13. Navoiy qaysi asarida eski o’zbek tilini “nazm gulistonining andalibi nag’masaroyi” sifatida e’tirof etadi? – “Muhokamat ul-lug’atayn” 14. Navoiy qaysi asaridagi fikrlarini qiyosn usulda bayon etadi? – “Muhokamat ul-lug’tayn”. 15. “Bu xalq orasida paydo bo’lg’on tab’ ahli salohiyat va tab’larin o’z tillari turg’och o’zga til bila zohir qilmas erdi”? Qaysi
asarida? - “Muhokamat ul-lug’tayn”. 16. Navoiy qaysi asaida Husayn Boyqaroning turkiy tilga alohida e’tibor bergani, uning rivojini ko’zda tutib maxsus farmonlar
chiqarganini ham aytib o’tadi? – “Muhokamat ul-lug’atayn”. 17. Navoiyning qaysi asari arab tilinign izohli lug’ati? - “Sab’at abhur”. 18 . Navoiyning qaysi kitobi payg’ambarlar tarixi Odam Atodan boshlab yoritilgan? – “Tarixi anbiyo va hukamo” 19. “Tarixi va anbiyo hukamo” asarining ikkinchi qismi va uchunchi qismi nima haqida? – 2-qismi: obidlar; 3- qismi: hakimlar haqida. 20. Navoiy qaysi asarida “Podshoh ulug’ rud (daryo)ga o’xshatiladi va izdoshlari ariqqa o’xshatiladi”? - “Tarixi mulki ajam” 21. “Umr qisqadur, ish uzun. Oqil uldurkim, bu qisqa umrni bir nimaga sarf qilgaykim, zaruratroqdur, ya’ni oxirat
maslahati va Tengri taolo rizosi”. “Tarixi mulki ajam” asaridan olingan jumla muallifi kim? – Buqrot hakim 22. Navoiyning diniy mavzudagi asarlari? - “Siroj ul-muslimin”(Musulmonlik chirog’i), “Arba’in”(Qirq hadis), “Munojot” (tavba-tazarru). 23. Navoiyning tasavvuf tarixiga bag’ishlangan asari? - “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” 24. Navoiynng qaysi asari Jomiyning “Nafahot ul-uns” asari asosida yozilgan? – “Nasoyim ul muhabbat”. 25. “Har bir narsaning zangi bo’ladi, qalb nurining zangi esa, to’yib ovqatlanishdir”. Fikr muallifi ? – Abu Sulaymon Doroniy