar masalasi insoniyat rivojining malum bosqichida kishilarning bilish jihatidan murakkab tashkil topgan obektlar bilan aloqador bo‘lgan, har qanday nazariyalar ushbu obektlarni tugal anglash davosini qilishga qodir bo‘lmagan davrlardagi dunyoqarash muammosi sifatida yuzaga chiqqan.
Absolyut (mutlaq) haqiqat deganda o‘z obektiga aynan mos bo‘lgan va bilishning keyingi taraqqiyoti davomida inkor etilmaydigan bilim, xulosa va hukmlar tushuniladi.
Absolyut haqiqat -o‘rganilayotgan obektlarning umumiy va alohida tomonlarini aniq-ravshan hamda voqelikning muayyan jihat va xususiyatlarini tugal bilishi, nisbiy haqiqatning keyingi bilish jarayonida ham saqlanib qoladigan mazmunini tashkil etishi, olam, undagi eng murakkab sistemalar to‘g‘risida hech qachon inkor qilinmaydigan to‘liq bilimdir. Masalan, 1913 yilda XX asrning eng yirik fizigi Nils Bor o‘zining mashhur to‘ldiruvchanlik prinsipini tariflab berdi. Bu prinsipga ko‘ra, haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bo‘lishi bilan mutlaqo noto‘g‘ri deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi. Klassik mexanika bilan nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va hozirgi zamon nazariyasi va ko‘p boshqa nazariyalar o‘zaro ana shunday munosabatda bo‘ladi.
Nisbiy haqiqat - borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to‘ldirilib borishi lozim bo‘lgan bilimlarimizdir.
Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning Cheksiz jamlanib borishidan vujudga keladi, har bir nisbiy haqiqatda esa mutlaq haqiqatning zarrasi, donasi mavjud bo‘ladi. Ilm - fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy haqiqatlar sifatida mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi - yangi zarralar qo‘shib boradi. Borliq bepoyon va Cheksiz bo‘lgani kabi, insonning uni bilishi ham Cheksiz davom etadi.
Haqiqat mavxum emas, balki aniq (konkret) bilimlardir. Har bir bilimning haqiqatligi malum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bilishining imkoniyatiga va darajasiga bog‘liq. Hamma zamonlar, makonlar, hamma davr va har qanday sharoitda ham to‘g‘ri bo‘ladigan, o‘zgarmaydigan haqiqatlar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas.
Haqiqatni xatodan farq qiladigan mezon bormi? Bu savolga turli falsafiy oqimlar turlicha javob berib kelganlar.
Masalan, XX asrda neopozitivizm oqimi vakillaridan bazilari, haqiqatning mezoni, deb kogerensiya prinsipini (yani bilimning o‘z-o‘ziga mos kelishi) oladilar. Neopozitivizmning boshqa bir guruhi vakillari esa bilimlarning haqiqatlik mezoni sifatida verifikatsiya prinsipini yani, bilimlarni hissiy tajriba, kuzatish, eksperiment yo‘llari bilan tekshirishni oladilar. Biroq bizga malumki, fanlarda paydo bo‘lgan bazi g‘oyalar va qarashlarning haqiqatligini bunday hissiy tajribalar asosida tekshirib bo‘lmaydi.
Empiriokratitsizm (maxizm) tarafdorlari, xususan Bagdanov haqiqat mezoni sifatida bilimlarni, ko‘pchilik tomondan olinganligini tushunadilar, ular ko‘pchilik ham barovar adashishi va xato qilishi mumkinligini esdan chiqarib qo‘yadilar.
Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday bilimning haqiqatlik mezoni uning insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak, deyishadi. Haqiqatda esa, foydali bo‘lish, foyda keltirish hali inson bilimlarining haqiqatligi mezoni bo‘lmaydi.
Ekzistensializm falsafasi vakillarining bazilari bo‘lsa, inson bilimlarining haqiqatligi mezoni har bir kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlariga bog‘likdir, deyishadi. Lekin, hech qachon turli kishilarning ehtiyoji, intilishlari birbiriga to‘la mos kelmasligini ular nazarda chetda qoldirishadi.
Bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy faoliyatdir. Amaliyot insonning dunyoga o‘ziga xos munosabati usuli bo‘lib, u tashqi olamdagi obektiv mavjud narsa va hodisalarga faol tasir etish, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish va qayta qurish yo‘li bilan insonning uni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitga kirib borish jarayonidir. Amaliyot bilish jarayonida hosil bo‘lgan har bir bilimning haqiqatligini tasdiqlash bilan birga, bu bilimning cheklanganligini, xatoligini ham aniqlab beradi. Lekin amaliyotni ham haqiqat mezoni sifatida mutlaqlashtirish mumkin emas.
CHunki inson bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi amaliyotda tasdiqlanishi to‘liq bo‘lmaydi, amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan bilimlar ham mavjud.
Uning ustiga amaliyotning o‘zi ham o‘zgarib rivojlanib boradi.
SHunga qaramasdan, amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to‘g‘ri bilimlarini xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon, birinchidan, inson bilimlari borliqning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri inikosi ekanligini tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni noto‘g‘ri aks ettiruvchi qarashlarning xatoligini ham ochib beradi.
Falsafa amaliyotga kategoriyalar, yani amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlari nuqtai nazaridan yondoshadi.
Inson amaliyot orqali obektiv mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarga faol tasir etib, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zini o‘rab turgan tabiiy – ijtimoiy muhitga kirib boradi. Inson amaliy faoliyati borliqni o‘zgartirishga qaratilgan jarayon bo‘lib, u obektiv va subektiv tomonlar yig‘indisidan iborat. Albatta, amaliy faoliyatning subektivligi insonning qobiliyati, maqsadga muvofiq hatti harakati, obektiv tomoni essa boshlang‘ich material, faoliyat vositalari va olingan mahsulotni anglatadi.
Umuman olganda amaliyot insonning dunyoga, o‘ziga xos munosabat usulidir.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin