Hayoti va ijodi Buyuk o`zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug`ilgan. Alisher Navoiy(asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) Otasi G`iyosiddin Bahodir Xuroson hukmdori Abulqosim Boburning yaqinlaridan, onasi Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. 4- yoshida maktabga borib, tez savod chiqargan. Bo`lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan tarbiyalangan. Tog`alari Mirsaid Kobuliy, Muhammad Ali G`aribiylar yetuk shoir edilar. Alisher Navoiy 10-12 yoshlaridan she`r yoza boshlagan.Alisher Navoiyning iste`dodidan mamnun bo`lgan mavlono Lutfiy, uning: Orazin yopqoch, ko`zimdin sochilur har lahza yosh, Bo`ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo`lg`ach quyosh matla`li g`azalini tinglab: ,,Agar muyassar bo`lsa edi, o`zimning o`n-o`n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g`azalga almashtirardim …’’ degan. Alisher Navoiyning bolaligi podshoh Shohruh davrida o`tgan, keyinchalik Abulqosim Bobur xizmatida bo`lgan. Abulqosim Bobur vafot etgach, Sulton Abu Said taxtni egallaydi, uning ta`qibidan Alisher Mashhadda yashashga majbur bo`ladi. Alisher Navoiy 1465-yildan 1469-yilning bahorigacha Samarqandda yashadi - Fazlilloh Abu Lays madrasasida o`qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi.
Alisher Navoiyning asarlari: Devonlari: Adabiyotshunos, olim,tazkirachi,lug`atshunos,tarixchi sifatida yozgan asarlari: - 1.Ilk Devon 1465-1466
- 2.Badoe ul-bidoya 1472-1476
- 3.Navodir un-nihoya 1476-1483
- 4.Xazoyin ul-maoniy 1490
- 5.Devoni Foniy
- ,,Xamsa’’ asari 1483-1485
- Nasoyim ul muhabbat
- Lison ut-tayr
- Munshaot
- Mahbub ul-qulub
- Tarixi mulki Ajam, Tarixi anbiyo va hukamo, Mezon ul-avzon , Majolis un-nafois ,Sab`atu abhur, Muhokamat ul-lug`atayn
1469-yilda Alisher Navoiy Hirotga qaytdi. Husayn Boyqaro uni muhrdorlik mansabiga tayinladi. 1472-yil Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni bosh vazir qilib tayinladi. Unga ,,Amiri kabir’’unvonini berdi. 1480-yillar davomida Alisher Navoiyning bunyodkorligi. Hirot va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta robot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 ta hamom, 9 ta ko`prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki ta`mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi Ixlosiya, Nizomiya , Marvdagi Xusraviya madrasalari, Shifoiya tibgohi, Qur`on tilovat qiluvchilarga mo`ljallangan ,,Dorul-huffoz’’ binosi bor. Saroy a`yonlari shoir va podshoh orasida nifoq solishga urinadilar.1487-yilda Husayn Boyqaro Navoiyni vazirlikdan bo`shatib Astrobotga hokim qilib tayinlaydi. Navoiy hokimlik qilgan 2 yil davomida Astrabod shahri obodonlashib, qo`shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlar o`rnatildi, savdo ishlari yo`lga qo`yildi. Alisher Navoiy ko`p shoir,sozanda va rassomlarga homiylik qilgan. Suhayliy,Osafaiy,Binoiy… Noiy, Udiy,G`ijjakiy… Alisher Navoiy va uning ilhom parisi Alisher va Guli… Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro` kelmadi… Alisher Navoiy 1483-1485 yillar ,,Xamsa’’ asarini yaratgan. 1.Hayrat ul-abror 2.Farhod va Shirin 4.Sab`ai sayyor 5.Saddi Iskandariy Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning ,,Xamsa’’ asarini yuksak baholab, unga jilovdorlik qilgan. Hirot ko`chalarini aylantirgan. Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan. Butun Hirot xalqi o`zining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqqan va 7 kun davomida motam tutgan. Alisher Navoiyga Moskva va Boku shaharlarida haykal o`rnatilgan. Alisher Navoiy merosining hajmi 100 ming baytdan iboratdir. Alisher Navoiy o`zbek tilining asoschisi. U boy she`riy, nasriy va ilmiy meros qoldirgan bo`lib, o`zbek adabiyotini jahon yuksakligiga ko`tardi. Alisher Navoiyga Tokio shahrida haykal o`rnatilgan. Alisher Navoiy- komil inson
Dostları ilə paylaş: |