– 64 –
– 65 –
Ikkinchi bosqich –
«katta to‘y»
deb nomlanib, kelin-
kuyovni nikohlash va kelinni kuyovning
uyiga olib ketishdan
iborat marosimdir. Bu bosqich «vakil so‘rash», «kuyov
sinov», «o‘tin yorar», «kuyov kiyintirar», «kuyov yor-yori»,
«oriyat yo‘li», «to‘qqiz tovoq», «qari ilik», «to‘n kiygizar»,
«uzangi bardor», «chavqi qilar», «o‘t yoqar», «ota sinov»,
«olovdan aylantirar», «kampir o‘ldi», «ipak iluv», «soch
siypatar», «oyna ko‘rsatar», «oyoq bosar», «shirin suv
ichirar», «it irillatar» kabi qator uzvlarni o‘z ichiga oladi va
turfa rasm - rusumlarga boyligi bilan alohida ajralib turadigan
asosiy tantana hisoblanadi.
Uchinchi bosqich –
«to‘y yakuni»
deb ataladi va «bet
ochar», «kelin salom», «kuyov salom», «eshik iluv»,
«chimildiq uzar», «chaqiruv» kabi marosimlardan iborat.
Bu marosimda, asosan, kelin-kuyovning
yaqin qarindosh-
urug‘lari ishtirok etadilar. Kelin-kuyov qirq kun chilla
saqlaydi va chilladan chiqqach, kelinning ota-onasi o‘z qizini
va kuyovini «chaqirdi» qiladi. Bu
marosim xalq orasida
«chaqiruv» deb yuritiladi. Ana shu marosim nikoh to‘yining
yakunlovchi qismi hisoblanadi.
Sovchilarning o‘ziga xos aytim-so‘zlari ham mavjud
bo‘lganki, bu ulardan so‘zamollikni, chechanlikni, xush-
muomalalikni talab qilgan. Xususan, Boysun tumanining
Qizilnov qishlog‘ida yashovchi Qatag‘on urug‘iga mansub
o‘zbeklarda sovchilikni «elchilik» deyiladi. Sovchilar qiz-
nikiga borganda
Elga tushgan elchiman,
Qizga kelgan sovchiman,
Bir qorabay cho‘ri so‘rab keldim,
– deyishgan.
Shu tumandagi Machay qishlog‘ida esa sovchilikka
kelgan kishilar «Biz sizning uyingizga kunda yorgani keldik»
– 65 –
deyishgan. Bu aytim o‘zbek nikoh to‘yi marosimi tizimidagi
«kuyov sinov» udumi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ilgari qiz
tomon katta daraxtlarning kundasini yordirish orqali bo‘lajak
kuyovni sinab ko‘rgan. Kuyovga
kunda yordirish odati
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yaqin vaqtlargacha
saqlanib kelgan.
Boysun shahrining shundoq yonginasida joylashgan
Sariosiyo qishlog‘ida sovchilikka borgan kishilar
«Sizlar
bizning xesh-u taboramiz, shu bois qarindoshlikni
mustahkamlash uchun sizning uyingizga yovchi bo‘lib
keldik»
– deyishar ekan. Surxondaryo
viloyatida sovchilar
qizning uyiga borganda
«qullikka keldik», «eshik yoki hovli
supurishga keldik», «qarindosh bo‘lish uchun keldik», «bir
farzandingizning qo‘lini so‘rab keldik», «bir bolangizni
bizlarga farzandlikka berarsiz deb keldik», «bir farzandimiz
ikkita bo‘lsin deb keldik»,
deya gap boshlashar ekan.
Xalqimizning bevosita nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadigan kunda
o‘tkazilgan turli-tuman udum
va marosimlari ham mavjudki,
ularning aksariyati o‘ziga xos qo‘shiqlari, aytim va olqishlari
bilan alohida ajralib turadi. Kuyov kelinnikiga kelganida
chimildiq tutilgan va kuyov bilan uning jo‘ralari chimildiqli
uyga olib kirilgan. Kuyov odob saqlab o‘tirmay turganida
kelinning otasi bilan onasi:
«O‘tiring kuyov, o‘tiring,
davlatimizning sherigisiz, qizimizni sizga topshir dik, sizni
Xudoga»,
– deyishgach, kuyov o‘tirgan. «Kuyov o‘tirsin»
udumiga ko‘ra, kelinni olib ketish
uchun kelgan kuyov yigit
qaynonasining uyida chimildiqqa kirganida odob va hurmat
yuzasidan o‘tirmasdan tikka turaveradi. Shunda kuyovning
qaynonasi kirib kelib: