Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   131
O\'zbek folklori P

– 194 –
– 195 –
qadamiga gullar sochmoqchi yoki shunday bo‘lishini astoydil 
istaydi.
Bu bandni tarixiy asoslariga ko‘ra, sharhlasak, Sunbula 
oyning nomi bo‘lib, 22-avgustdan 23-sentabrgacha bo‘lgan 
muddatni qamrab oladi. Bu ayni pishiqchilik davri, suvlar 
tinigan, maqolda aytilganidek, «Sunbulaning suvi – sharob» 
payti bo‘ladi. Demak, qo‘shiqdagi Sunbula balog‘atga 
yetgan yor ramzidir. «Sunbula burji suvrati qo‘liga bug‘doy 
boshog‘ini ushlab turgan qiz shaklidadir», – deydi akademik 
Alibek Rustamov shu oy haqidagi xalq tasavvurlarini ifodalab.
Qadimiy mifologik tafakkurda inson gulga teng, gul 
shakliga evrilishi, ya’ni aylanishi mumkin. Ushbu tasavvurga 
asoslangan poetik tafakkur insonni gulga qiyoslaydi, 
o‘xshatadi. Mifo-poetik tafakkurga ko‘ra, qo‘shiqdagi gul 
bilan o‘rab olish lirik qahramonning o‘z yorini quchish istagini 
ifodalaydi. Yor qadamiga gullar sochish ham mifologik inonch, 
iz magiyasiga ko‘ra yorning poyiga bosh qo‘yish bilan teng. 
Lirik qahramon yor uni sevmasa ham, uning yo‘llariga gullar 
sochilishini, unga ko‘plab qizlar maftun bo‘lishini istaydi. 
Qadimiy inonchlarga ko‘ra, insonning izi ham uning o‘rnini 
bosishi mumkin. Shu bois hozirgacha «Bosgan izlaringdan 
o‘rgilay!» yoki «Qadamingizga hasanot!» deyish insonning 
o‘zidan o‘rgilish va insonning tashrifini ulug‘lashga tengdir. 
Buning aksicha «Qadaming qursin!», «Izing o‘chsin!», – 
deyish insonga ajal tilashdir. Xalq ongida Sunbula haqidagi 
tasavvurlar, ijodida maqollar va afsonalar mavjud bo‘lgan 
va ba’zilari bizgacha yetib kelgan. Xalqimiz ana shulardan 
kelib chiqib, qayta poetik mushohada qilib, yuqoridagi kabi 
bandlarni ijod qilgan.
O‘choq boshida qumg‘on, 
Atrofi baland qo‘rg‘on.
Sevganimga yetolmay, 


– 195 –
Yurak-bag‘rim bo‘ldi qon, 
Qadamingda gullar ochilsin…
 
Men bu yerda o‘t yoqsam, 
Andijonda tutun-ey.
Bu dunyoda bormikan, 
Yurak bag‘ri butun-ey.
Bu dunyoda bor bo‘lsa, 
Yurak-bag‘ri butun-ey.
Qog‘ozdan qozon yasay
Guldan qilay o‘tin-ey... 
Ma’lum bo‘lmoqdaki, lirik qo‘shiqlarda keluvchi obrazlar 
tizimi inson kechinmalari xalqning ko‘p asrlik tasavvurlari, 
mifologik qarashlari, odat va udumlariga chambarchas bog‘liq 
ravishda o‘ta poetik ko‘rinishlarda ifodalanadi.
Endi quyidagi to‘rtlikka e’tibor bering:
Oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?
Men – yomondan ayrilib, 
Yaxshini topganing qani?
Qadim ajdodlarimizda oydinda yotgan oq ilonni ko‘rgan 
odam baxtli bo‘ladi, degan ishonch bo‘lgan. Biroq bu 
deyarli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lmagan vaziyat. Oshiq 
to‘lin oy kechasida (oydinda) oppoq ilonni yotganini ko‘rish 
mumkin bo‘lmaganidek, sen ham mendan voz kechib baxtli 
bo‘lolmaysan, demoqda go‘yo.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin