– 192 –
– 193 –
Lirik qo‘shiqlarda ustuvor ko‘rinish olgan poetik ramzlar
tizimi, turli badiiy tasvir vositalarining qo‘llanilishi va ular
asosida yuzaga chiquvchi voqelik, hatto lirik qahramonning
dunyoqarashi, qalb kechinmalari ham an’anaviy xarakterga
ega bo‘ladi. Masalan, xalq lirikasida qizil sifatlashi hech
qachon erlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Agar qo‘llangan
bo‘lsa, u sun’iy o‘zgartirilgan ko‘rinishdir.
Lirik qo‘shiqlar paydo bo‘lishini ayrim mutaxassislar
feodalizmgacha bo‘lgan davr, ba’zilar feodalizm bilan
bog‘laydilar. Mustaqil lirik qo‘shiqlarning janr sifatidagi
paydo bo‘lishi, shubhasiz, tarixiy taraqqiyotning keyingi
bosqichlariga xosdir. Chunki lirika inson o‘z shaxsini tanigan,
o‘zini shaxs sifatida anglagach, o‘zini olam ichra yana bir
olam deb bilgan va tashqi obyektiv olamga yangicha qaragan
sharoitlarda paydo bo‘ladi.
Ammo bu ta’rif og‘zaki lirikaning paydo bo‘lishini
to‘la ta’riflay olmaydi. Sababi, yuqorida aytilganidek, xalq
qo‘shig‘ining lirik qahramoni umumlashma tipligi, an’anaviy
poetik tafakkur mevasi ekanligidadir. Aytaylik, yor-yorlarda
kelinchak haqida juda ko‘p kuylashadi. Bu maqtovlar, tilaklar
ayni paytdagi kelinchakka ham, uning bir paytlar kelin
bo‘lgan buvisiga ham, kelajakda kelin bo‘ladigan nevarasiga
ham taalluqlidir.
Shubhasiz, xalq lirik qo‘shig‘i nisbatan keyin paydo
bo‘lgan janr hisoblanadi, ammo unda uzoq o‘tmishning
izlari mavjudligini, lirik obrazlar qayta-qayta mushohada
qilinganligini, hozir ham ma’lum darajada mifologik
tafakkur bilan bog‘liqligini inkor etmaydi. Xalq lirikasining
qadim tasavvurlar, marosimlar bilan bog‘liqligi uning juda
qadimiyligini ko‘rsatadi.
Mavzu ko‘lami bevosita ishq-muhabbat kechinmalari
bo‘lgan lirik qo‘shiqlar an’anaviy qo‘shiq janrlarining boshqa
– 193 –
ko‘rinishlaridan farqli ravishda xalq turmushining barcha
sohalarida erkin kuylanadigan, o‘yin, biron marosim bilan
bog‘liq bo‘lmagan namunalarni qamrab oladi. Ayni paytda
hajviy yo‘nalishdagi qo‘shiqlar ham ushbu janr tarkibiga
kiradi. Bu janrda sevgi mavzusi va oilaviy munosabatlar,
turmush tashvishlari ifodasi birinchi o‘rinda turadi.
Rus folklorshunosi V.P. Anikin nomarosim xalq
lirikasining genezisini: a) lirik syujetning shakllanishi; b)
xalq qo‘shiqlarida lirik «men»ning paydo bo‘lishi; d) maishiy
turmushning poetiklashuvi (poetik mushohada qilinishi) bilan
bog‘laydi.
Shu belgilar xalq lirikasining poetik asoslari bo‘lib, ular
doimo mavjud bo‘ladi, rudiment holiga tushib qolmaydi. Bu
poetik asoslarni esa tarixiy ildizlar paydo qiladi. Xalq lirikasini
yashnab turgan gulga o‘xshatsak, poetik asoslar uning bizga
ko‘rinib turgan qismi, tarixiy ildizlar esa tomirlarini tashkil
etadi va an’ana ularning har ikkisini uyg‘unlashtirib turadi.
Hozirda xalq qo‘shiqlarini tinglaganimizda, odatda,
uning tashqi ma’nosini, juda nari borsa, poetik ko‘chimlarga
asoslangan mazmunini anglaymiz. Biroq xalq qo‘shig‘ining
barcha tashqi va ichki mazmuniy qirralarini izohlash uchun
buning o‘zi kifoya qilmaydi. Mashhur xalq qo‘shig‘ini ko‘rib
chiqaylik:
Sunbula-yu sunbula,
O‘rab olay gul bilan.
Mening ko‘nglim sen bilan,
Sen ketasan kim bilan,
Qadamingga gullar sochilsin.
Qo‘shiqning tashqi – so‘zma-so‘z ma’nosi quyidagicha:
Sunbula badiiy obraz – qo‘shiq qahramonining poetik jufti,
qahramon uni gullarga burkamoqchi, ammo yor ko‘ngli
begonada. Shunday bo‘lsa-da, oshiq fidoyilik qilib, yor
|