Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Askiya san’atining o‘ziga xosligi



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131
O\'zbek folklori P

2. Askiya san’atining o‘ziga xosligi.
Askiya haqida fikr 
yuritishdan avval uning mohiyati haqida qisqacha mulohaza 
bildirish joiz. Askiya aytish qanchalar murakkab bo‘lsa, uni 
tushunish ham oson emas. Chunki askiyachi aytgan askiyada 
nozik so‘z o‘yini qo‘llaniladi. So‘z o‘yinini tushunish esa 
uni o‘ylab topishdek qiyin. So‘z o‘yinida uni o‘ylab topgan 
odamning fikrlash usulini qo‘llash lozim bo‘ladi. Shu bois 
askiya paytida kimdir kuladi, kimdir gap nima to‘g‘risida 
borayotganini anglay olmay garang bo‘lib turaveradi. Askiya 
janrining bosh maqsadi, uning mohiyati so‘z o‘yini vositasida 
kulgi hosil qilishdir.
Askiya jahondagi bironta xalq og‘zaki ijodida 
uchramaydigan, so‘zdan so‘z hosil qilish, so‘z jilosidan 
to‘liq foydalanish, so‘z o‘yiniga asoslangan janrdir. Boshqa 
xalqlarda bu janrning uchramasligini esa, asosan, o‘zbek 
tilidagi so‘z boyligi bilan izohlash maqsadga muvofiqdir. 
Xususan, maqol, topishmoq, ertak, qo‘shiq, doston janrlari 
jahon xalqlari ijodida aynan yoki bir oz o‘zgargan holda 
uchraydi, ammo olimlar shu kungacha askiyaning boshqa 
xalqlarda mavjudligini aniqlamaganlar. To‘g‘ri, ba’zi 
paytlarda latifalarda askiyaga o‘xshash vaziyatlar uchrashi 
mumkin (peshka xodit ye 2-ye 4; on xodit yedva, yedva – 
shaxmat o‘yinidagi eng kichik sipoh ye 2 xonasidan ye 4 ga 
yuradi, biz nazarda tutgan odam esa zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuradi). 
Ammo muayyan xususiyatlarga ega alohida janr sifatida 
uchramaydi.


– 228 –
– 229 –
Savol va topshiriqlar:
1. Askiya janri o‘zbek xalqining milliy merosi ekanini 
izohlab bering.
2. Askiya tarkibidagi kichik turlarni ayting. Payrov 
tushunchasiga izoh bering.
3. O‘zbek askiyachilarining repertuaridagi namunalardan 
misol keltiring.
4. Askiya matnida kulgi uyg‘otuvchi usullar haqida 
ma’lumot bering.
5. Ijtimoiy tarmoqdan o‘zbek askiyachilarining jonli 
ijrosini tinglang va tahlil eting.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin