37
3. Formulalarni tuzishning barcha qoidalari berilgan bo‘lishi kerak. Bunga misol
qilib tushunchalardan gap hosil qilish qoidalarini ko‘rsatish mumkin.
4. Xulosa chiqarish qoidalarining barchasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu
qo‘llaniladigan belgilarning (so‘z, gap, simvollar) grafik usul bilan ifodalanishiga
tegishlidir.
5. Qo‘llaniladigan belgilarning ma’nosini talqin qilish qoidalari ko‘rsatilgan
bo‘lishi kerak.
Formallashgan tilga ega ekan, mantiq chin fikrni ifoda qiluvchi bir formula
yordamida xuddi shunday chin fikrni ifoda qiluvchi boshqa formulani keltirib chiqara
oladi. Bunda berilgan fikrning aniq mazmuni e’tiborga olinmaydi.
Formallashgan tilning yana bir ustunligi shundaki,
mantiqiy xulosa chiqarishda
ko‘zda tutilmagan asoslarning qatnashib qolishi mumkin emas. Matematika va
mantiqning ko‘p masalalari faqat mana shu yo‘l bilan yechilishi mumkin. Nihoyat,
bir sohada yaratilgan formallashgan tildan boshqa bir sohaga oid masalalarni
yechishda foydalanish mumkin. Masalan, mantiqda sinflar bilan bo‘ladigan amallarda
matematika tilidan (qo‘shish, ko‘paytirish, to‘ldirish kabi atamalardan hamda ularni
ifoda qiluvchi belgilardan) fikr tuzilishini ifoda qilish uchun foydalanish mumkin.
Bunda, albatta foydalanilayotgan belgilarga maxsus ma’no beriladi.
Formallashgan tilning kamchiligi esa shundaki, u tabiiy tilga qaraganda obyektni
yuzaki holda ifoda qiladi. Hozirgi davrda mavjud formallashgan tillar borliqning va
bilishning juda kam sohalarini qamrab olgan.
Bilishning qaysi sohalarida
formallashgan tilni yaratish mumkinligini oldindan aytish qiyin. Shuningdek,
formallashgan til empirik tadqiqotlarning o‘rnini bosa olmaydi. Ana shuning uchun
ham ilmiy til formallashgan tildan foydalanish bilan chegaralanib qolishi mumkin
emas. Shunga qaramasdan formallashgan til hozirgi paytda ilmiy bilishda va amaliy
hayotda muhim ahamiyatga ega. U ayniqsa fikrning tuzilishini o‘rganishga, uning
mantiqiy qiymatini, ya’ni chin yoki xatoligini aniqlashga qulay sharoit yaratadi.
Shuning uchun mantiqning formallashgan tilini yaratishga va uni chuqurroq
o‘rganishga qiziqish katta.
Predekatlar mantig‘i asosida tildagi barcha so‘zlarni formallashtiriladi . Bunda
ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishi inobatga olinadi. Bunday
formallashtirish ayniqsa mashina tarjimasi, avtomatik tahlil
kabi qator sohalarning
rivoji uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Morfologiya – tabiiy til sistemasining bir qismi bo‘lib, so‘z shakllarining
yasalishi va tushunilishini ta’minlaydi. Ammo tabiiy til bilan mashina tili o‘rtasidagi
ayrim nomutanosibliklar mavjud bo‘lib, bu ayrim muammolarni keltirib chiqaradi:
1) so‘z shakli chegarasida turli tillarda turlicha qo‘llangan ayrim ma’no
ottenkalarini ro‘yxatga olish va tadqiq qilish;
2) so‘z shakli chegarasida turli tillarda qo‘llangan u yoki bu ma’noni
ro‘yxatga olish va tadqiq qilish usullarini aniqlash;
3) so‘z shakli va so‘z shaklining qismlari o‘rtasidagi formal ma’noviy
munosabatlarni ro‘yxatga olish va tadqiq qilish;
4) morfologik tiplarning qoidalarini aniqlash, so‘z shakllarining morfologik
bo‘linish qonuniyatlarini belgilash, xususiy morfologik
modellarning yaratilishi
orqali umumiy morfologik model nazariyasini ishlab chiqish.
38
So‘z – tilning asosiy struktur-semantik birligidir. U predmet, jarayon,
xususiyatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. So‘z morfemalardan tarkib topib,
gapning shakllanishiga manba bo‘ladi va mustaqilligi, erkin qayta qo‘llanishi bilan
farqlanadi. So‘z o‘zida leksik-grammatik ma’nolarni jamlaydi va biror so‘z
turkumiga
xos
bo‘ladi.
So‘zda
insonning
bilish
faoliyatining
natijalari
mujassamlashadi. So‘zsiz tushunchalarning tasavvur etish, ifodalash, uzatish mumkin
emas. So‘zlar nutqda berilgan ob’ektlarning umumiy
guruhini yoki xususiy
guruhlarini ifoda etadi.
So‘zshakli – so‘zning aniq grammatik shaklga ega bo‘lgan ko‘rinishi.
So‘z o‘zgarishi – har bir so‘zning (o‘zgarmaydigan so‘zlardan tashqari) o‘z
yasalish paradigmasi. So‘zning o‘zgarishi uning leksik ma’nosiga hech qanday ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Mashina tahlil qilish jarayonida, asosan, so‘z shakli bilan ish yuritadi.
Dostları ilə paylaş: