II. Ilmiy tadqiqot ishlari va magistrlik dissertatsiyasini bajarish
1-semestr bo‘yicha:
Sentabr oyida mutaxassisligimga doir fanlar va mavzularni qayta ko„rib chiqdim. Axborot resurs
markazidagi mavzular jamlanmasini o„qib chiqdim. O„rganilish doirasi, qamrovi nisbatan tor
bo„lgan tadqiqotlar ro„yxati bilan tanishib chiqdim.
Oktabr oyida o„z qiziqishlarimdan
kelib chiqqan holda, “O„zbek adabiyotshunosligida ijod
laboratoriyasi tadqiqi” nomli mavzuni dissertatsiya mavzusi sifatida tanladim. “Adabiyot nazariyasi
va adabiy jarayon” kafedrasiga biriktirildim. F.f.n, dotsent Umida Rasulova ilmiy rahbar etib
tayinlandilar. Ilmiy maslahatchi sifatida esa O„zFA Til, adabiyot va folklor instituti ilmiy xodimi,
f.f.n. dotsent Suvon Meliyev tayinlandilar. Mavzu 10.10.2019 sanada bo„lib o„tgan
kafedra
yig„ilishida tasdiqlandi. Ilmiy rahbarim bilan kelishgan holda tadqiqotim dasturi va rejasini tuzib
chiqdim. Mavzuga doir manba to„plashga kirishdim.
Noyabr oyida amaliyotga bog„liq holda mavjud o„quv adabiyotlari, metodik qo„llanmalar
bilan
tanishdim. Dissertatsiyaning I bobida beriladigan amaliy tavsiyalarimni Chilonzor tumaniga qarashli
128 –maktabda, kelishuv asosida, tajribada sinab ko„rdim. Universitetda o„tkaziladigan
konferensiyaga maqola tayyorladim*.
Dekabr oyida mavzuga doir manbalarni kengaytirish maqsadida,
respublikaning bir qancha
kutubxonalariga a‟zo bo„ldim. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonadagi tashkil etilgan ilmiy
seminarlarda tinglovchi sifatida ishtirok etdim*.
Yanvar oyida dissertatsiyaning I bobi bo„yicha maqola tayyorladim. Taqriz uchun ilmiy rahbarimga
berdim. 10.01.2020 sanada Nyu -York shahrida o„tkazilgan “Ijtimoiy fanlar va insoniyat”
mavzusidagi xalqaro simpoziumda tashqi ishtirokchi sifatida qatnashdim*.
Dostları ilə paylaş: