80
Baliq suv bilan tirik, Odam el bilan. Begona tuproq devona tuproq. Betkay
ketar bel qolar, Beklar ketar el qolar. Birovning yurtida bek bo‘lguncha, O‘zingning
yurtingda it bo‘l. Bulbul сhamanni sevar, Odam Vatanni. Bulbulga bog‘ yaxshi,
Kaklikka tog‘. Vatan gadosi kafan gadosi. Vatan uchun o‘lmoq ham sharaf. Vatan
qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmas. Vatanga kelgan imonga kelar. Vatanga falokat
o‘zingga halokat. Vatangado bo‘lguncha, Kafangado bo‘l. Vatandan yiroqlashgan
nomusdan o‘lar. Vatani borning baxti bor. Mehnati borning taxti. Vataning tinch sen
tinch. Vatanni sotgan er bo‘lmas. Vatanning vayronasi, Umrning g‘amxonasi
(O‘zbek xalq maqollari).
2-mashq. Jomiy kutubxonasining veb-saytini yaratish uchun ma’lumotlar.
3-mashq. Quyidagi gaplarni nazariy to‘plamlik belgilarini aniqlash metodi
asosida tahlil qiling. Namuna: Soch I MI=1+2+3+4. 1)odamning bosh qismidagi
tuki; 2)go‘zallik belgisi; 3) so‘z yasalishi, o‘zgarishi uchun asos. SochII
MII=1+2+3. 1)harakat belgisi; 2)gorizontal harakat belgisi; 3)so‘z yasalishi uchun
asos.
Tut, tuz, yoz, oy, shox, olma, o‘t, och, ot, dam, dim.
Jiyranqush ham shunday ot (Rav.8). Otim Larzon, o‘zim dilbar (О.27). Qo‘lingdan
kelgancha chiqar yaxshi ot! Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib
ol, yolg‘izim, Yolgiz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot! (Rav.15). maysalarning
changini chqarib, tuprog‘ini osmonga sovurib borayotir (A.33). Lochinning changida
ajdar o‘lgandi (Rus.416). Yolg‘iz otda chang bo‘mas, Chang bo‘sa ham dong bo‘mas
(Rav.81).
Dostları ilə paylaş: