Hammaga ma'lumki, ritm - bu tabiatning universal xususiyatidir. Masalan, kun va tun, yil fasllari tsiklik ravishda o`zgarib turadi, hayvonlar, o`simliklar va suv havo daraxtlar rivojlanish jarayoni aniq ketma-ketlikka ega. Lekin hayot va san'atdagi ritm bir hil emas. San'atda ritm va ritmlik aktsentlarda uzilish, notenglik, noaniqlik bo`lishi mumkin.
Musiqadagi kabi tasviriy san'atda ham ritmlar faol, uzuk-yuluq, tekis, xotirjam, sekinlashgan ritmga ajratiladi.
Ritm - bu qandaydir elementlarni ma'lum bir ketma-ketlikda joylashishidir.
Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, dekorativ san'atda ritm kompozitsiyaning muhim tasviriy vositasi sifatida qatnashadi. U faqat tasvirni ko`rishdagina qatnashib qolmay, balki asarga aniq emotsionallik bahsh etadi.
Ritm chiziqlar, dohlar, yoruhlik va soya, rang orqali berilishi mumkin. Manzarada bir-hil elementlar takrorlanib keladi, masalan odamlar qomati, ularning qo`li yoki oyohi va hakozo.
Natijada ritm hajmlar kontrasti asosida quriladi.
Ritmlar dekorativ - amaliy san'atda muhim rol o`ynaydi. Turli-tuman bezaklardagi ko`plab kompozitsiyalar elementlarining aniq ritmik ketma- ketligida qurilgan.
Ritm tekislikda harakatni bera oluvchi vositalardan biridir. Nimaga ritm harakatni ko`rsata oladi?
Hammamizga ma'lumki, tevarak- atrofimizni o`rab turgan shakllar va ularning kattaligi tomoshabinga nisbatan qanday masofada joylashganiga va fazoda qanday holatda turganiga qarab o`zgaradi.shakl va kattaliklardagi bu o`zgarishlar aniq qonunlarga , ya'ni chiziqli perspektiva qonunlarga asosan kelib chiqadi
Ko`chadan o`tayotgan mashina, odam va hokazolarni sinchiklab kuzatish orqali ularni uzoqlashgan sari tobora kichrayib borishini va aksincha yaqinlashgan sari kattalashib borishini sezish qiyin emas. Shuningdek ko`chaning kengligi ham uzoqlashgan sari toraygandek tuyuladi. Uylar, daraxtlar, umuman hamma narsalar kuzatuvchidan uzoqlashgan sari kuchraygandek tuyiladi, yoruh - soyalari, rang xiralashadi, Hajmi esa yo`qdek tuyuladi. Buni perspektiva hodisasi deyiladi.
Perspektiva aniq fan bo`lib, u chizma geometriyaning alohida bo`limidir. Lotinchadan tarjima qilinganda perspektiva "aniq ko`ryapman " degan ma'noni bildiradi. Rasm chizish perspektivaning bir turi bo`lib unda kuzatish perspektivasidan keng foydalaniladi. Perspektivaning bu turi uning qonun - qoidalariga to`liq rioya qilingan holda kuzatish, chamalash va faraziy fikr yuritish asosida hech qanday geometirik asbobsiz (chizhich, tsirkul) ish yuritishni taqozo etadi.
Badiiy ijodda fazoni to`g`ri kuzata bilish va qabul qilish muhim rol o`ynaydi.
Perspektiva qonunlarini bilish rassomga realistik tasvirlarni ko`rishda yordam beradi. Lekin nazariy ijoddagi hissiyot, kechinmalar va obrazni yo`qqa chiqarmasligi kerak.