52
2. Lug‘at tuzishda leksemalarga kompyuter
yordamida ishlov berish
muammolari.
3. Kompyuter lug‘atlarida yasama so‘zlarni berish tamoyillari.
Ma’lumki, tevarak-atrofda ma’lumot, axborot ko‘p. Inson uchun bu
ma’lumotlarning barchasini to‘plashi va o‘z xotirasiga saqlashi juda mushkul ish.
Shunga ko‘ra inson o‘ziga kerakli bo‘lgan axborotlarni yig‘ish va ularga ishlov
berishning yo‘llarini qidirishga intiladi. Kompyuter qurilmalari bu sohada insonga
katta yordam bermoqda. Hozirgi vaqtda kompyuter
yordamida tilshunos olimlar
so‘zlarni bir joyga to‘plash, ularga qayta ishlov berish shu asosda turli xil lug‘atlar,
rubrikatrlar, glossariylar, so‘zlashgichlar tuzmoqdalar. Umuman atamalarning
to‘plash va ularga qayta ishlov berish jarayonida kelib chiqqan katta amaliy ehtiyoj
tilshunoslikda kompyuter texnologiyasidan kengroq
foydalanish imkoniyatlarini
vujudga keltirmoqda.
Tilshunoslikda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ehtiyoji asosan
quyidagi maqsadlarda yuzaga keldi:
a) lug‘atshunoslik ishlarini avtomatlashtirish va ixchamlashtirish;
b) bibliografik ma’lumotlarni avtomatik yo‘l bilan qidirish va ularga qayta ishlov
berish va hokozo.
Kompyuter lingvistikasining ana shunday yo‘nalishlaridan biri kompyuter
leksikografiyasi
hisoblanib, unda lug‘atlarni tuzish va qo‘llash o‘rganiladi. Maxsus
dasturlar asosida ma’lumotlar bazasidan, kompyuter kartotekasidan, gipermantdan
so‘zlik maqolalari, lug‘atlar tuziladi. Kompyuter leksikografik
dasturi ikki qismidan
iborat: leksikografik ishlarni qo‘llash dasturi; turli tipdagi avtomatik lug‘at va
leksikografik ma’lumotlar bazasi.
Leksikografiya (grek. lexikos – lug‘at, graho - yozaman) – tilshunoslikning
lug‘at tuzish ishi va uning nazariy masalallari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim.
Avtomatik lug‘at yaratishda ham leksikografiya qoidalariga amal qilinadi. Lug‘atlar
ikki xil bo‘ladi: 1) qomusiy, 2) filologik.
Filologik lug‘atlar ham o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: 1) ko‘p tili lug‘atlar; 2) bir
tili lug‘atlar.
Ko‘p tili lug‘atlar, asosan, tarjima lug‘atlar sanaladi. Bir tili lug‘atlar
quyidagilar: 1) biror tilning barcha so‘zlarining jamlangan lug‘atlari, ya’ni
tezauruslar (grek. thesaurus – xazina, saqlaydigan joy); 2) izohli lug‘atlar; 3) shevalar
lug‘ati; 4) yozuvchi, adiblar tilining lug‘ati; 5) asarlar tilining lug‘ati; 6) tarixiy
so‘zlar lug‘ati; 7) etiomologik lug‘at; 8) sinonimlar lug‘ati; 9) frazeologik lug‘at; 10)
noto‘g‘ri so‘zlar lug‘ati (adabiy
tildan chetlashgan, noto‘g‘ri talaffuz qilingan yoki
yozilgan so‘zlar); 11) chet so‘zlar lug‘ati; 12) orfografik lug‘at; 13) orfoepik lug‘at;
14) so‘z yasalishi lug‘ati; 15) chappa lug‘at; 16) chastotali lug‘at; 17) qisqartma
so‘zlar lug‘ati; 18) jargon so‘zlar lug‘ati.
Tabiiy lug‘atlardan farqli o‘laroq, kompyuter lug‘atlar foydalanuvchilar uchun
kompyuter dasturlarini yaratishda qo‘llaniladi. Elektron lo‘g‘at — lo‘g‘atning
electron ko‘rinishi.
Electron lug‘tlarning bugungi kunda quyidagi turlari mavjud:
Free On-line Dictionary of Computing; FreeDict; Jargon file; WordNet [pravit];
53
MultiLeks — MultiLeks —
rus-ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, portugal va
ko‘p tili lug‘atlar. Bunday lug‘atlarga izohli, ixtisoslashgan leksikani tarjima qilish
uchun yaratilgan mavzuviy lug‘atlar kiradi. Bu tip lug‘atlar turli kompyuter
dasturlarini yaratishga, foydalanuvchilarning ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: