Sinov savollari:
Masalani kompyuterda yechishning asosiy bosqichlarini ayting?
Algoritm nima?Algoritmga misollar keltiring.
Algoritmning asosiy xossalari.
Algoritmning tasvirlashning asosiy usullari.
Bu tasvirlash usullarining har biriga misollar keltiring.
Blok-sxema nima? Asosiy elementlarini ayting.
Algoritmning turlari. Ijrochining ko’rsatmalar majmui nimalardan iborat?
Chiziqli algortitm nima?
14-ma’ruza
Mavzu: Dasturlash vositalari. Tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar tuzish. Takrorlanuvchi va murakkab jarayonlar uchun algoritmlar tuzish.
Reja:
1. Tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar tuzish.
2. Takrorlanuvchi va murakkab jarayonlar uchun algoritmlar tuzish.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi. Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi.
Tarmoqlanuvchi algoritm to’la va qisqartirilgan ko’rinishda berilishi mumkin. Ular quyidagicha sxema orqali ifodalanadi:
ha yo’q ha yo’q
shart shart
1 - amal 2-amal amal
a) to’la ko’rinish b) qisqartirilgan ko’rinish
1-misol. Ixtiyoriy berilgan x va u sonlaridan eng kattasini topish algoritmini tuzing. boshlash
x,u ni kiritish
xa yuk
z = x x >= y z = y
z ni chiqarish
tamom
Dostları ilə paylaş: |