Algoritmik tillar va dasturlash


Formalar yaratish. Ma’lumotlarni formalar orqali to‘ldirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə7/9
tarix06.07.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#128477
1   2   3   4   5   6   7   8   9
sarvinoz.kurs ishi. (4)

2.3.Formalar yaratish. Ma’lumotlarni formalar orqali to‘ldirish
Baza qismimiz Tayyor bo‘ldi. Endi Visual Studio 2012 da Windows Ilova yaratib, ushbu baza bilan ishlanadigan qilamiz.
Server Explorer qismidan new connection bilan access yordamida bazani ulaymiz(13-rasm). Bunda Connection Stringni olamiz. Bu bilan dastur kodida baza bilan ulanish uchun ishlatamiz.

13-rasm
Endilikda formalar yasaymiz.
Birinchi o‘rinda bu Login Parol bilan kabinetga kirish uchun hosil qilinadigan oyna.
Unda login va parolni kiritish uchun 2 ta textbox va bitta kirish tugmasi bo‘ladi. Ishlash sxemasi Foydalanuvchilar jadvalidagi hamma ma’lumotlar o‘qib kelinib, massivga saqlaymiz va textboxlarga kiritilgan login parollarni shu massiv ichidan qidirib tekshiramiz. Parol login to‘g‘ri bo‘lsa, Kabinet formasiga constructor orqali familya, ism, role lari jo‘natamiz.
Kabinetga kirilganda bizda yuqorida bolimlari bo‘yicha context menyu bo‘ladi. Har bo‘lim o‘ziga tegishli bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini chiqaradi.
Oynada yana qidirish uchun textbox va qidirish , tozalash tugmalari bo‘ladi. Qidirish tugmasi textbox dagi so‘z yordamida bazadan ma’lumot qidirib olib keladi. Tozalash esa ushbu qidirishni bekor qiladi.
Kabinetdas yana asosiysi CRUD bo‘ladi ya’ni Create Read Update Delete. Bunga mos tugmalar qo‘yiladi. Faqat Adminga ko‘rinadi bu tugmalar. Oddiy User bo‘lardan foydalana olmaydi.
Admin xodimlar(14-rasm)ni ro‘yxatga kiritadi, taxrirlaydi va o‘chiradi.
Ya`ni Admin bu Xodimlarni to‘liq boshqaradi. User Esa Faqat Ma’lumotlari ko`radi(15-rasm).
User qismi bu Xodimlar uchun beriladi. Har bir xodim bu orqali kirib o‘zini ma`lumotlarini qidirib ko`rish imkonyatiga ega bo‘ladi.

14-rasm

15-rasm


XULOSA
Men ushbu kurs ishim orqali MS Access va Visual Studio 2012 bo‘yicha ko‘plab yangi ma’lumotlarga, tajribalarga ega bo‘ldim. Mavjudlarini esa mustahkamlab oldim. MS Access ishlash davomida jadvallar yaratish, ularni bir biriga bog‘lash, so‘rovlar yaratish, formalar yaratishni o‘rgandim. Ayniqsa Formalar yordamida berilgan bazasini ma’lumotlar bilan to‘ldirish, ularni qayta ishlash, o‘chirish qulayligini va yuzaga keladigan xatoliklarni oldini olish uchun foydaliligini bilib oldim. Formalar xuddi OOP(Obyektga yo‘naltirilgan Dasturlash) kabi bo‘lib, har bir elementning o‘ziga xos parametrlari borligi, ular orqali ko‘plab qo‘shimcha vazifalar(ya’ni dizayn, ko‘rinish, joylashuvi va hk) orqali MS Accesda qilgan formalar xuddi maxsus ilovadek foydalansa bo‘lishini bilib oldim. VS Studioda mavjud bo‘lgan ko‘plab komponentalar haqida ma’lumotga ega bo‘ldim. Komponentalarning turlari, ularning vazifalari, formalarda yaratadigan qulayliklari haqida tushunchaga ega bo‘ldim va ko‘plab komponentalarni o‘z formamda tuzish davomida ishlatdim. Kurs ishini bajarish davomida dasturdagi ko‘plab komponentalar palitrasidan, komponentalardan foydalanishni o‘rgandim. O‘z formamni tayyorlash jarayonida dasturda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hatoliklar, hamda turli xildagi istisno holatlarni oldindan bilib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha kerakli chora tadbirlarni amalga oshirdim. Masalan formada biror tugmani joylagan paytim shu tugma vazifasini belgilovchi avtomatik ravishda chiquvchi oyna chiqmay qolish ehtimoli borligini aniqladim. Shunday holatlarda Formani qayta yangilab tugmani qayta joylab ko‘rish kerakligini bilib oldim.
Men bu holatlardan xulosalarim shuki, xatoliklar, bizga kerak bo‘lgan vazifalar ishlamay qolish va shunga o‘xshash holatlar har doim uchraydi, bu sabablar sizning ruhiyatingizga ta’sir qiladi. Lekin biz buni yengib o‘tishingiz kerak bo‘lar ekan. Kerak bo‘lsa tuzgan daturingiz ilovangiz butunlay ishlamay qolsa, buzilib qolgan taqdirda ham tushkunlikka tushmagan holda sabr bilan tartib intizom bilan harakatni davom etish kerak

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin