Rivoyatlar.
Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, hikoya,
qissa ma’nolarini ifodalaydi. Rivoyatlar afsonalardan hayotga
yaqinligi bilan farq qiladi. Agar afsonalarda ro‘y berishi
mumkin bo‘lmagan hodisalar hikoya qilinsa, rivoyatlardagi
voqealar, ko‘pincha, tarixiy shaxslar, taniqli allomalar, davlat
arboblarining hayotlaridagi muayyan lavhalar yuzasidan
xabar beradi. Ba’zan bir voqeani eshitganimizda, uning aynan
ro‘y berishiga to‘liq ishonamiz, ba’zan alohida fantastik
tasvirdan xoli bo‘lsa ham hikoyaga ishonmasligimiz mumkin.
Shuning uchun afsona va rivoyat o‘rtasida keskin farqni
belgilash qiyin kechadi. Har holda ko‘p yillik tajribadan kelib
chiqib aytish mumkinki, ishonilgan voqeani rivoyat, ishonish
– 38 –
– 39 –
mumkin bo‘lmaganini afsona deb qabul qilish maqsadga
muvofiqdir. Chunki mazmun, syujet tizimi jihatdan afsona va
rivoyatlarning farqi bo‘lmaydi. Faqat rivoyatlar tarixiy dalil,
isbot ildiziga ega hisoblanadilar.
Rivoyatlar o‘zida aks ettirgan voqea bayoniga ko‘ra
afsonalar kabi epik jinsga mansubdirlar. Ular hajm jihatdan
qisqa bo‘ladi. Matn hajmi qisqa, ifodalangan voqea lavhalari
son jihatdan chegaralangan. Badiiy tasvirga ortiqcha urg‘u
berilmaydi, chunki ularda voqea bayoni ustuvor hisoblanadi.
Mazmun yo‘nalishiga ko‘ra tarixiy voqelar, ularda ishtirok
etgan shaxslar jasorati yoki xiyonati asosida yoki yurtimiz
viloyatlaridagi o‘rin-joylarning nomlanishini izohlash
maqsadida yaratilgan rivoyatlarga bo‘linadi. Tarixiy rivoyat-
larda To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur
Malik, Amir Temur kabi yurti ozodligi va mustaqilligi uchun
jonini qurbon qilgan el farzandlari mardligi, shu bilan birga
o‘zining o‘tkinchi hirsiy nafsi yo‘lida vataniga xiyonat qilgan
Dalvarzin, Guldursunga o‘xshagan xiyonatkor shaxslar
kirdikorlari hikoya qilinadi. Mard, jasurlarning ishlari ham,
xoinlarning xiyonati ham unutilmaydi.
Rivoyatlarning yana bir turi mahalliy hududlardagi
o‘rin-joylarning nomiga oidligi bilan ajralib turadi. Muhimi
shundaki, bunday rivoyatlarda asosiy e’tibor tasvirla nayotgan
voqeadagi fantastik jihatlarga emas, balki hayotni kuzatish,
to‘g‘ri xulosalarga kelish, aqlni ishga solish fazilatlariga
qaratiladi.
Rivoyatlar haqida aytilgan fikrlardan shunday xulosalarga
kelish mumkin:
1. Rivoyatlar afsonalardan farqli ravishda bevosita
hayotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealarga asoslanadi.
2. Ular mavzu jihatdan turlarga bo‘lingan holda yo
biron tarixiy shaxs hayotidagi ibratli voqeani bayon etadi yo
geografi
k o‘rin-joyning nomini izohlaydi.
– 39 –
3. Rivoyatlarda badiiy tasvirdan ko‘ra ro‘y bergan voqeani
qisqa va ixcham, sodda va ravon tarzda bayon qilishga
ko‘proq e’tibor beriladi. Aslini olganda, aynan shu fazilatlar
rivoyatlarning badiiyligini belgilaydi.
Mumtoz adabiyot va zamonaviy o‘zbek adabiyotida
rivoyatlarning go‘zal namunalarini ko‘rish mumkin.
Naql.
Naql atamasi O‘rta Osiyo xalqlari orasida
qadimdan mavjud bo‘lib, turli xil ma’nolarni anglatgan.
Dastlab folklorning ayrim janrlari shu nom bilan yuritilgan. U
adabiy jarayonda yuz berib, turkiy xalqlar madaniyati, axloq
falsafasi, tafakkuri zamirida paydo bo‘lgan.
Zarbulmasal arabcha so‘z bo‘lib, aybdorni masal bilan
urmoq (tanqid qilmoq)ni anglatadi. Muhammad Jobalrudi
(XVII asr) bu so‘zni masal va tamsilning sinonimlari sifatida
qo‘llagan, boshqa o‘rinda uni ramzli hikoya ma’nosida
keltirgan. «G‘iyos ul-lug‘at»da uni nutqda u yoki bu ko‘chma
ma’noni tashuvchi, deb belgilangan. O‘zbek xalq nasrida
esa masal naql deb atalgan. Zarbulmasal dastlab yozma
adabiyotning alohida janri bo‘lgan. Keyinchalik u masal
atamasi bilan yuritilgan. Naql rus folklorida pritcha. Fors
tilida naql masal, maqol (allegoriya), tojik tilida u ertak,
matal, masalni bildiradi, turkman tilida naql-topishmoq,
qozoq, qirg‘iz tillarida metel deb yuritiladi.
Turkiy xalqlar folklorida ham turli xil janrlarga mansub
asarlar naql atalgan. Ayniqsa, qadimgi yodnoma, xalq
kitoblari, qo‘lyozmalarda belgilangan ertak, afsona, rivoyat,
doston, maqol, matal va hatto, topishmoqni ham naql
atash hollari uchrab turadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak,
Ozarbayjonda ertak naql deb yuritiladi. Naql og‘zaki hikoyani
anglatadi. Asosan u arabcha so‘z bo‘lib, uch xil ma’noni
bildiradi: birinchisi, harakat, ko‘chish, ya’ni ko‘chma ma’noli
voqea va hodisalar shu nom bilan atalgan. Ikkinchisi, voqeani
|