Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Paskal dasturning strukturasi, o`zgaruvchilarni tasvirlash, ta’minlash, kiritish va chiqarish operatorlarini o`rganish, tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda ishlatiladigan shartsiz o`tish, shartli o`tish va tanlash operatorlarning yozilishi va ishlashi to`g`risida ko`nikmalar hosil qilish, bu operatorlarni qo`llab chiziqli tarmoqlanuvchi jarayonli masalalarning dasturlarini tuzishni o`rganish.
Amaliy mashg’ulot natijasi : Paskal dasturning strukturasi, o`zgaruvchilarni tasvirlash, ta’minlash, kiritish va chiqarish operatorlarini o`rganish va ularni amaliy masalalarni echishga qo`llab chiziqli va tarmoqlanuvchi dasturlar tuzishni malakasiga ega bo’lish.
Amaliy ish rejasi rejasi: Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish
Mos variantidagi topshiriqni bajarish
Nazariy ma’lumotlar. Paskal tilidagi dastur tarkibi 2 asosiy qismdan iborat bo`ladi. Bular dastur sarlavhasi va dastur tanasi. Dastur tanasidan keyin nuqta qo`yiladi, bu nuqta dastur oxirini bildiradi. Dastur sarlavhasi dastur tanasidan nuqta vergul bilan ajratiladi:
::=; Paskal tili dasturi umumiy holda 6 bo`limdan iborat va ular aniqlangan ketma – ketlikda joylashgan bo`lishi shart: