Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Afsona, rivoyat, naql janrlari



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   131
O\'zbek folklori P

3. Afsona, rivoyat, naql janrlari.
Har bir fan, sohaning 
muhim nazariy masalalari bo‘ladi. Badiiy adabiyotni 
o‘rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og‘zaki 
poetik ijodini o‘rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. 
Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil 
fan hisoblansa-da, o‘rganish obyekti badiiy adabiyot 
bo‘lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlar bor. 
Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, 
folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat 
adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga 
mansub g‘azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); 


– 36 –
– 37 –
she’r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) 
ning janr xususiyatlari o‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa 
xalq og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo‘shiq, ertak, doston kabi 
janrlarning o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo 
qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat’i nazar har bir 
yo‘nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi 
taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida baholanaveradi. 
Afsona fors tilidan olingan bo‘lib (ﻪﻨ ﺎﺴﻔ ﺍ) ma’no mohiya-
tida ikki tushuncha yetakchilik qiladi: 1 – biror voqeani, 
lavhani hikoya qilish; 2 – bu hikoya uydirma, to‘qimalardan 
iborat bo‘lishi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida so‘zning bir 
necha ma’nolari ko‘rsatilgan: «afsona bo‘lmoq», «afsona 
to‘qimoq», «afsonaviy» va boshqalar. Lekin asosiy ma’no 
tafakkur fantaziyasi bilan bog‘liq bo‘lib, aql bovar qilmaydigan 
uydirma voqealarni hikoya qilish va shu bilan shuhratga ega 
bo‘lish tushunchasi yetakchilik qiladi.
Afsonalar mazmunida eng qadimgi uydirma hodisalar
muayyan hudud nomini izohlovchi toponimik ma’lumotlar 
beriladi. «Kuygan yor», «Ellik paysa», «Tuya cho‘kdi», 
«Oshoba», «Qonqus» kabi namunalar ana shunday mavzularni 
o‘zida aks ettiradi. Folklor ekspeditsiyasi davomida deyarli har 
bir qishloq, buloq, tepalik, suv manbalari haqida hayratomuz 
afsonalarni yozib olish imkoniyatiga ega bo‘lganmiz. 
Ertaklardan farqli o‘laroq ularda syujet tizimining barqarorligi 
kuzatilmaydi. Ularning mavzu yo‘nalishini uchga bo‘lib tahlil 
qilish mumkin:
1. Sof mifologik afsonalar.
2. Tarixiy voqea-hodisalarni izohlovchi afsonalar.
3. Mahalliy hududlardagi geografik nomlar bilan bog‘liq 
afsonalar.
Afsonalar badiiy ijodning dastlabki namunasi sifatida 
odam qalbida ishonch tuyg‘usini hosil qilishga, har bir 


– 37 –
insonning o‘z qobiliyati, harakati natijasida baxtini topishi 
mumkinligiga umid paydo bo‘lishiga xizmat qilgan. Masalan, 
qadimdan taqdir tushunchasi odamlarning ongida mavjud 
bo‘lgan. Har bir ko‘ngilsiz mushkulotni odam taqdir, deb 
qabul qilgan. Ammo shunday afsonalar borki, ularda inson 
xatti-harakati, niyati, ayniqsa, keskin qarori, duosi bilan 
qismatida o‘zgarish yasashi mumkinligi uqtiriladi.
Xullas, afsonalar mazmun jihatdan, asosan, axborot 
yetkazuvchi o‘ta sodda syujetli uydirmalardan tashkil 
topadi. Ularda ijod qilgan millatning, koinotdagi quyosh, oy, 
yulduz, sayyoralarning paydo bo‘lishi, geografik nomlarning 
izohi, turli-tuman tarixiy voqealar, rasm-rusumlar sharhi 
o‘zining ifodasini topadi. Qadim zamonlardan ajdodlarimiz 
o‘z hayotiga tegishli har bir savolga, har bir muammoga, 
an’ana – udumlarga, hatto o‘zi yashayotgan vatanga ongli 
munosabatda bo‘lgan va xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari 
qatori afsonalar vositasida yakuniy xulosasini, tajribasini 
bildirgan. Folklorshunoslikda afsonalarni tadqiq etish og‘zaki 
ijod tarixining nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash imkonini 
beradi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin