Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti, O„zbek
filologiyasi fakulteti 5A120101-Adabiyotshunoslik (o„zbek adabiyoti) mutaxassisligi
magistranti Karimova Nafisaning o„quv va o„quv –uslubiy, ilmiy- tadqiqot, ilmiy –
pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo„yicha yillik
HISOBOTI
I. O„quv va o„quv uslubiy ishlar
1-semestr bo‘yicha:
Sentabr oyida ishchi o„quv rejadagi fanlarga ajratilgan soatlar bilan tanishdim. Seminar va amaliy
mashg„ulot mavzulari bo„yicha
berilgan darslik, o„quv qo„llanma, uslubiy qo„llanmalarni aniqlab
oldim.
Oktabr oyida universitetning Axborot resurs markaziga a‟zo bo„ldim. O„quv
jarayonini tashkil
qilishga bog„liq me‟yoriy hujjatlar,
jumladan, DTS o„quv turlari, o„quv rejalari bilan tanishib
chiqdim.
Noyabr oyida mustaqil ta‟lim uchun ajratilgan fanlar bo„yicha zaruriy ko„rsatmalarni oldim. O„quv
va o„quv –uslubiy ishlar bo„yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan
ilmiy rahbar bilan
kengashgan holda yozma hisobotlar tayyorladim.
Dekabr oyida“Mumtoz tarixiy poetika” fanidan kurs ishi mavzulari e‟lon qilindi. “Obraz
tushunchasining mumtoz tarixiy poetika aspektida o„rganilishi” mavzusidagi kurs ishini
tayyorlashga kirishdim.
Shuningdek, mustaqil ta‟lim uchun “Mumtoz tarixiy poetikada O„g„uzxon
obrazining mifologik va tarixiy-tipologik aspektlarda o„rganilishi” mavzusida mustaqil ish
topshirdim.
Yanvar oyida 1-semestrda o„tilgan fanlardan joriy va oraliq nazorat baholari to„liq qo„yildi. Yakuniy
nazoratga tayyorgarlik ko„rdim. Shu oyda yakuniy nazoratlar topshirilib, semestr yakunlandi. O„quv
va o„quv uslubiy ishlarning 1-yarim yilligi bo„yicha magistratura bo„limiga yozma hisobot berdim.