Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

 
GLOSSARIY 
Mulohaza - faqat chin yoki yolg‘on qiymat qabul qila oladigan darak gapga 
aytiladi. 
O‘zgaruvchi mulohazalar - mulohazalar algebrasida konkret mulohazalargina 
emas, balki har qanday, istalgan mulohazalardir.
Chin (absoiyut) va (yolg‘on) mulohazalar - shunday mulohazalar ham borki, 
ular hamma vaqt mumkin bo‘lgan holatlarda chin yoki yolg‘on qiymat qabul 
qiladilar.
 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar: mulohaza, mulohazalar mantig‘i, 
mulohazalar algebrasi, chin (absoiyut) va (yolg‘on) mulohazalar, chin qiymat, 
yolg‘on qiymat, qiymatlar satri, o‘zgaruvchi mulohazalar. 
 
Muhokama uchun savollar. 
1. Matematik mantiq deganda nimani tushunasiz? 
2. Matematik mantiq elementlari haqida gapiring. 
3. Mulohazalar deganda nimani tushunasiz? 
4. Mulohazalar algebrasi bo‘limi nimani o‘rganadi va tekshirish obekti haqida 
so‘zlang.
5. Absolut chin (yolg‘on) mulohazalar nima? 
6. O‘zgaruvchan mulohazalar haqida gapirib bering. 
7. Qiymatlar satri nima? 
Topshiriqlar: 
1-mashq. Namuna: O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat (chih mulohaza) 
Quyidagi gaplarning qaysi biri mulohaza bo‘la oladi: 
Ikki karra ikki besh. Samarqand olloh nazari tushgan yurt. Toshkent non 
shahri. Quyosh yer atrofida aylanadi. Oy - Mars planetasining yo‘ldoshi. Olim bo‘lish 
oson, odam bo‘lish qiyin. 
2-mashq. Quyidagi implikasiyalarning qaysi biri chin bo‘ladi: 
agar 2·2=4 bo‘lsa, u holda 2<3; 
agar 2·2=4 bo‘lsa, u holda 2>3. 
Eng ma’qul talqinni tanlang. 
1. Mantiq so‘zining ma’nosi keltirilgan qatorni belgilang. 
a) fikr, so‘z, aql, qonuniyat 
b) hukm 
c) logika 
d) mulohaza 


19 
2. Mantiq ilmining o‘rganish obyekti keltirilgan qatorni belgilang. 
a) tafakkur 
b) hukm 
c) logika 
d) mulohaza 
3. Mantiq fani nimani o‘rganadi? 
a) muhokama yuritishning qonun-qoidalari, usullari va shakllari haqidagi fan 
bo‘lib, uning asoschisi qadimgi grek olimi Aristotel hisoblanadi.
b) hamma vaqt mumkin bo‘lgan holatlarda chin yoki yolg‘on qiymat qabul 
qiladi 
c) deduksiya nazariyasini, ya’ni mantiqiy xulosa chiqarishning formal 
xarakterga ega ekanligini ko‘rsatdi 
d) faqat chin yoki yolg‘on qiymat qabul qila oladigan darak gap 
4. Faqat chin yoki yolg‘on qiymat qabul qila oladigan darak gap……..deyiladi. 
a) mulohaza 
b) hukm 
c) funksiya 
d) diz’yunksiya 
5. Hamma vaqt mumkin bo‘lgan holatlarda chin yoki yolg‘on qiymat qabul 
qiladi…… 
a) inkor amali 
b) hukm 
c) chin va yolg‘on mulohazalar 
d) diz’yunksiya 
6. Matematik mantiqning mulohazalar algebrasi bo‘limining asosiy tekshirish 
ob'ekti ……… 
a) gaplar 
b) so‘zlar 
c) mulohazalar 
d) fikr

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin