Algoritmik tillar va dasturlash



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə1/9
tarix06.07.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#128477
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
sarvinoz.kurs ishi. (4)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI



AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
«KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi
ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH” FANIDAN


KURS ISHI


Mavzu:”Tashkilot xodimlarining ish rejimini nazorat qiluvchi tizim “
Bajardi: “Amaliy matematika” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 2-21 - guruh talabasi
Toshtemirova Sarvinoz
Ilmiy rahbar: Tojiyev A.H.

Jizzax – 2023

Mundarija:



Kirish……………………………………………………………………….…3
I BOB. Algoritmik Tillar va Dasturlash fanining nazariy asoslari……….......6
1.1.Algoritm haqida……...…………....…………….…………………6
1.2.Algoritmning asosiy turlari haqida.………………….…………….9
1.3.C# dasturlash tili………………………………………...………...12
II BOB. Tashkilot Xodimlarining ish rejimini nazorat qilish tizimi..………17
2.1.Tashkilot Xodimlarining ish rejimi baza qismini shakllantirish….17
2.2.Baza jadvallarining bir biriga ulanishi…………..…………….….21
2.3.Formalar yaratish. Ma’lumotlarni formalar orqali to‘ldirish…......24
Xulosa…………………………………………………………………..…...27
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..…28
Ilovalar………………………………………………………………………29


Kirish
Insoniyat tarixining ko‘p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko‘rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o‘z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo‘ydi.
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug‘diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi
olijanob tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g‘oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurtimizning barcha sohalari qatorida axborot texnologiyalari sohasi ham tubdan o‘zgarib, rivojlanishga yuz tutdi. Hozirgi kunda yurtimizda biz yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Hozirgi texnika va texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonida inson faktoriga bo‘lgan talab kundan kunga kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi — zamonaviy texnologiyalarning inson og‘irini yengillatayotganligida.
Hozirgi kunda hayotimizning barcha jabhalariga texnik va texnologik qurilmalar, avtomatlashgan tizimlar, kompyuter texnologiyalari kirib kelib ulgirdi. Kimdir bu texnika va texnologiyalardan unumli vasamarali oydalanmoqda, unga yanada qo‘shimcha yangilik va qo‘shimchalar kiritmoqda, aksincha yana kimlardir ularni boricha o‘z holatida ishlatmoqda.
XXI asr — “Axborot asri”. Ushbu asrda texnika va texnologiyalar shu darajada rivojlanib kettiki, hatto inson aqli bovar qilmas dajaga yetib ulgirdi.
Hozirgi kunda juda ham ko‘plab yordamchi dasturlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mavjud. Bularning ichida foydalanuvchiga yordam beradigan va bevosita o‘zining dastur yaratishiga imkon beruvchi dasturlarni ham ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mavjud.
Mavzuning dolzarbligi: Axborotlashtirishning rivojlanishi natijasida onlayn tizimlar rivojlangani sari barcha tashkilot tizimlarining o‘sishida Xodimlar ish vaqtini nazorat qiluvchi tizimlar ta‘sirining o‘sishi bunga asoslangan dasturlarning potensial talabini yaratdi. Hozirgi kunda yurtimizda va butun dunyo davlatlarida onlinelashtirish yani raqamli texnologiyalarga o‘tish tashkilot bilan foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasi uchun ish rejim nazoratiga asoslangan dasturlar muhim rol o‘ynaydi. Millionlab odamlar har kuni o‘zlarining manfaatlari uchun shu kabi faol veb-saytlar rejimida o‘zaro ma‘lumot almashinishda bo‘lishadi. Ushbu dasturlarning tarmoq orqali ishlashi haqida bilish uchun avval bazalar bilan ishlash va formalar oynasi arxitekturasini tushunish kerak; texnik bo‘lmagan shaxs uning serverlari dasturlarining ahamiyatini tushuna olmaydi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin