76
uchun sarf qilingan xarajatlarga nisbatan o‘zini oqlamaydi. Kutubxona EK
yaratishdagi yangi masala sifatida bibliografik yozuv va sahifalarning faksimil tasviri
birgalikda qo‘shilgan kutubxona jamlamasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi tashkil
qilishni kiritish mumkin. Bu kabi ma’lumotlar bazasi bibliografik yozuvlarni
klaviatura orqali kiritish va nashr, gazeta va rasmlar tasvirini skanerlash yo‘li bilan
tashkil qilinadi. Bu sanab o‘tilgan vazifalar operativ bajarilishni talab etadi.
Respublikamiz kutubxonalari bu vazifalarni bajarishlari uchun bir qator
muammolarga duch keladi. Birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo‘lgan
muammolar sifatida quyidagi muammolarni keltirish mumkin:
-Respublikamiz kutubxonalari uchun yagona kataloglashtirish qoidalari ishlab
chiqilishi yoki boshqa davlatlar tomonidan ishlab chiqilganini qabul qilinishi;
-Elektron
katalogning
lingvistikasi
hisoblanuvchi
bibliografik
yozuv
elementlarini tasvirlash formati va mavzu bo‘yicha qidirish uchun axborot qidiruv tili
yaratilishi;
-Elektron katalog yaratish uchun dasturiy ta’minot yaratish yoki mavjud dasturiy
ta’minotlar orasidan keraklisini tanlash;
-EK shakllantirishni operativ amalga oshirish maqsadida kutubxonalar
korporatsiyalari va assotsiatsiyalari tashkil qilish.
Respublika kutubxonalari uchun yagona kataloglashtirish qoidasining paydo
bo‘lishi EKning lingvistikasi uchun me’yoriy-huquqiy asos hisoblanadi. EKning
lingvistikasi esa har xil kutubxonalar tomonidan yaratilayotgan kataloglarning bir
xilligini ta’minlaydi. Bu esa kutubxonalarning hamkorlikda EK yaratishlari va
ma’lumotlar bazalarini ayirboshlashlariga imkoniyat yaratadi. EK lingvistikasi
yaratilayotganda jahon tajribasi inobatga olinishi talab etiladi, ya’ni tasvirlanayotgan
bibliografik yozuvlar xalqaro kommunikativ formatlar talablariga javob berishi talab
etiladi. EK yaratish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lganligi sababli, har bir
kutubxona o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda, xalqaro kommunikativ formatlar
talablariga javob beradigan dasturiy ta’minot sotib olishi va EK shakllantirishni
boshlashi lozim. Kutubxonalar o‘z faoliyat doiralariga ko‘ra korporatsiyalar va
assotsiatsiyalarga birlashib, hamkorlikda ishlash yo‘larini izlashlari maqsadga
muvafiqdir. EKlar yaratishning keyingi bosqichida avtoritet yozuvlar tashkil qilish,
mualliflik belgisi, to‘la matnli ma’lumotlar bazasi yaratish muammolarini hal qilish
lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: