Kirish
Aleksandr Makedonskiyning O'rta Osiyoga yurishlari qattiq qarshilikka uchragan. Ustarushonadagi yettita shahar, qal'a Alkesandrga qarshilik qo'rsatgan. Ularning ichida eng kattasi Kiropol bo'lib Makedon qo'shinlari shaharni egallahi qiyin kechgan. Alekandr mahalliy aholining jasoratida shu qadar xavotirga tushganki Ptolomeyning aytishishicha u jangchilariga asr olingan kishilarning bo'lib bergan, toki bu mamlakatdan chiqib ketmaguncha ularni zindonda saqlagan.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6
Aleksandr Makedonskiy Yunon xudolarining erkasi
Jahongir Mehrojidin o’g’li Yursinboyev Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Makedoniyalik g’ayrioddiy kuch qudrat sohibi Aleksandr hayoti uning bosqinchilik kurashi, hamda ungacha hech kim amalga oshirmagan siyosat sohibi haqida.
Kalit so’zlar: Makedoniya, Filip II, yunon, shahar, Hindiston, Spitamen, so’g’diylar, Eron, Doro III, Misr, Gavgamela
Alexander the Great - the son of the Greek gods
Jahongir Mehrojidin oglu Yursinbaev Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
Abstract: The life of Alexander the Great, a Macedonian supernatural power, is about his struggle for aggression, as well as a policy that no one has pursued before.
Keywords: Macedonia, Philip II, Greek, city, India, Spitamen, Sogdians, Iran, Darius III, Egypt, Gavgamela
Aleksandr, Iskandar Maqduniy (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) mil. av. 356 20 iyun kuni Pella shahrida tavallud topgan. Otasi Makedoniya podshosi Filipp II va onasi esa Epir shohining qizi -Olimpiada edi. Iskandarning onasi Olimpiada o’zini butkul taxt vorisi bo’lmish o’g’lining tarbiyasiga bag’ishladi. Otasi esa ko’pincha harbiy yurishlarda bo’lgani uchun o’g’liga ko’p vaqt ajrata olmas edi va hamisha undan uzoqda bo’lar edi. Shunga qaramasdan Iskandar otasining jasorati va armiyasining erishgan natijalari bilan faxrlanar edi. Biroq Olimpiada o’g’lini doimo otasiga qarshi qayrab kelar edi, shuning uchun bo’lajak hukmdor otasiga nisbatan ko’ra onasiga mehrini ko’proq bergan edi. Shahzoda Iskandar bo’lajak hukdor bo’lganligi uchun maxsus ta’lim olgan. O’n uch yoshidan boshlab esa u buyuk faylasuf Arastu (Aristotel)dan ta’lim-tarbiya ola boshlagan. Arastu taxt vorisining murabbiyi bo’lganligi uchun shogirdiga ko’proq siyosat, etika va falsafadan ta’lim bergan. Bundan tashqari vasiyligidagi Iskandarga klassik ta’lim berishni xohlagan Arastu unga tibbiyot, adabiyot va she’riyatdan ham saboq bergan. Iskandar yoshlik yillaridanoq izzattalablik, qaysarlik va maqsad sari intilish kabi sifatlarni ko’rsatib kelgan. Boshqa tomondan esa u
www.openscience.uz
601
м
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6
jismoniy lazzatlarga butkul befarq bo’lgan, ortiqcha ovqat yeyishdan o’zini tiygan va ayollarga qiziqish bildirmagan.
Iskandar 16 yoshligida otasi Vizantiyani zabt etishga otlanar ekan, ilk bor
Makedoniya boshqaruvini o’g’liga topshirib ketadi. Huddi shu payt mamlakatda
isyon ko’tariladi. Yosh shahzoda poytaxtda qolgan polklar bilan qo’zg’alonni
bosishga erishadi. Oradan ikki yil o’tib, Iskandar yana qo’mondon sifatida jang
maydoniga chiqadi - Xerondagi jangda makedoniyalik qo’shinning chap qanotini
boshqaradi. Mill.avv. 336-yilda otasi fitnachilar tomonidan o’ldirilgandan so’ng
taxtga o’tiradi. Taxtga o’tirishi bilanoq Iskandar birinchi navbatda otasining o’limiga
sababchi bo’lgan dushmanlarni yo’q qiladi va soliqlarni bekor qiladi. So’ngra ikki yil
davomida mamlakat shimolidagi frak qabilalarining bosqinchiliklarini so’ndirib,
Gretsiyada Makedoniya hukmronligini o’rnatadi. Keyinchalik Iskandar butun
Elladani birlashtirib, otasi Filipp bir umr orzu qilgan Eronni zabt etish uchun buyuk
yurushni boshlaydi. Aynan ana shu yurushda eronliklar bilan bo’lib o’tgan janglarda
Makedoniyalik Iskandarning ajoyib harbiy mahorati namoyon bo’ldi. Eramizdan
avvalgi 334 yilda Granik daryosi bo’yidagi jangdan so’ng deyarli butun Kichik Osiyo
makedoniyaliklarning qo’liga o’tadi. Iskandar esa buyuk sarkarda va jahongir nomini
oladi. Buyuk Iskandarning dovrug’ini eshitgan mamlakatlar jangsiz uning qo’shiniga
taslim bo’ldilar. Sarkarda hech bir qiyinchiliksiz Siriya, Finikiya, Falastin, Kariya va
Yaqin Sharqning boshqa davlatlarini ishg’ol qildi. So’ngra u Misrga yurishini
boshladi. U yerda ham uni iloh sifatida ochiq yuz bilan kutib oldilar. Misrda sarkarda
yana bir shaharni o’z nomi bilan atab, unga Iskandariya nomini berdi. 334 yil
Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq
boshlangan boʻlib, uning oʻlimi tufayli toʻxtab qolgandi. Aleksandr qoʻshinida
sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga
yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160
kema boʻlgan. Mil.avv. 334 yil mayida (Granik daryosi yonida), 333 yil oktyabrida
(Gavgamela, Shimoli- Sharqiy Mesopotamiyada) bo‘lgan janglarda fors qo‘shinlari
to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng Aleksandr uchun Ahamoniylar
davlatining markazlariga yo‘l ochilgan edi. Aleksandr dastavval Bobilni, so‘ngra
Suza, Persepol, Pasargada Shaharlarini egallab fors podsholarining
xazinalariniqo‘lgakiritdi.
So‘nggi Ahamoniy hukmdori Doro III avval Midiyaga, keyin esa Baqtriyada qochib ketdi. Kursiy Rufning ma’lumotlariga ko‘ra Baqtriyaga Doro III ga qarshi fitna uyushtirilib u o‘ldiriladi va fitnaga boshchilik qilgan Bess o‘zini Ahamoniylar podshosi deb e’lon qiladi. Ammo, Bess Aleksandrga harbiy qo‘shinlarni qarshi qo‘ya olmadi. Iskandar Eronga qaytib kelib, Suzu, Persepol hamda Vavilonni zabt etadi va Vavilonni buyuk davlatining poytaxti qilib o’zgartiradi. 329 yilda Eron shohi Doro ayonlari tomonidan o’ldiriladi, bu vaziyatda ham Iskandar o’zini aqlli taktik va
www.openscience.uz
602
м
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
strateg sifatida ko’rsatadi. U Eron saltanatining qulashida zabt etuvchilar emas, ichki dushmanlar aybdorligini aytib, shoh Doro uchun ulardan qasos olishini e’lon qiladi. Aleksandr qo‘shinlari daryodan o‘tgach Bessni ta’qib etib «Sug‘d viloyati Navtakaga» yo‘l oladilar (Avval Ptolomey Lag boshchiligidagi ilg‘or qism, keyin asosiy kuchlar). Sug‘d erlarida Spitaman boshliq mahalliy sarkardalar Aleksandrni to‘xtatib qolish maqsadida Bessni asir olib unga topshiradilar. Ammo, Aleksandrda harbiy yurishlarni to‘xtatish niyati yo‘q edi. Navtakadan so‘ng Yunon-makedon qo‘shinlari Sug‘diyonaning poytaxti Smarakandaga yurish qilib uni egallaydilar. Kursiy Ruf ma’lumotlariga ko‘ra Yunon-makedonlar «Shaharda o‘zlarining kichik gornizonlarini qoldirib, Yaqin atrofdagi qishloqlarni yondiri va vayron etib», Shimoli-Sharqqa tomon harakat qila boshlaydilar. Jizzax va O‘ratepa oralig‘idagi tog‘li hududlarda Yunon-makedon qo‘shinlari qattiq talofat ko‘radilar. Aleksandrning o‘zi ham og‘ir yarador bo‘ladi. Shunga qaramasdan tog‘li hudud aholisini qiyinchilik bilan mag‘lub etgan.
Yunon-makedonlar dasht ko‘chmanchilari saklar va sug‘diylar o‘rtasida chegara bo‘lgan Yaksart - Sirdaryoga tomon harakat qiladilar. Yunon-makedonlar Yaksart bo‘yida to‘xtab bu erdagi Shaharlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtira boshladilar. Ko‘p o‘tmay bu Shaharlar aholisi Aleksandrga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi saklar ham o‘z qo‘shinlarini bir erga to‘play boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va Sug‘diyona hududlarida ham Aleksandrga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi. Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O‘rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko‘rsatdilar. Ular Yunonlar o‘ylaganidek, «varvarlar» va madaniyatdan orqaga qolgan emas, balki o‘z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Aleksandr qo‘shinlari butun Sharq davlatlarini o‘zlariga bo‘ysundirganlarida Sug‘diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Aleksandr tarixini yozgan ko‘pgina qadimgi davr tarixchilari ham e’tirof etadilar. Shunday qilib Xorazm, Choch (Toshkent vohasi), Farg‘ona va saklar yurti Aleksandrdanmustaqil bo‘lib qoladi. Sug‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona va Parfiya Aleksandrning davlatiga qo‘shilib, keyinchalik ularning hududida ayrim Yunon-makedon davlatlari vujudga keladi. O‘rta Osiyoda istilo etilgan viloyatlar va Shaharlarni boshqarish uchun Yunon-makedon sarkardalari bilan birga mahalliy hokimlar ham jalb etilgan. Yozma manbalarning ma’lumot berishicha, Aleksandr davrida mahalliy aholi vakillaridan Fratafarn-Girkaniyada, Artaboz-Baqtriyada, Oksiart va Xorien- Sug‘diyona viloyatlariga hokimlik qilganlar. Mil.avv. 325 yilda Oksiart qo‘l ostiga Paropamis-Hindiqush viloyati topshiriladi. Mil.avv. 325-324 yillarda makedonlar yaroq-aslahalari bilan qurollangan mahalliy aholi qo‘shinlari Yunon-makedon armiyasi safiga jalb etiladi. Aleksandr mahalliy
www.openscience.uz
603
м
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6
hokimiyat vakillariga nisbatan maqsadli siyosat olib borgan. Mil. avv 324 yilda Suza shahrida o‘n mingta Yunon-makedon askarlari mahalliy ayollarga uylanadilar.
Aleksandrning o‘zi va sarkarda Gefestion Doro III ning qizlarini hamda sarkarda Salavka Spitamanning qizi Apamani xotinlikka oladilar. Asta-sekinlik bilan Iskandar Osiyo hukmdoriga aylanib bordi. U ikki yil davomida hozirgi Afg’aniston, Tojikiston va O’zbekiston hududlarini o’z ichiga olgan Sug’diyona va Baqtriyani zabt etdi. Yangi hududlarni ishg’ol qilar ekan, Iskandar shaharlar barpo etib, ularga o’z nomini beradi. Masalan, Eshatadagi Iskandariya bilan Arahisiyadagi Iskandariya shaharlari bizning davrimizda Xo’jand va Qanqag’or nomi bilan mashhur. Aleksandr 329 yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib oʻtib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qoʻlga olinib, qatl etilgan. Soʻng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yoʻl oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning Oʻrta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan. Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Bularning ichida eng kattasi - Kiropol boʻlib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan oʻrattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining koʻpchilik qismi, eng jangovar jangchilar toʻplangandi. A. shahar atrofiga xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi boʻlgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan oʻtgan quruq daryo oʻzani orqali oʻzining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari oʻrtasida shiddatli jang boʻlgan. Unda A. boshi va boʻyniga tosh tegib yarador boʻlgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon oʻqidan shikastlangan. Makedon qoʻshini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok boʻlgan, qolgani ichki qoʻrgʻonga yashiringan, soʻng tashnalikdan qiynalib taslim boʻlgan. Makedon qoʻshini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u oʻz jangchilariga asir olingan kishilarni boʻlib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan.
Aleksandr Sugʻdiyonada Spitamen qoʻzgʻolon koʻtarib, Marokandani qamal qilgani va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qoʻshin unga yordamga yetib kelgani haqida xabardor boʻlgach, qoʻzgʻolonchilarga qarshi 2000 kishilik qoʻshin joʻnatib, oʻzi saklar tomon qoʻshin tortgan (qarang Tanais daryosi boʻyidagi jang). Mazkur qoʻshin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan oʻzi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, koʻplab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bogʻ-rogʻlarni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329-
www.openscience.uz
604
M
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6
328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da oʻtkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib oʻzaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328-327 yil boshida Sugʻdiyonadagi togʻlar ustida joylashgan qal’alardagi qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirishga juda koʻp kuch sarflaydi, ularni magʻlub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi . skandar Buyukning eng birinchi xotini - Baqtriya (ya’ni hozirgi O’zbekiston hududi) malikasi Roksana bo’lgan. Roksana buyuk sarkardaga turmushga chiqayotganida o’n to’rt yoshda bo’lgan. Nikoh marosimi 327 yilda bo’lib o’tdi.
Iskandar Buyuk Baqtriyani bosib olganda shoh butun oilasi bilan asirga tushadi, shu qatorda Roksana ham. Biroq shunga qaramasdan Iskandar bu go’zal qizni o’ziga xotinlikka oladi va u Iskandarga o’g’il tug’ib beradi. Bu bola Iskandarning to’ng’ich farzandi hisoblanadi. Keyinchalik sarkarda Eronning yana ikkita malikasi - Statira va Parisatidaga uylanadi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Iskandar Buyuk eramizdan avvalgi 323 yil 10 iyun kuni 33 yoshida vafot etdi. Buyuk sarkardaning hayotdan erta ketishiga nima sabab bo’lganligi haqidaggi bahs-munozaralar bugungi kunda ham to’xtagani yo’q. Hukmdorning o’limi birdaniga sodir bo’lgani uchun uning o’rniga o’tiradigan voris tayinlanmagan edi. Shuning uchun ham mamlakatda tartibsizliklar boshlandi va saltanat tanazzulga yuz tuta boshladi. 323 yilda Iskandardan biroz oldin uning yaqin do’sti va maslahatchisi Gefestion vafot etdi. Bu hodisadan Iskandar chuqur qayg’uga botdi. U haddan tashqari shubhali bo’lib qoldi va doimo asabi tarang, ruhiyati tushkun holda yuradigan bo’lib qoldi. Do’sti Gefestionga tutgan motami uzoq cho’zildi va yangi harbiy yurishni rejalashtirish uchun Vavilonga qaytgunga qadar davom etdi. Vavilonda Iskandar har kuni ziyofatlar uyushtirar va haddan tashqari ko’p sharob iste’mol qilar va bu bilan immun tizimini izdan chiqarib, sog’lig’iga katta zarar yetkazar edi. Yozning boshlarida sarkardaning salomatligi birdaniga yomonlasha boshladi va hech narsa bilan tushirib bo’lmaydigan isitma paydo bo’ldi. Iskandarning xastaligi haqida eshitgan xaloyiq uni ko’rish maqsadida saroyga yopirilib kirdi. Og’ir ahvolda ekanligiga qaramasdan Iskandar Buyuk olomonni o’rnidan turib, ularni qarshi oldi, biroq u juda holsiz edi. 9 iyun kuni Iskandar koma holatiga tushdi, 10 iyun kuni esa uning yuragi urishdan to’xtadi. Iskandar Buyuk vafot etdi. Do’sti Gefestionga tutgan motami uzoq cho’zildi va yangi harbiy yurishni rejalashtirish uchun Vavilonga qaytgunga qadar davom etdi. Vavilonda Iskandar har kuni ziyofatlar uyushtirar va haddan tashqari ko’p sharob iste’mol qilar va bu bilan immun tizimini izdan chiqarib, sog’lig’iga katta zarar yetkazar edi. Yozning boshlarida sarkardaning salomatligi birdaniga yomonlasha boshladi va hech narsa bilan tushirib bo’lmaydigan isitma paydo bo’ldi. Iskandarning xastaligi haqida eshitgan xaloyiq uni ko’rish maqsadida saroyga yopirilib kirdi. Og’ir ahvolda ekanligiga qaramasdan Iskandar Buyuk olomonni o’rnidan turib, ularni qarshi oldi, biroq u juda holsiz edi. 9 iyun kuni Iskandar koma holatiga tushdi, 10
www.openscience.uz
605
м
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6
iyun kuni esa uning yuragi urishdan to’xtadi. Iskandar Buyuk vafot etdi. Ulug’ hukmdor va sarkarda Makedoniyalik Iskandar Buyukning o’limidan butun Imperiya chuqur qayg’uga botdi va saltanatda motam e’lon qilindi.
Makedoniyalik Iskandarning o’limiga nima sabab bo’lganligi haqida hanuzgacha tarixchi olimlar bir to’xtamga kelmaganlar. Eng asosiy omil qilib bezgak kasalligi ko’rsatilmoqda. Unday bo’lsa, nima uchun shohning yaqinidagi hech kim bu kasallik bilan kasallanmadi, axir bezgak yuqumli infektsion xastalik hisoblanadi-ku?! Olimlar buni Iskandarning haddan tashqari ko’p sharob ichishi bilan immun tizimiga yetkazgan zarari bilan tushuntirmoqdalar. Iskandar Buyuk o’limining sabablaridan biri deb, shohning zaharlangan bo’lishi mumkin, degan taxmin ham ilgari surilgan. Sarkarda xastaligining belgilari ham shu narsani tasdiqlab turibdi: konvulsiya (tirishish), qayt qilish, yurakning notekis urishi. Biroq bularning bari taxmin, uni faqatgina kelajakda - ilm-fan yana ham rivojlanganda isbotlash mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |