Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131
O\'zbek folklori P

– 208 –
– 209 –
2. Tovushdoshlik (alliteratsiya, assonans).
«Boy boyga boqar, suv soyga oqar».
Maqolda «B», «Y», «R», «S» kabi undosh tovushlar 
alliteratsiya – undosh tovushlar uyg‘unligini, «O», «A»lar esa 
assonans – unli tovushlar o‘xshashligini ko‘rsatadi va maqol 
qimmatini oshiradi.
3. Metafora – ko‘chim (istiora).
«Otning yag‘iri toyga qolar».
Bu maqolda «ot» so‘zidan qarindosh-urug‘chilikdagi 
katta avlod vakilining ramzi sifatida foydalanilgan. 
Xalq maqollari shakl va mazmun jihatdan matallarga yaqin 
janr hisoblanadi. Matallar ham ixcham matnga ega ekanligi 
bilan maqolga o‘xshaydi. Matal, odatda, notiq nutqi tarkibiy 
qismini tashkil etadi, ammo mustaqil qo‘llanganda tugal fikr 
anglatmaydi. Masalan, xalqimizda «Yaxshi gap bilan ilon 
inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqar» degan maqol 
bor. Agar maqolning yarim matnini «Falonchi ilon inidan 
chiqadigan qilib gapirdi» tarzida qo‘llasak, biz matal aytgan 
bo‘lamiz va «Falonchi yaxshi gapirdi» ma’nosini bildiramiz. 
Chunki «ilon inidan chiqadigan» so‘z birikmasi alohida 
aytilsa, mustaqil ma’no anglatmaydi. Ma’lum bo‘ladiki, matal 
shaxs nutqini go‘zallashtirish uchun xizmat qilar ekan, xolos. 
Maqol esa mataldan mustaqil ma’no ifodalay olish xususiyati 
bilan farqlanadi.
Yozma adabiyotda maqollardan foydalanishning bir 
necha ko‘rinishlari mavjud. Jumladan, ba’zan maqol aynan 
keltiriladi, ba’zan maqoldagi ayrim so‘zlar o‘zgaradi, ammo 
ma’no saqlanadi. Ba’zan esa adib maqollardagi ma’nolarni 
o‘ziga xos boshqa so‘zlar bilan ifodalaydi. Quyidagi 
misollarga diqqat qilaylik:
Kimki falak sori otar toshni,
Tosh ila ozurda qilar boshni.


– 209 –
* * *
Kimgaki bir rishta yeturding ziyon,
Qatlingga ul rishtani bilgin yilon.
* * *
Masaldurkim, uyqu o‘limdir.
* * *
Xotirni jam istar esang, avval xavotir daf’in et.
Alisher Navoiy
* * *
Tikansiz–gul, sadafsiz–dur, mashaqqatsiz hunar bo‘lmas,
Riyozat chekmaguncha Yor vasliga yetib bo‘lmas.
Boborahim Mashrab
* * *
Ayoqingga tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: «Chiroq tubi qorong‘u»...
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat,
Ki ayturlar: «Tilaganni tilogu».
Lutfiy

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin