Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy filologiya fakulteti 5A120701- matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi 2-kurs magistranti Nuriddinov Yo’ldoshbek Ibrohim o’g’liningilmiy



Yüklə 11,46 Kb.
tarix02.10.2022
ölçüsü11,46 Kb.
#118071
dessertatsiya bo\'yicha


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy filologiya fakulteti 5A120701- Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi 2-kurs magistranti Nuriddinov Yo’ldoshbek Ibrohim o’g’liningilmiy tadqiqotchilik, ilmiy pedagogik faoliyati hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha 2021-yil 3-semestr uchun
YARIM YILLIK HISOBOTI
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini ilmiy qiziqishlarimdan kelib chiqib tanladim. Matbuotdagi davriy nashrlar muntazam kuzatib bormoqdaman. Kafedra tomonidan belgilangan ilmiy rahbarimdan ilmiy faoliyatim bo‘yicha kerakli maslahatlar oldim.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha kafedradagi o‘qituvchilar: M.Abdulxayrov, R.Zohidov, Z.Shukurovalar bilan maslahatlashib, tegishli dastlabki topshiriqlarni belgilab oldim.
Ilmiy tadqiqot mavzuyimga oid manbalar bilan tanishish ishlarini olib bormoqdaman. Kalendar (dastur) rejasi asosida tadqiqot bosqichlarini ketma-ketlikda bajarishga harakat qilyapman.Tadqiqot usulini tanlash bo‘yicha kafedradagi ustozlarning tavsiyalarini oldim. Tadqiqotni yanada keng ko‘lamda olib borish maqsadida mavzuyimga doir dissertatsiya, maqolalar bilan tanishib chiqyapman.
Ilmiy tadqiqot faoliyati bo’yicha fakultetda faoliyat yuritayotgan bir qator professor-o’qituvchilardan tavsiyalar oldim. “Tajvid bo’yicha turkiy manbalar tadqiqi” mavzusi bo’yicha izlanishlar olib boryapman. Bu mavzuni atroflicha o’rgangan adabiyotshunoslar ishlari bilan tanishdim. Munavvar Qorining “tajvid” risolasi, Abdurraufxon ibn Abdullohxon qorining “tajvid hukmlari bayoni” nazmi, Sulaymon Qorining “shotibiyya matnining sharhi” yagona qo’lyozma nusxasi bilan tanishdim.
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash uchun ilmiy rahbarim bilan haftada ikki-uch marta uchrashamiz. Magistrlik dissertatsiyam mavzusi bo’yicha kerakli adabiyotlar bilan tanishdim.
Ilmiy tadqiqot faoliyati mobaynida ilmiy rahbarim S. Rafiddinov bilan birgalikda ishlayapmiz. Har hafta ustoz bilan ko‘rishib, ulardan ilmiy tadqiqot faoliyatim yuzasidan maslahatlar olyapman. Kalendar (dastur) reja asosida tadqiqot bosqichlarini ketma-ketlikda bajarishga harakat qilyapman. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha manba to‘playapman va izlanishlar olib boryapman. Ilmiy rahbarim tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘qib chiqyapman. Ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish uchun maqola yozyapman.
Men ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotni o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti, 204-guruhda olib bordim. Amaliyot davomida menga biriktirilgan 204-guruhda matnshunoslik fanidan amaliy mashg‘ulotlarni olib bordim va talabalarning oraliq nazoratlarini baholashda yordam berdim.
Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotda mustaqil ravishda olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashga, ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotda o‘rgangan hujjatlarim va ma’lumotlarni ilmiy va mantiqiy bayon qila olish, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslikka, amaliyot bo‘yicha materiallarning nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish, mustaqil, erkin fikrlash qobiliyatini namoyon qilish, amaliyot bo‘yicha berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob berish, berilgan mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajarish, ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyot bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirishga harakat qildim.
Shuningdek, amaliyot mobaynida turli kafedralardagi o’qituvchi-professorlarning darslarini kuzatdim va tahlil qildim, bu dars tahlili davomida ularning darslaridagi yutuq va kamchiliklardan tegishli xulosalar chiqarildi.

Amaliyot rahbari: S. Rafiddinov


Amaliyotchi: Y. Nuriddinov
Yüklə 11,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin