Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


 Topishmoq paremik janr sifatida



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131
O\'zbek folklori P

3. Topishmoq paremik janr sifatida.
Topishmoqlar 
hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o‘xshaydi. Ba’zan 
mazmuniga ko‘ra ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish 
maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga e’tibor 
bering. «Top» so‘zining talaffuz etilishidanoq o‘yla, axtar, 
solishtir, izla ma’nolari yetakchilik qiladi. Unga «ish» 
qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi: «-moq» 
harakat nomi qo‘shimchasidan keyin «qo‘lingdan kelsa», 
«eplasang», «uddalay olsang» tushunchalari ifodalanadi. 
Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor:
1) hajm jihatdan qisqa va ixcham;


– 210 –
– 211 –
2) shaklan she’riy, nasriy ko‘rinishga ega;
3) yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish 
vazifasi qo‘yiladi; 
4) mazmunida hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy 
hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda 
ifodalanadi, uni topishga da’vat etiladi;
5) topilishi lozim bo‘lgan narsa, ko‘pincha, bitta, ba’zan 
ikki va undan ortiq miqdorga ega bo‘ladi;
6) topishmoqlarda qo‘llangan asosiy badiiy san’at istiora 
(metafora) hisoblanadi;
Topishmoqlarda topilishi lozim bo‘lgan narsaning 
shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida 
ma’lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san’atidan 
foydalanilgan holda boshqa narsa bilan bog‘lanadi. Masalan:
Qopcha, 
Qopcha ichida uncha, 
Uncha ichida ustuncha.
Bu matnda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istio-
ra vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi 
qismi unga o‘xshatilmoqda. Faqat un o‘rtasida ustuni ham 
bor ekan. Topishmoqni topayotgan odam matnda jiyda haqida 
gap ketayotganini topsa, fikriy musobaqada yenggan bo‘ladi. 
Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda 
aniq daliliy ma’lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy 
ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko‘plab 
keltirilgan «Devonu lug‘otit turk» asarida topishmoq matni 
uchramaydi. Shu bilan birga «tabzug‘» - topishmoq ekanligi 
qayd etilgan.
Odatda, topishmoqlar xalq hayotining hamma sohalarini 
egallagani bilan ham diqqatga sazovor. Maishiy hayotdagi


– 211 –
ijtimoiy muhitdagi munosabatlar topishmoq mavzularida 
o‘z ifodasini topadi. Ko‘rpa, qulf, qozondan tortib qozi, 
sudxo‘rlarning kirdikorlarigacha topishmoqlarda aks etishi 
mumkin. Xalq topishmoqlarini mukammal o‘rgangan 
Zubayda Husainova 1981-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi 
Adabiyot va san’at nashriyoti tomonidan e’lon qilingan 
«Topishmoqlar» kitobidagi matnlarni tartiblashtirishda ularni 
yirik ikki guruhga ajratadi: «An’anaviy topishmoqlar» va 
«Yangi topishmoqlar». Birinchi guruhda osmon, yer, suv; 
tabiat hodisalari, yil fasli va mavsum; odam, uning a’zolari va 
xislatlari – jami 21 mavzu jamlanadi. Yangi topishmoqlarda 
elektrotexnika, radiotexnika, maktab va o‘quv qurollari – 
jami 9 mavzu jamlangan. Ma’lum bo‘ladiki, topishmoqlarda 
aks etmagan mavzuning o‘zi yo‘q ekan. 
Xalq orasida yashab kelayotgan topishmoqlar bir 
jumboqli va ko‘p jumboqli bo‘lishi mumkin. Ammo shunday 
topishmoqlar ham borki, ularga javob berish uchun ikki va 
undan ortiq narsalarni eslashga to‘g‘ri keladi:
Tog‘da talaymonni ko‘rdim, 
Suvda sulaymonni ko‘rdim.
Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim, 
Yumalab yotgan toshni ko‘rdim.
Bu topishmoqdagi to‘rt misrada to‘rtta narsa yashiringan. 
Birinchisida bo‘ri, ikkinchisida baliq, uchinchisida sumalak, 
to‘rtinchisida toshbaqa so‘zlari yashiringan. 
Xalq og‘zaki ijodidagi topishmoqlar badiiy jihatdan ham 
so‘z san’ati hisoblangan adabiyotda qo‘llangan juda ko‘p 
san’atlarga boy. Bu san’atlarning topishmoqda uchraydigan 
eng ommaviysi istioradir. Oyna – ko‘z, ilon – soch, qizil 
toychoq – til kabi o‘nlab misollarda istiora san’ati kelgan.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin