Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131
O\'zbek folklori P

– 198 –
– 199 –
bog‘liq tasavvurlar unutilsa ramziy ma’no anglanmay qoladi; 
f) o‘zak ramzning tub ma’nosi muayyan matnda ramziy 
«qo‘shimcha»lar vositasida o‘z ma’no ko‘lamini u yoki 
bu darajada kengaytiradi. Ba’zi holatlarda o‘zak ma’noga 
bevosita bog‘liq yangi poetik ma’no hosil bo‘lishi mumkin.
O‘zbek xalq lirik qo‘shiqlarida ayni xususiyatlarga ega 
o‘zak ramzlar, asosan, uch xil shaklda uchraydi: 
1. Sof leksik 
birlik shaklidagi o‘zak ramzlar. 2. Birikma ko‘rinishidagi 
o‘zak ramzlar. 3. Gap tuzilishidagi o‘zak ramzlar.
Sof leksik birlik shaklidagi o‘zak ramzlar birgina so‘zdan 
iborat bo‘lib, boshqa tur ramzlarga nisbatan keng qo‘llaniladi. 
Bu tur o‘zak ramzlarga ro‘mol, tog‘, tol, tom, suv, daryo, g‘oz, 
o‘rdak, qarg‘a, turna, olma, bozor, xol, tamaki, ilon, soch, oq, 
qizil, qora, sariq va boshqa obrazlar kiradi.
Birikma ko‘rinishidagi o‘zak ramzlar, asosan, ikki 
so‘zdan tashkil topgan bo‘lib, ko‘pchilik holatlarda sof leksik 
birlik sifatida keluvchi ikki mustaqil ramz birikib yaxlit o‘zak 
ramz shaklida keladi; qizil gul, qizil olma, oq olma, oq ilon, 
qora tol, qora soch kabilar. Bu xil ko‘rinishdagi ramzlarda 
poetik ma’no har ikkala ramz ma’nolarining yig‘indisidan 
iborat bo‘ladi. Masalan:
Oq olma, qizil olma pishmas ekan, 
Ikki yaxshi bir yerga tushmas ekan.
Ikki yaxshi bir yerga tushganida
Umrining o‘tganini bilmas ekan.
Bu to‘rtlikda kelayotgan «oq olma», «qizil olma» ramziy 
birikmalarni tashkil etuvchi oq, qizil, olma obrazlarining har 
biri mustaqil o‘zak ramz. Oqning birlamchi o‘zak ma’nosi er 
kishi, yigit. Qizil «ayol, qiz» ramziy ma’noga ega. «Olma» 
ramzi bu o‘rinda «sevgi, muhabbat» ma’nosida kelgan. Biz 
ana shu asosda oq olmani yigit, qizil olmani qiz sevgisi 
ma’noda kelayotganligini anglaymiz. Qo‘shiqda bir-biriga 


– 199 –
munosib, yigit va qiz sevgisi, hamma vaqt ham murodiga yeta 
olmas ekan. Agar ular qovushsa, armonlari qolmay, baxtli 
yashashar edi, deb kuylanmoqda.
O‘zak ramzning gap tuzilishidagi ko‘rinishi ikki yoki 
undan ortiq so‘zlardan tashkil topib, asosan, qo‘shiqlarning 
dastlabki misralarida namoyon bo‘ladi. Bu ko‘rinishdagi 
ramzlarga «choponimning yengi tor», «beqasam to‘n qildim, 
bir yengini tor qildim», «hovuz bo‘yini o‘ydim», «Ariq 
bo‘yini o‘ydim», «muzni teshdim, suvni ichdim, loy ekonin 
bilmadim», «Ariq bo‘yi loy ekan», «suv bo‘yida o‘tirib suvni 
loylatmang, to‘ram» kabi misralardagi «tor yeng», «hovuz 
yoki ariq bo‘yining o‘yilishi», «suvning loyqalanishi» 
kabi birikmalarni keltirish mumkin. Masalan, «suvning 
loyqalanishi» bilan bog‘liq to‘rtlikni ko‘rib chiqaylik:
Muzni teshdim, suvni ichdim, loy ekanin bilmadim, 
Ko‘pni ko‘rdim, birni sevdim, yori borin bilmadim.
Ko‘pni ko‘rgan birni sevgan kimni olding yoningga
Biz tag‘in bir yor kutib, o‘tlar yoqaylik joningga, –
misralarida aytilganidek, «muzni teshdim – ko‘pni 
ko‘rdim, suvni ichdim – birni sevdim, loy ekanin bilmadim 
– yori borin bilmadim» poetik ma’nosiga uyg‘un keladi. 
Demak, suvning loyqalanishi – muhabbatning poymol 
bo‘lishi – xiyonat ekan.
O‘zak ramzning gap tuzilishidagi ko‘rinishi sof leksik 
birlik va birikma ko‘rinishidagi ramzlarga nisbatan ixcham, 
barqaror shaklga ega emas. Ularda so‘zning poetik va lug‘aviy 
ma’nosi o‘rtasidagi bog‘liqlik ramziy mazmunni anglashda 
vosita bo‘ladi. Shu jihati bilan gap tuzilishidagi o‘zak ramzlar 
vaziyat ramzlarga yaqin turadi. Har bir gap tuzilishidagi 
o‘zak ramz tarixiga qaralsa, ularning vaziyat ramzlar asosida 
o‘sib chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin. Ularni o‘zak ramz 
va vaziyat ramzlarning oralig‘idagi o‘ziga xos bosqich 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin