7
1. Istiqlol davri adabiy jarayonidagi poetik o’zgarishlar haqda so’z
yuritish;
2. Davr adabiyotining turfa xil ohanglarda
yuzaga chiqish sabablarini
istiqlol davri tufayli yuksalib borayotganligini badiiy talqindagi
o’zgarishlar bilan asoslash;
3. Mafkuradan holi bo’lgan badiiy adabiyotning o’zgarishida jahon
adabiyotidagi yetakchi tamoyillarning ta’siri mavjudligini
badiiyatdagi o’zgarishlar bilan qiyoslash;
4. Istiqlol adabiyotida inson botininy olamidagi falsafiy – psixologik
tahlillarning kuchayib borishi natijasida, shaxsning o’zligini
anglash yo’lidagi murakkab qirralarini ifodolovchi obrazlar
galereyasini tahlili misolida ko’rsatib berish;
5. Mohiyatan o’zgarib borayotgan badiiy adabiyot haqida so’z
yuritilgan adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyotini o’rganish;
6. Talqinlar va qarashlarning turfa xilligi badiiy adabiyotdagi
o’zgarishlar bilan bir qatorda istiqlol yuzaga chiqargan so’z
erkinligi insonni marifatli, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida
tarbiyalashdagi o’rnini
asoslashdan iborat;
7. Badiiy tafakkur samaralari hamma davrlarda millat ma’naviyatini
yuksaltirishga xizmat qilganligini asoslash bilan bir qatorda,
jamiyatdagi ezgulik, adolat, go’zallik singari bashariy
qadriyatlarga tayangan gumanistik prinsiplarni qaror topib
borayotganligini hozirgi adabiy jarayondagi badiiy asarlar bilan
ko’rsatib berish;
8. Insonparvarlik,
vatanparvarlik,
millatsevarlik
g’oyalarini
shakllantirish singari tushunchalarni badiiyat mezonlari asosida
tahlil qilishdan iborat. Shu ma’noda badiiy asarlarning shaxs va
jamiyat ma’naviy kamolotida tutgan o’rni
va ahamiyatiga munosib
baho berish, yaratilajak asarlarning barkamol saviyada bo’lishini
ta’minlash kabi vazifalar adabiyotshunoslik oldida hamisha
ko’ndalang turadi. O’zbek adabiyotshunosligi insonning
ma’anaviy-intellektual saviyasini yuksaltirishga qaratilgan o’z
ma’sul vazifasini munosib ado etishga intilib kelayotganligini
ko’rsatishdan iboratdir.
Adabiyotshunos N. Rahimjonov istiqlol davr adabiyoti va adabiy
jarayoni haqida so’z yuritib quyidagi tushunchalarni qayd qilgan: “Istiqlol
davri adabiy jarayoni bir necha ming yillik Sharq madaniyati, mumtoz
adabiyotimiz taraqqiyotining tarkibiy qismi, turkiy ulus ma’naviyatining
9
Haqiqatan, adabiyot va davr munosabatini to’g’ri aniqlash oson bo’lmaydi.
Chunki davr – vaqt deb atalmish adabiy hodisaning o’tkinchi bir bo’lagi,
adabiyot esa ana shu o’tkinchi lahzalarni abadiytaga muhrlashni da’vo
qiladigan san’at turidir”.
9
Qayd qilingan tushunchalarda ham adabiyotshunoslik tarkibidagi
o’ziga xos o’zgarishlar, badiiy adabiyotga, adabiy jarayonga munosabat
bildirishda turfa xil qarashlarning mavjudligi e’tirof etilmoqda. Istiqlol
adabiy jarayoni va tanqidchiligi yuqorida qayd qilinganidek turfa xil
ohanglarda talqin etilganidek, turlicha adabiy – tanqidiy qarashlarni ham
shakllantirdi.
Dostları ilə paylaş: