38. Qit’a shakliga ko’ra qaysi janrga yqanin turadi?
– g’azalga
39. Qit’aning qofiyalanish tartibini ayting?
– a: a. d : a, e: a, f : a …
40. Qit’aning eng kichik shakli necha baytdan iborat bo’ladi?
– Ikki baytdan iborat bo’ladi.
41. Qaysi she’riy janrga qat’iy vazn belgilab qo’yilmagan? –
Qit’a
42. “Dengiz qirg’og’ida bo’la turib, og’iz ochish uchun lozim bo’ladigan suvni
toppishga intilayotgan, shu miqdordagi
suvni
toppish ilinjida ayni mana shu yerdan quduq qaziyotgan odam timsoli” qaysi ijodkor asarida uchraydi?
Navoiy. “Haq taolo
in’omi-yu karami…” qit’asida.
43. “musallam” so’zining ma’nosi nima?
– “Qarshilik qilmay, inkor etmay ma’qullagan”.
44. “Juz” so’zining ma’nosi ?
“Juz” – “bo’lak”, “boshqa”.
45. “Da’b” so’zining ma’nosi?
- “odat”, “qiliq”, “xislat” .
46, “Minnat himmatni yo’q qiladi” fikr muallifi kim?
- Beruniy
47. Qaysi ijodkor o’z she’rlarini “
durri maknun”(yashirin dur, yaxshi saqlangan dur)ga o’zshatadi?
A.Navoiy
48. “Funun ul-balog’a
” asarining muallifi kim? –
Ahmad Taroziy
49. Navoiyning “Xazoyin ul-ma’oniy”da she’riy janrlarning necha xili mavjud? –
16 ta xili.
50. “Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi” hadisi ucun yozilgan farzand ato qullug’in chu odat qilg’ay, Ul odat ila kasbi
saodat qilg’ay“ bayti qaysi janrda?
– ruboiy