Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131
O\'zbek folklori P

– 32 –
– 33 –
Voqelikni badiiy idrok etish an’anasining ibtidosi sifatida 
qadim zamonlarda shakllangan mifologik tasavvurlar tizi-
mi folklordagi epik janrlarning syujet silsilasi va obrazlar 
tarkibining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. Demak, mifning 
mohiyati, turlari, o‘ziga xos xususiyatlari, obrazlar tizimi, 
mifologik syujetlarning epik diffuziyasi va folklor asarlari 
tarkibidagi poetik vazifalari kabi masalalarni o‘rganish 
mifshunoslikning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi.
O‘zbek miflarining yuzaga kelishi va shakllanish 
bosqichlarini quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq, deb 
hisoblaymiz:
1. O‘rol-oltoy qabilalarining mifologik tasavvurlari.
Ma’lumki, tilshunoslikda «oltoy tillari oilasi», «prooltoy 
tili» kabi tushunchalar mavjud. «Oltoyshunoslik nazariyasi» 
tarafdorlarining fikricha, turkiy, mo‘g‘ul-buryat, tungus-
manchjur (ba’zilar koreys va yapon tillarini ham shu tarkibga 
kiritadilar) xalqlarining qadim ajdodlari aslida yagona bir 
qabilaga mansub bo‘lib, ular «prooltoy tili» yoki «prooltoy 
shevasi»da so‘zlashganlar. 
Biz ham ana shu nazariyaning asosiy xulosalariga suyan-
gan holda turkiy-mo‘g‘ul-buryat-tungus-manchjur tillarida 
so‘zla-shuvchi xalqlar folkloridagi tipologik mushtaraklikni 
tashkil etadigan epik qatlam bu xalqlar og‘zaki ijodiyoti 
tarixining oltoy davriga mansub qadimiy syujetlar silsilasidan 
iborat, deb hisoblaymiz. Ana shu mushtarak epik an’ananing 
asosiy qismi arxaik miflarning qoldiq holda yetib kelgan 
ko‘rinishlari bo‘lib, bu asotirlar tarixan 
«prooltoy folklori»
yoki 
«prooltoy mifologiyasi»
ning tarkibiy qismini tashkil 
etgan. Mushtarak variantlari yoki o‘xshash namunalari 
mo‘g‘ul-buryat va tungus-manchjur xalqlari og‘zaki ijodida 
ham mavjudligi aniqlangan o‘zbek miflari (yoki muayyan 
syujet elementi, obraz, motiv tarzida saqlanib qolgan mif 


– 33 –
qoldiqlari) «prooltoy mifologiyasi»ga mansub asotirlar 
sirasiga kiradi. O‘zbek mifologiyasi rivojining bu davriga 
oid folklor asarlaridan eng xarakterlisi bo‘ri to‘g‘risidagi 
totemistik miflardir.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin