Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Matnni katta hajmdagi matn (gipertekst) darajasida tasavvur etish –



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

Matnni katta hajmdagi matn (gipertekst) darajasida tasavvur etish – KL yana 
bir asosiy yo‘nalishlardan biri gipermatn sistemasini tashkil etish sanaladi.
Gipertekst yunoncha “hyper” – “ostida, orqasida, ortida” ma’nolarini anglatuvchi old 
qo‘shimcha hamda lotincha “tekst” - “to‘qima” ma’nosini anglatuvchi so‘zlardan 
olingan. Ilk bor prezident F.Ruzveltning ilmiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi 
Vannevar Bush tomonidan «MEMEKS» nomli texnik sistema loyihasi ishlab 
chiqildi. 
Ushbu 
loyihani 
kompyuter 
yo‘qligi 
uchun 
qo‘llash 
ancha 


62 
tushunmovchiliklarga olib keldi. 1960 yillarda T.Nelson loyihani qayta ishlab chiqib 
«KSANADU» nomi bilan kompyuter texnikasida qo‘llay boshladi. 
KLsida gipermatn sistemasi grafik sifatida bo‘lib, har bir nuqtada bir matn yoki 
parcha, tasvir, jadval, videorolik va boshqalar joylashtiriladi. Sistemadagi matnlar bir 
yoki ikki yo‘nalishda bo‘lib, ular «zanjir» holatda uzviy bog‘liq holda bo‘ladi. 
Foydalanuvchi o‘zining ehtiyojiga ko‘ra gipermatndan foydalanadi. Gipermatn 
sistemasida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tish uchun mavzu bo‘yicha tayanch 
tushunchalar keltirilishi kerak. Tayanch tushunchalar kiritilishi bilan gipermatn 
mavzusi o‘zgaradi. Gipermatn sistemasidagi axborotlar matniy axborot ham, matnsiz 
axborot ham bo‘lish mumkin. Gipermatn sistemasi tarkibiga multimedia, 
gipermedialar ham kiradi. 
Gipermatn texnologiyasi matniy manbaning mashinada tashkil etishga 
asoslangan 
bo‘lib, 
bunda 
leksik 
birliklar 
bir 
chiziqli 
ketma-ketlikda 
joylashtirilmagan, balki aniq bilimlar asosida biror sohaga taalluqli birliklar va ular 
o‘rtasidagi munosabatlar inobatga olingan. Yetarli darajada olingan manba va 
birliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘ta murakkab gipermatn kengligini yuzaga keltiradi. 
Gipermatn kengligi o‘ziga xos semantik zanjir shaklida ma’lum bir fan sohasini aks 
ettiradi. Gipermatnning oliy shakli World Wide Web (Xalqaro o‘rgamchak turi) 
sanaladi. U turli kompyuterlardagi millionlab axborotlarni giperaloqalar bilan yagona 
axborot maydoniga birlashtiradi. Gipermatn strukturasiga ko‘ra ierarxik (pog‘onali) 
va tarmoqli bo‘lishi mumkin. Daraxt ko‘rinishidagi ierarxik gipertekstlar 
foydalanuvchining navigatsiya (uzellar bo‘ylab bir qismdan ikkinchi qismga o‘tish) 
imkoniyatini cheklaydi, gipermatn texnologiyasining barcha imkoniyatlarini yuzaga 
chiqarmaydi. Bunday gipermatn texnologiyasining barcha komponentlar o‘rtasidagi
aloqalar jins-tur munosabatiga asoslangan tezaurus strukturasini eslatadi. Tarmoqli 
gipermatn esa birmuncha keng tarqalgan va imkoniyati kengroq tizim hisoblanadi, u 
jins-tur munosabatidan tashqari boshqa assotsiativ munosabatlarni ham o‘z ichiga 
oladi. Shuning uchun tarmoqli gipermatnlar Internet tizimida faol ishlatiladi. 
Gipermatn ikki xil holatda bo‘lishi mumkin: statik va dinamik. 
Statik gipermatn – oldindan tayyorlangan va saqlangan bo‘lib, ular turg‘un 
holatda bo‘ladi. Masalan, gipertekst texnologiyasi asosida Dga yozilgan kitoblar.
Dinamik gipermatn – murakkab va tizimli bog‘lanishlarga tayangan bo‘lib, 
ko‘proq tarmoq tizimida ishlaydi. Masalan, Arizona axborot tizimi bazasiga har oyda 
300-500 referat ko‘rinishida ma’lumotlar kiritib turiladi.  
Hozirgi kunda texnik vositalarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi natijasida 
gipermatnlarni kengaytirish gipermedia – informatsion – supermuhit yaratish 
asoslarini ishlab chiqish muammolari ko‘tarilmoqda. Gipermedia sistemasida nafaqat 
supermatnlar, balki nutqiy, grafik, hid sezish, ta’m bilish sezgilariga ta’sir etuvchi 
dasturlar yaratilmoqda. Gipermedia sistemasi insonning bilimlarini qayta 
tashkillashtirish jarayonini informatsion texnologiyalar bilan birga yaxlit holga 
keltirish orqali gipermedia sistemasida inson va mashina o‘rtasidagi semantik 
kenglikni 
qisqartirish 
(kamaytirish), 
informatizatsiyaning 
imkoniyatlarini 
kengaytirish, mashinalarning kognitivligini oshirish kabi masalalar ishlab 
chiqilmoqda. Gipermediatexnologiyalar mashina sivilizatsiyasiga olib boruvchi yo‘l 
sanaladi. 


63 
O‘zbek tilining gipermatni deganda, nochiziq shakldagi axborotlar tizimini yangi 
informatsion texnologiyalar orqali tahlil qilish (keng ma’noda so‘zning qayta 
ishlanishi), matniy, lug‘aviy, grafik, audio, video, animatsiyali va boshqa 
leksikografik manbalarni tahlil qilish tushuniladi. Bundan tashqari, turli matn va 
o‘zbek tilining turli tipdagi lug‘atlarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. O‘zbek tilining 
gipermatni – ochiq tizim – ya’ni Internetdagi O‘zbek tilining Kompyuter Fondini 
tashkil etadi.
Matnlar kompyuter xotirasida tizimlashtirilgan (uslub, janr, tuzilish shakliga 
ko‘ra) bo‘lib, axborotni topishda foydalanuvchi qiynalmaydi. Tizimlashtirish 
quyidagicha amalga oshirilgan:

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin