Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


– 203 – 3. Tarixiy qo‘shiqlar



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131
O\'zbek folklori P

– 203 –
3. Tarixiy qo‘shiqlar.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi 
tarixiy qo‘shiqlar bevosita bugungi kun repertuarida nisbatan 
kam uchraydigan ijro namunasidir. O‘tmishda tarixiy 
qo‘shiqlar ommaviy janr hisoblanganiga shubha yo‘q. Bir 
tomondan, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otut-turk» 
asaridagi Alp Er To‘nga marsiyalarini ham tarixiy qo‘shiqlar 
sirasiga qo‘shish mumkin. 
XX asr boshlarida Namoz boshlagan harakatlar xalq tilida 
doston bo‘lgan. Namoz yoki Niyozga bag‘ishlab qo‘shiqlar 
vujudga kelgan. Keyinchalik Isfandiyor va uning amaldorlari 
kirdikorlarini fosh etuvchi to‘rtliklar yaratilgan:
Isfandiyor xon bo‘ldi, 
Bag‘rimiz to‘la qon bo‘ldi.
Azroildan kam emas, 
Olajagi jon bo‘ldi.
Bu to‘rtliklar xalq ijtimoiy hayotining hamrohi bo‘ldi. 
Tarixiy vaziyatga nisbatan ifodalangan g‘azab va xonga 
nisbatan nafrat zamonga xalq bergan baho darajasida edi. 
Aniqrog‘i, jazolov hukmi bo‘lib jarangladi.
Umuman, XX asrning 15-25 – yillari o‘rtasida yaratilgan 
tarixiy qo‘shiqlar son jihatdan ko‘p, sifat jihatdan mazmunli 
edi. Ehtimol, bu holat yurtimiz tarixiga oid turli yo‘nalishdagi 
tarixiy voqealarning ko‘p ro‘y berganiga bog‘liqdir. 
Isfandiyor, Said Ahmad, Nikolay kabi podshoh va xonlarning 
adolatsizligi va bosqinchilik urushlariga bo‘lgan keskin 
qoralovchi ayblar mazkur qo‘shiqlarning bosh mazmunini 
tashkil qildi.
Shunday qilib, tarixiy qo‘shiqlar bevosita aniq voqea-
hodisa yoki aniq qahramon ishtirok etgan tarixiy davr haqida 
yaratilgan asar namunasi hisoblanadi.


– 204 –
– 205 –
Savol va topshiriqlar:
1. Xalq lirik qo‘shig‘ining belgilari nimalardan iborat?
2. Lirik qo‘shiqlarning badiiy xususiyatlarini misollar 
yordamida tushuntiring.
3. Qo‘shiqlardagi ramzlar haqida gapiring.
4. Tarixiy qo‘shiqlar haqida ma’lumot bering.
5. Qardosh xalqlar xalq qo‘shiqlari namunalarini topib, 
o‘zbek xalq lirik qo‘shiqlari bilan qiyoslashga harakat qiling.
Adabiyotlar:
1. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Musiqa», 
2010
2. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz 
so‘z», 2010
3. Alaviya M. O‘zbek xalq qo‘shiqlari. – T., 1959.
4. Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. – T.: 
Fan, 1974.
5. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. – T.: Fan, 2010.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin