1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug‘ildi. Bu sana hijriy 844 -ramazon oyining 17- kunida bo‘lib, tovuq yiliga to‘g‘ri keladi. (“Makorim ul-axloq”)
1445-yil maktabga boradi va shahzoda Husayn bilan birga o‘qiydi.
1447-yil Shohruh Mirzo vafot etadi va Alisherlar oilasi Iroqqa ko‘chadi. Alisher Taft shahrida Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi, ulug‘ olim yosh Alisherni duo qiladi.
1451-yil taxtga Abulqosim Bobur chiqadi va G‘iyosiddin oilasini Hirotga olib qaytadi
1452-yilda Abulqosim Bobur G‘iyosiddin Kichkinani Sabzavorga hokim qilib tayinlaydi, Alisher Sabzavorda tahsilni davom ettiradi.
1453-yil Alisher do‘sti Husayn bilan Abulqosim Bobur xizmatiga kiradi.
1457-yil Abulqosim Bobur vafot etadi. Abu Sa’id taxtga chiqadi. Husayn taxt uchun kurashga kirishib ketadi, Alisher Mashhadda o‘qishni davom ettiradi, shu davrda Lutfiy va Kamol Turbatiylar bilan uchrashadi.