XV asrning 60-yillarida tog‘alari Mirsaid Kobuliy va G‘aribiylar jangda halok bo‘lgan edi. Shoir Xurosondan Samarqandga yo‘l oladi.
1465-69-yillarda Navoiy Samarqandda yashab, ilm oladi. Dastlabki qiyinchiliklardan keyin yosh shoirga shahar hokimi Ahmad Hojibek homiylik qiladi, Xoja Abullays Fazlullohdan fiqh ilmini o‘rganadi, ilm va she’r ahli suhbatida bo‘ladi.
1465-66-yillarda Mashhadda Navoiyning muxlislari uning she’rlarini to‘plab, devon tuzadilar. Uni Sultonali Mashhadiy ko‘chiradi. Bu devon bugungi kunda “Ilk devon” nomi bilan mashhur.